Reja: Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati
Download 0.72 Mb.
|
1 2
Bog'liq1-mavzu metod [Автосохраненный]
Mavzu: Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati. Reja: 1.Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati. 2.Ta’lim jarayonida innovatsion metodlarni qo`llash. Tayanch iboralar: maktabgacha ta’lim fanlarini o‘qitishni integrasiyalash, metod va vositalar, an’anaviy metod, interfaol metodlar, innovasion shakllar. Metod so‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod-eng umumiy ma’noda-maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Misol uchun, har kuni ertalab ishga borishimiz kerak. Ishga borish bizning bosh maqsadimiz. Yo‘lga chiqishdan avval ishga QANDAY qilib yetib olishimiz haqida o‘ylaymiz. Avtobusda boramizmi yoki taksi olamizmi, balki piyoda borgannimiz ma’quldir. Demak birgina maqsadimizga uchta usulni qo‘llashimiz mumkin bo‘ladi. Pedagogika fani o‘qituvchilarning o‘qitish metodlarini o‘z holicha tanlashni tavsiya qilmaydi. O‘qitish metodlari quyidagi faktorlar asosida tanlab olinishi lozim: O‘qitishning maqsadi va vazifalari. Mavzuning mazmuni. O‘qitish tamoyillari va pedagogning pozitsiyasi. Talabalarning o‘quv imkoniyatlari. Mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt. Og‘zaki metodlar (o‘quv axborotlarini eshitish orqali qabul qilish metodlari): tushuntirish O‘qitishning an’anaviy metodlari: hikoya suhbat ma’ruza savol-javob Amaliy metodlar (o‘quv axborotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish): ˗ mashq ˗ kitob bilan ishlash ˗laboratoriya amaliy illyustrasiya; Ko‘rsatmali metodlar (o‘quv axborotlarini ko‘rgazmali uzatish va ko‘rish orqali qabul qilish metodlari): (demonstrasiya) namoyish Video metod O‘qitishning zamonaviy(interfaol) metodlari: Interfaol metodlar («inter»-o‘zaro, "akt"-faol harakat, faollik, ta’sirchanlik)-bu o‘qituvchi va talabaning o‘quv o‘yini shaklidagi o‘zaro xarakatini tashkil etish qoidalarining sistemasi. Interfaol metodlar: diskussiya, trening va o‘yinlar. Hozirgi kunda bu metodlarning o‘qitish shakllari va usullari bilan biriktirilgan modifikasiyalari (o‘zgartirish) foydalaniladi. Masalan: leksiya-diskussiya; Munozara (lot. Discussion - “mulohaza, tadqiqot” dan) - munozarali masalani, muammoni muhokama qilish; haqiqatga erishish va bahslashishning faqat to'g'ri usullaridan foydalanishga qaratilgan nizo turi treninglar; 3) keys-stadi; «ochiq javoblar bilan» muhokama; «yakunlanmagan xulosa bilan» suhbatlashish; juft bo‘lib ѐki kichik guruhlarda ishlash; «aqliy xujum»; bellashuv; grafik-organayzerlar; qoida bo‘yicha va qoidasiz o‘yin; 11) o‘zining loyihalarini reklama qilish Keys-stadi metodi Keys-stadi inglizcha sase-aniq vaziyat, stadi-ta’lim so‘zlarining birikuvidan hosil qilingan bo‘lib, aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir. Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni o‘rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o‘quv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yo‘li sifatida qo‘llanilsa, metod xarakteriga ega bo‘ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o‘zida aks ettiradi. I. Keys-texnologiyasini amalga oshiruvchi o‘qituvchi faoliyatining bosqichlari: Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling