Reja: Ta’lim texnologiyasi- pedagogoika tizimining tashkil etuvchisi


Download 406.5 Kb.
Sana15.09.2020
Hajmi406.5 Kb.
#129658
Bog'liq
3-mavzu ped tex (2)

Mavzu :

  • Mavzu :
  • Ta’lim texnologiyasi:tizimli tashkil etuvchilar, ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishning jarayonli tuzilmasi va amalga oshirish
  • Reja:
  • Ta’lim texnologiyasi- pedagogoika tizimining tashkil etuvchisi
  • Ta’lim texnologiyasining tuzilishi
  • Ta’lim texnologiyasining harakatlanuvchi tuzilmasi
  • Ta’lim texnologiyasini loyihalash va ishlab chiqish tartibi
  • Texnologiya deganda, sub’ekt tomonidan ob’ektga ko’rsatilgan ta’sir natijasida sub’ektda sifat o’zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob’ektga yo’naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi.
  • Ta’limni texnologiyalashtirish - bu o’qitish jarayoniga texnologik yondashuv asosida o’quv maqsadlariga kafolatli erishish uchun talabalar va pedagoglar o’zaro faoliyatining samarali tashkil etilishidir. Demak, ta’lim texnologiyasining asosiy mohiyati – o’quv natijalariga kafolatli erishilishini ta’minlash maqsadida o’qitish jarayonini to’liq loyihalashtirishdan iborat.
  • Ta’limni texnologiyalashtirishning asosini ta’lim jarayoni va ta’lim oluvchilarning berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o’quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida to’liq boshqarishga yo’naltirilgan g’oyasi tashkil etadi. Bunday yondashishning mohiyati, ta’lim jarayonini tizimlashtirishdan, uni aniq rasmiylashtirilgan va qismlari bo’yicha aniq elementlarga ajratish yordamida maksimal shakllantirishdan iborat.
  • Ta’lim texnologiyasining elementlari-usullar, yo’llar, vositalar va shakllar quyidagilarga adekvat tanlanadi hamda qo’llaniladi:
  • -Ta’lim maqsadlariga;
  • -O’quv axborotining murakkabligiga va mazmuniga;
  • -Ta’lim oluvchilarning yoshi, psixologik va fiziologik xususiyatlariga;
  • -Ta’lim beruvchining pedagogik mahoratiga va individual xususiyatiga;
  • -O’quv muassasasining moddiy ta’minlanganligiga.
  •  
  • F.Persival va G.Ellingtonning e’tiroficha, «ta’limda texnologiya» atamasi axborotni taqdim etishning har qanday vositasini qamrab oladi. Bular «ta’lim tizimida qo’llaniladigan jihozlar, masalan, televidenie, til o’rgatish laboratoriyalari va tasvirlarni aks ettiruvchi turli vositalar. Boshqacha aytganda, ta’limda texnologiya – bu audivizual vositalar».
  • Bu ta’rifda «ta’limda texnologiya»dan ko’ra ko’proq «ta’lim texnologiyasi»ga urg’u beriladi, chunki u o’zida o’quv jarayonini ta’minlash uchun maxsus yaratilgan va moslashtirilgan vositalar (televideniya, til o’rgatish laboratoriyasi)ni hamda ularni amalda qo’llash metodikasini birlashtiradi.
  • Shunday qilib, ta’lim texnologiyasining asosiy mohiyati – o’quv natijalariga kafolatli erishilishini ta’minlash maqsadida o’qitish jarayonini to’liq loyihalashtirishdan iborat.

E’tiboringiz uchun rahmat

  • E’tiboringiz uchun rahmat

Download 406.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling