Reja: Ta’lim texnologiyasining o’ziga xos belgilari


Download 398.17 Kb.
bet3/3
Sana23.12.2022
Hajmi398.17 Kb.
#1048277
1   2   3
Bog'liq
ped tex slayd

Maqsadi: 1. Talabalarni o’qish jarayoniga qiziqtirish, faol qatnashishga jalb etish va bir-biridan o’rganishiga imkon berish. 2. Talaba-pedagog rollarini o’zgartirish. Afzalliklari: 1. Talabalar uchun o’z g’oyalari va fikrlari bilan ko’proq o’rtoqlashishga imkon beradi. 2. Kichik guruhlarda talabalar katta guruhlarda aytishlari mumkin bo’lgan fikrlardan boshqacha fikrlarni aytishlari mumkin. 3. Diqqat markazini pedagogdan (yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi) talabalarga (faol qatnashuvchi)ko’chiradi.

Kamchiliklari - Ko’p vaqt va qulay qo’shimcha joy bo’lishini talab qiladi; -Talabalardan birortasi boshchilik qilishga o’ta boshlashi, guruh qarshilik qilmasa, nazoratni o’z qo’liga olishi, tartibsizlik yuzaga kelishi mumkin; -Guruh o’ziga berilgan topshiriqdan chalg’ib, mavzudan chetga chiqishi, topshiriqni noto’g’ri tushunishi yoki yo’l-yo’riqlarga aniq amal qilmasligi mumkin; -Talabalarni individual baholash imkoniyati bo’lmasligi mumkin.

Kichik guruhlarda ishlash qoidalari. Mumkin va bajarilishi shart: •Yangi bilim va ma’lumotlarni egallashga intilish •Ish maqsadini aniq belgilash •Ijobiy kayfiyatda bo’lish •Tartib-intizomga rioya qilish •Vaqtdan unumli foydalanish •Guruhning barcha a’zolari ishtirok etishi va fikr bildirishi •O’zgalar fikrini hurmat qilish va eshitish •Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, faollik va ijodkorlikni namoyon qilish •Fikrlarning sifat va miqdoriga e’tibor berish • Fikrni qisqa, aniq va ravshan ifodalash • Savol berish madaniyatiga rioya qilish • Hamjihatlikda ishlash, o’zaro yordamni amalga oshirish


Mumkin emas:
• Fikrni bo’lish
• Tanqid qilish
Mavzudan chetga chiqish
• Boshqalarning ishtirokiga yo’l bermaslik
• Bildirilgan fikrlarni takrorlash
• O’zaro hurmatsizlik
Download 398.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling