Reja: Ta’lim texnologiyasining o’ziga xos belgilari
texnologiyalari). Interfaol metodlar va texnologiyalar (innovatsion texnologiyalar
Download 398.17 Kb.
|
ped tex slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy texnologiyalar
texnologiyalari).Interfaol metodlar va texnologiyalar (innovatsion texnologiyalar,interaktiv usullar, grafik organayzerlar, rolli-didaktik o’yinlar, treninglar).Ta’limda axborot texnologiyalari (multimediya, prezentatsiya,audio-video materiallar, internet, masofaviy ta’lim, ommaviy ochiq onlayn kurslar, videokonferensiya, o’rgatuvchi mobil ilovalar).Tarbiyaviy texnologiyalar (estetik-axloqiy munosabatlar sohasinishakllantirishga yo’naltirilgan emotsional-badiiy va emotsional-axloqiytexnologiyalar, shaxsning o’z-o’zini rivojlantirish mexanizmlarinishakllantirishga yo’naltirilgan texnologiyalar, notiqlik, seminar-treninglar,to’garaklar, ma’naviy tadbirlar).Bulardan tashqari, xususiy (o’quv fanlari), alternativ hamdamualliflik pedagogik texnologiyalari yo’nalishlari ham mavjud.Guruhiy ish. Bu so’nggi yillarda Yevropa mamlakatlarida keng ommaviylik tusini olgan o’qitish metodidir. Masalan, Daniyada birorta ham ma’lumot yoki kasb guruhiy ishsiz egallanmaydi. Kam sonli (4-6 nafar) o’quvchilarning qandaydir muhim o’quv tadbirida ishtirok etishi va ularning hamkorlikdagi faoliyati bunday mashg’ulotning samarasini belgilaydi. Bajarilish darajasi va uning sifatini o’qituvchi nazorat qiladi. Guruhlarga berilgan vazifalar bosqichma-bosqich navbatlanishi ya’ni galma-gallanishi lozim. Guruhlar bir jinsli (o’g’il bolalar, erkaklar yoki qiz bolalar, ayollar) va ikki jinsli (har ikki jins vakillaridan iborat) bo’lishi mumkin. Ta’lim yo’nalishi va pedagogik maqsad hamda vazifalardan kelib chiqqan holda bunday guruhlar xususiy holat uchun shakllantiriladi. Guruhiy ish kengroq joy va siljitiladigan o’quv mebellarini talab qiladi. O’qituvchining nazorati barcha guruh uchun baravar bo’lishi lozimligi ham qiyinchilik tug’diradi. Kichik guruhlarda ishlash metodlarining xususiyatlari: Ushbu metodlar bo’yicha ishlash uchun 3-5 kishidan iborat kichik guruhlar tuzilib, ishonch vaziyatini vujudga keltirish, oshkora muhokama uchun halal beradigan psixologik keskinlikni bartaraf etish va ish vaqtini ko’pi bilan 1-1,5 soat qilib belgilab olish zarur. Ushbu kichik guruhda ishlash metodika yoki strategiyalari fikrlash doirasini kengaytirib, mavjud cheklovlarni biroz unutib turish, fikrlash faoliyati harakatchanligini rivojlantirish, o’quv faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan. Ularning qiymati yangi o’quv axboroti ustida faol ishlash va mustahkamlashdan iborat. Download 398.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling