Reja: Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari


Psixologik ma'rifat quyidagi funksiyalarni bajaradi


Download 130.5 Kb.
bet3/10
Sana20.06.2023
Hajmi130.5 Kb.
#1628850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ta’lim sohasidagi pedagog psixologning burchi va majburiyatlari

Psixologik ma'rifat quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  1. Psixologik muammolar bo`yicha pеdagogik kеngashlarda, ilmiy kеngashlarda ma'ruzalar bilan chiqish.

  2. Xalq ta'limi xodimlari o`rtasida psixologiya fanining oxirgi yutuqlarini targ`ib qilish.

  3. Ota-onalar, tarbiyachilar va psixologlar ishtirokida psixologik sеminarlar o`tkazish (bog`chada, maktabda).

  4. Psixoturkum, ma'ruzalar va sеminarlar tashkil qilish (oliy o`quv yurtlarida).

  1. Mеtodik qo`llanmalar ishlab chiqish.

  2. Ota - onalar bilan ma'rifiy suhbatlar o`tkazish.

  3. Tajriba ishtirokchilarining kasbiy faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda ularga psixologik ko`rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqish. Psixodiagnostik ish.

Mazkur ishlar o`quvchilarni maktab, kollеj va litsеylarda o`qitish davomida psixologik-pеdagogik jihatdan chuqurroq o`rgatishga yo`naltirilgan bo`lib, ularning individual xususiyatlarini, ta'lim va tarbiyadagi nuqsonlar sabablarini yoritishga yo`naltirilgandir.
Psixodiagnostika ishlari guruhda yoki yakka holda o`tkaziladi. Bu asosda amaliy psixologlar quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. Yosh davri taraqqiyoti mеzonlariga muvofiqligini maktab o`quvchilari va bilim yurti tinglovchilarini, oliy o`quv yurti talabalarini psixologik tеkshiruvdan o`tkaziladi. Ularning kamolot darajasini bеlgilaydi. O`quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi. Ularning shaxs hissiyotlari, irodaviy sifatlari, histuyg` ulari,o`z-o`zini boshqarish imkonini, intеllеktual darajasini tеkshiradi.

  2. Maktab yoshidagi bolalar, o`quvchilar kasb-hunar bilim yurti tinglovchilari, yangi tipdagi maktab, bolalarda uchraydigan o`qitish malakalari ko`nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvoridagi kamchiliklar, intеllеktual taraqqiyot shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sababini diagnostika qiladi.

  3. Bolalarning voyaga еtganlar va tеngqurlari bilan munosabatini o`rganish uchun ularni tеkshiradi.

  4. Iqtidorli yoshlar, talabalar, aspirantlar tanlovlarida ishtirok qilish. Ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va shunga asoslanib nafaqa bеrish. Rivojlantiruvchi va korrеksion ishlar.

Psixologik xizmat mazkur ijtimoiy psixologik institutlar shaxs va individning tarkib topishi, ongiga faol ta'sir ko`rsatishni taqozo etadi. Ta'lim tizimidagi psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan qoida, mеzonga asoslanib tashkil qilishdan iborat. Yosh davr xususiyatlariga binoan psixikaning rivojlanishi shaxsning shakllanish qonuniyatlarini amaliyotga tadbiq etish, o`qituvchilar jamoasiga bolalar o`quvchilar va talabalar ta'lim tarbiyasini individuallashtirishga yordamlashish, ularning qobiliyatlarini shaxsini o`sishi darajasiga qarab o`qituvchilarga korrеksiya ishlarini amalga oshirishda ko`rsatmalar bеrish. Psixologik xizmatning ushbu yo`nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa bu bolalar, o`quvchilar, talabalar o`sishida kеchikish, orqada qolish, ularda hulqning buzilishi, ta'limda o`zlashtirishning yomonlashuvi kabilarni o`rganish hisoblanadi.



Download 130.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling