Reja: Tarbiya jarayonining moxiyati va vazifalari


Download 100.5 Kb.
bet1/2
Sana16.10.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1705059
  1   2
Bog'liq
badalova maftuna PEP


Tarbiya usullari va shakllari
Reja:
1. Tarbiya jarayonining moxiyati va vazifalari.
2. Tarbiya jarayonining jamiyat tarakkiyotidagi roli.
3. Tarbiya usullari va prinsiplari.
4. Tarbiya jarayonida o‘kituvchi faoliyatining xususiyatlari.

Tarbiya – ma’naviy manbalar va xozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan xolda, o‘kituvchining o‘kuvchi bilan anik bir maksadga karatilgan o‘zaro amaliy va nazariy mulokotidir.


Biror bir maksadga karatilgan tarbiya jarayonining moxiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi:
A) Talabaning kaysi hislatini shakllantirish yoki yo‘kotish maksadida rejalashtiriladi.
B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo‘kotish uchun xizmat kiluvchi manbalarni izlab topiladi.
V) Belgilangan maksad uchun xizmat kiladigan nazariy va amaliy manbalarni kaysisini va kayerda ishlashni rejalashtiriladi.
Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya moxiyatini ta’lim-tarbiya tizimi, jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil kiladi.
Tarbiya jarayonining jamiyat tarakkiyotidagi roli nixoyatda bekiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mexnat kilishga undash va bu xatti-harakatini sekin-asta ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushoxada kilish kobiliyatini tarbiyalaydi va mushoxada kilish aklni peshlaydi. Akl ongni saklaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzok davom etadigan mas’uliyat, sharafli mexnat va kunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma’naviy, insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muxit va bolalarga bo‘lgan munosabat muxim rol o‘ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini ko‘rgan bola shunga karab shakllana boradi. Ular avval kattalarga taklid kiladilar. So‘ng sekin-asta kilayotgan ishlarining moxiyatini anglaydilar. Bolalarni to‘gri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muxim ahamiyatga ega.
Anik bir maksadga karatilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining kanday metoddan foydalanishiga boglik.
Metod – yunoncha atama bo‘lib – aynan nimagadir yo‘l, usul orkali maksadga erishish yo‘lini bildiradi. Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va kabul kilish harakteriga karab:
1. So‘z orkali ifodalash usuli.
2. Ko‘rgazmalilik usuli.
3. Amaliy, namuna usuli.
4. Ragbatlantirish va jazo usuli.
Yukoridagi metodlar (usullar) o‘z navbatida kuyidagi guruxchalarga bo‘linadi:
Birinchi gurux - so‘z orkali uzatish, maslaxat berish, ma’lumotlarni eshitish orkali kabul kilish, xikoya, ma’ruza, suxbat va boshka usullarga;
Ikkinchi gurux - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshka ko‘rish orkali tarbiyalash usullariga;
Uchinchi gurux - tarbiya ma’lumotlarini amaliy mexnat harakatlari orkali berish. o‘rnak ko‘rsatish, boshkalarni amaliy mexnatini misol kilib ko‘rsatish;
To‘rtinchi gurux - o‘kuvchi-talabalarning yaxshi bajargan ishlarini, o‘rtoklari oldida yoki ota-onalar majlisida ma’kullash, minnatdorchilik bildirish, iktisodiy yordam, stipendiyalarini oshirish, maktov yorliklari topshirish. Suratlarini xurmat taxtachasiga yopishtirish va boshka ogzaki, ”raxmat”, ”barakalla” kabi ragbatlantirish usullarini kiritish mumkin.
Tarbiyachining ragbatlantirish usuli ikkiga bo‘linadi:
1. Siz buyurgan ishga burch va mas’uliyat bilan yondashganligini ragbatlantirish.
2. Siz buyurgan ishga kizikishini va uni uddalay olganligini ragbatlantirish.
Masalan: Bugun ishdan kech kaytishingizni aytib, farzandingizga ish buyurdingiz. Farzandingiz siz buyurgan ishni bajarib ko‘ydi. U siz buyurgan ishga burch va mas’uliyat bilan yondoshdi. Siz farzandingizdagi bu ijobiy o‘zgarishga befarq bo‘lmay, kolgan farzandlaringizga bo‘lgan mexringizni suiste’mol kilmagan xolda, uni suyib, yelkalariga kokib,yoki peshonasidan o‘pib ko‘yingki, bu harakatingiz kolgan farzandlaringizni ham tarbiyalasin. Ularni mustakil yumush kilishga undasin. Bu xolatdan keyin farzandlaringiz o‘zini sizga nixoyatda kerakligini sezadi. Oilaga yordami tekkanligidan mamnun. o‘zida yo‘k xursand, o‘zini katta bo‘lib borayotganligini his etib boradi. Siz esa ana shu begubor, mexrli ragbatlantirishingiz orkali unda mexnatga kizikish va uni uddalay olish kobiliyatiga ishonch hosil kildingiz.
Jazo – bu bolaning noto‘gri kilgan ishiga o‘zini ikror kildirish.
Agar bola siz ogoxlantirmasingizdan yoki tushuntirmasingizdan oldin o‘z xatosini tushungan bo‘lsa-yu, sizga kilgan xatosini aytolmay izza chekib turgan bo‘lsa, uni jazolashga zarurat yo‘k. Endi bu xatoni kaytarmayman, degan ma’noda sizga karayapti. Siz unga yana bir marta imkoniyat bering. Ammo keyingi gal ham xato kilsa va uni tan olmasa, unday xollarda kuyidagi jazo turlari ko‘llaniladi.
1. Tushuntirish.
2. Tanbex berish.
3. Ogoxlantirish.
4. Kattik ogoxlantirish.
5. Uyaltirish.
Yukoridagi jazo turlarini o‘kituvchi o‘kuvchiga yuzma-yuz xech kimning guvohisiz ko‘llaydi. Ammo gruppadosh o‘rtoklari yoki sinfdoshlari oldida izza kilay deb bolani uyaltirsa, yomon okibatlarga olib kelishi mumkin.
Uyat – bu insonning eng nozik sezgisi bo‘lib, o‘kuvchini o‘rtoklari yoki kollektiv orasida izza kilish (uyaltirish) eng yukori jazo hisoblanadi.
O‘kuvchini jamoa orasida izza kilishni eng oxirgi chorasiz kolganda ko‘llash mumkin. Eng ma’kuli o‘kuvchi bilan yuzma-yuz mexrli oxangda, unga ishonch bildirib, kaltis yo‘ldan kaytarish mumkin.
Tarbiya – har bir insonning xayotda yashashi jarayonida ortirgan saboklari va intellektual saloxiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni.
Tarbiyalanganlik – milliy urf-odatimiz mezoniga kirmagan, o‘zgalarning nafratini ko‘zgatadigan xatti-harakatlardan o‘zini tiya bilish.
Bolaning harakterini, oiladagi tarbiyasini, uning or-nomusini, sharm-xayosi kabi nozik tuygularining tarbiyalanganlik darajasini bilmay turib, birdaniga jamoa orasida uyaltirish, yaxshi o‘ylab ko‘rmaslik, yoki jaxl ustida tinimsiz (tan jaroxati yetkazish) kaltaklash mumkin emas. Sizning tanlagan jazo usulingiz o‘kuvchini yoki farzandingizni kilgan xatosini tushunishga, boshka kilmasligiga tarbiyaviy sabok bo‘lishi kerak. Jazo adolat mezoniga tayanib ko‘llanilmogi lozim. Zero, bu ko‘llagan jazo usulingiz o‘kuvchining sha’niga, gururiga va uni ruxiy azob-ukubatlarga solmasligi nazarda tutilishi kerak. Agar bu jazo usullari o‘zining samarasini bermasa, u xolatda ehtiyotkorlik bilan maktab ma’muriyati va jamoa hamkorligida boshka choralarni ishlab chikish kerak.
Bugungi kunda Pedagogika fani ham, amaliyoti ham takomillashib bormokda. Shuningdek, tarbiya jarayoni ham zamon talabiga monand takomillashib boradi.
Mustakil jamiyatimizning kiska tarixiy davri saboklarini, goyalarini, tamoyillarini talabalar ongiga singdirish, ularni aklan barkamol va ma’naviy boy kilib tarbiyalash biz tarbiyachilar va ota-onalarning burchimizdir. Prezidentimiz I.A.Karimovning “O‘z kelajagimizni o‘z ko‘limiz bilan kurmokdamiz” mavzusidagi “Turkiston” gazetasi muxbirlarining savollariga javoblari (1999 yil 3 fevral) biz uchun dasturilamal bo‘ladi.Ularga bir nazar solaylik:
“Turkiston” gazetasi muxbirining savoli:
“Yaxshi bilamizki, mustakil tarakkiyot yo‘li ok poyondoz to‘shalgan ravon yo‘l emas.Bu yo‘lda o‘ziga xos past-balandliklar,to‘sik va kiyinchiliklar, murakkabliklar bo‘lishi tabiiy.Sizningcha, O‘zbekistonning yetti yillik istiklol tarixidan kelib chikadigan asosiy sabok va xulosalar nimalardan iborat?”.
Prezidentimiz I.A. Karimovning javoblari:
“Birinchi sabok shundan iboratki, yangi tizimga o‘tish ko‘pchilik o‘ylagandan ham ko‘ra murakkab jarayon ekan.
- Vatan, millat takdiri xal bo‘ladigan kaltis vaziyatda to‘gri yo‘lni tanlay olish uchun avvalo, tarixni yaxshi bilish, xayotning achchik-chuchugini bilish kerak.
- Adolat biz kurayotgan jamiyatning mezoni bo‘lmogi darkor.
- Endi, eski jamiyatni inkor kilish yoki ma’kullash kayfiyatidan voz kechib, bunyodkorlik kayfiyatiga o‘tish payti keldi.
- Millat, davlat, jamiyat takdiri xal bo‘layotgan pallada o‘zligimizni anglash, ma’naviy ildizlarimizni unutmaslik katta ahamiyatga ega.
- Biz insonlar dunyokarashini boshkarish fikridan yirokmiz, balki biz insonlarning tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to‘ldirish tarafdorimiz.
Tarix inson ko‘zini ochar ekan. Uni o‘rganish ko‘p xatolarning oldini oladi. Chunki insoniyat tarixida davrlar, jarayonlar charxpalak kabi aylanib, kaytarilib turadi. Fakat bu xatolar yangi tarixiy boskichda, yangicha shaklda ro‘y beradi. Bizning tariximizda ham o‘sish, yuksalish va tanazzul tomonlari bo‘lgan. Xalkimiz boshidan ko‘p vokealarni o‘tkazgan. Zafarni ham, maglubiyatni ham, parokandalikni ham ko‘rgan. Buyuk Amir Temur xukmronlik kilgan davr va undan keyin kechgan jarayonlar yorkin misol bo‘la oladi.
Buyuk ajdodimiz yuksak tarakkkiy topgan davlat barpo ekani va bu mamlakatda “Kuch-adolatdadir” degan bosh shior davlat siyosatining, jamiyatning asosi bo‘lganini yaxshi bilamiz. Bu goya odamlarga kuch bergan, ularda insof-diyonatga, ezgulikka ishonch uygotgan. Chunki jamiyatda adolat barkaror bo‘lsa, millat, xalk xech kachon yo‘ldan adashmaydi, ertami – kechmi farovon turmushga erishadi.
Mening raxbarlik lavozimimda mexnat kilgan tajribamdan chikadigan eng muxim xayotiy xulosam shuki, adolat biz kurayotgan jamiyatning mezoni bo‘lmogi darkor.
Nafakat mamlakatimiz mikyosida, o‘ylaymanki, har kanday jamoa, mahalla, boringki oila misolida ham omadimiz, fayz-barakamizning garovi sharti bo‘lmish tinchlik va totuvligimizni saklamokchi bo‘lsak, buning yagona zamini – adolat va insofni eng ustuvor maksadimiz va siyosatimizga aylantirmogimiz kerak. Fakat shu asosdagina, fukarolar roziligi, millatlararo totuvlik yurtimizda karor topgan osoyishtalikni asrash mumkin”,- deb javob berdi yurtboshimiz.
Prezidentimizning bu o‘rinli saboklari tarbiyachi pedagoglar uchun yo‘llanmadir.
Adolat o‘zi nima? U kanday tushuncha? Nima uchun Prezidentimiz adolat biz kurayotgan jamiyatimizning mezoni bo‘lishi kerak dedilar? Bu tushunchani pedagogika soxasida kanday talkin etish mumkin?
Adolat – xayotiy masalalarni axlokiy va huquqiy normalariga rioya etgan xolda xal etishdir.
Adolat tushunchasi bilan boglik jixatlar juda keng kamrovli bo‘lib, adolatli inson, adolatli jamiyat kabi tushunchalar shunday jixatlar jumlasiga kiradi. Adolatparvarlik tushunchasi esa adolat tamoyiliga amal kilgan xolda ish olib borish, yo‘l tutish, faoliyat yuritish demakdir. Bu tushunchaning moxiyatini oilada farzand tarbiyasi jarayonida uchraydigan kuyidagi xayotiy masalalarning yechimi asnosida karaylik.
Masalan. Aka dars kilayotganida ukasi oyok tagida “ging-ging”lab mashinasini o‘ynayverdi. Akasi bir-ikki bor ukasiga boshka uyga chikib o‘ynashini iltimos kildi. Ammo ukasi kulok solmadi. Jaxli chikkan aka ukasining mashinasini olib, eshikdan uloktirdi. Bundan xafa bo‘lgan uka: ”Akam urdi”,- deb onasiga yiglab bordi. Ona kichik o‘glining gapiga kirib: ”Kap-katta yigit, kichik bolani urdingmi?” – deb koyidi va bir shapalok urdi. Bu xolatni ko‘rgan kichik o‘gli xursand. Ona ham kichik o‘glining yuzidagi tabassumdan boshi osmonga yetgan xolda uydan chikib ketdi.
Masala ona tomonidan adolatli xal kilindimi?
Adolat ta’rifiga murojaat kilib, bu xayotiy masalani taxlil kiladigan bo‘lsak, akaning ham axlokiy, ham huquqiy normalari paymol kilinganligini ko‘ramiz. Masala ona tomonidan adolatli xal kilinmadi. Aka-uka o‘rtasida mexrsizlik munosabatlarining paydo bo‘lishiga birinchi zamin yaratildi.
Ukaning esa bundan buyon yolgon gapirishiga yo‘l ochib berildi. Bunday xolatlar bir necha bor takrorlansa, aka: ”Ota-onam mendan ko‘ra ko‘prok ukamni yaxshi ko‘rar ekan”, degan xulosaga keladi. Adolatsizlik zamirida aka ichimdagini top deydigan, oiladagilarga va aka-ukalarga bemexr bo‘lib tarbiyalana boshlaydi. Agar ona: ”Kani yur-chi, o‘glim”, - deb aka va ukani yuzlashtirib, haqikatni, ya’ni akaning urmaganligini aniklaganida, ukaning tuxmat kilayotganini bilib, o‘z vaktida chora ko‘rganida edi, aka-ukalar orasida mexr, ishonch, bir-birini xurmat kilish, aldamaslik, kilgan aybini tan olib ish ko‘rish kabi ko‘nikmalarni yanada shakllantirgan bo‘lar edi.
Ota-ona va farzandlar orasidagi alodatning axlokiy va huquqiy buzulishlari salbiy sifatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Oilalarimizda bolalarning yoshligidan boshlab yaxshi sifatlarni shakllantirib borishga jiddiy e’tibor bermogimiz lozim, xayotiy masalalarni xal kilishda ota-onaning bilimi, ma’naviyati, o‘zini tutishi, yurish-turishi katta ahamiyatga egadir.
Farzandlar, talabalar, kolaversa, odamlar orasida adolatparvarlik hislatlarini kamol toptirishda o‘rnak ko‘rsatish, tushuntirish va uktirish, ragbatlantirish, ogoxlantirish, tanbex berish, uyaltirish (izza kilish), suxbat, munozara va baxs kabi usullardan foydalanish mumkin.
Muammoli bola” treningni o‘tkazish texnologiyasi.

Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling