Reja: Tarbiyada muomala mahorati
TOPSHIRIQ: Klaster metodi orqali tarbiya turlari haqida ma’lumot bering
Download 54.5 Kb.
|
3-amaliy mashg\'ulot 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy ishlarni amalgam oshirishda pedagogik mahorat va uning asosiy tamoyillari Maqsad
TOPSHIRIQ:
Klaster metodi orqali tarbiya turlari haqida ma’lumot bering. O‘quvchilarni muomala madaniyatini shakllantirish rejasini tuzing. 5-amaliy mashg‘ulot mavzusini ”BBB” texnologiyasida ifodalang Kishilik jamiyati taraqqiyotida har bir hunar,u yoki bu ijtimoiy siyosiy masalalarni hal qilishda insondan mahorat talab qilish etishini xalq og‘zaki ijoduyotida, yozma yodgorliklarda, afsona, doston, ertak, qissa, hikoyat, rivoyatlarda ham ma’rifatparvar mutafakkirlarimizning asarlarida turlicha talqin etilgan. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi, tarbiyalanganligi, odobliligi uning muomalasida namoyon bo‘ladi. Muomalani asosiy vositasi - til. Xalqimizda shunday naql bor: «Bola - shirin so‘zning gadoyi», bas, shunday ekan, tarbiyachi muomalasida tilga juda ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Tili shirin, xushmuomala o‘qituvchi eng obro‘lidir. Husayn Voiz Koshifiy shunday degan edilar: «Haq vaqtini so‘zlar aytursizlar yaxshi so‘zdin bo‘lakni aytmangizlar va ko‘p so‘zlamoq ko‘ngilni qaro qilur» yoki «Mumkin ersa yaxshi so‘z qil oshkor, yaxshi so‘zdin xo‘b yo‘qdur yodgor»; «Nasihatin shirin so‘z-u muloyimlik birla ibtido qilg‘il ’’. O‘quv faoliyatining natijasi: Talabalar bilishi kerak 1)muammoli savol, masala va vaziyatlarni hal etish orqali o‘z tasavvurlarini aniqlashtirishadi; Tarbiyaviy ishlarni amalgam oshirishda pedagogik mahorat va uning asosiy tamoyillari Maqsad Talabalarda tarbiyaviy ishlarni amalgam oshirishda pedagogik mahorat va uning asosiy tamoyillari haqida tasavvurlarini boyitish. 2)tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish usullarini o‘rganadilar; 3)Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda sinf raxbarining va ma'naviyat ishlari bo‘yicha maktab rahbari o‘rinbosarining pedagogik maxorati va uning ahamiyatini baholashadi; 4)Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish tamoyillarini o‘rganadilar; Tarbiyaviy ishlarda muomala madaniyati ish usullari bolalarga qanday ta’sir ko‘rsatadi. «Yurtiga, Vataniga Muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdi.. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab, avaylash va yanada takomillashtirish farzandlarimizni ozod va demokratik O‘zbekistonning munosib o‘g‘il – qizlari etib tarbiyalash masalasi, ma’naviyat yuzasidagi ishlarimizni asosiy yo‘nalishini tashkil etmog‘I lozim». O‘zbekistonning uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha o‘quv muassasalari yosh avlodga milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda, ma’naviyatni milliy merosimiz bilan birgalikda, yosh vatanparvarlami tarbiyalashda yangicha ish uslublari asosida ijodiy yondashmoqdalar. Ijodkor ilg‘or o‘qituvchi - tarbiyachilar o‘z faoliyatilari jarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda quyidagi mahorat tamoyillarini asos qilib oladilar: Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish tamoyillari barkamol insonni tarbiyalashda keng imkoniyatga ega bo‘lib, uni qay darajada olib borish tarbiyachining pedagogik mahoratiga bog‘liqdir. Tarbiyaviy ishlar samaradorligini ta’minlovchi muhim omil pedagogik mahoratdir. Tarbiyachining pedagogik mahorati ko‘p qirrali bo‘lib u: mehribon bolalar hamkorligida; o‘quv-tarbiya jarayonidagi hamkorlikda; bolalarning qayg‘u-xasrati, g‘ami va omadsizligiga hamdard bo‘lishda; muomala madaniyatida; chuqur bilim egasi bo‘lishida; o‘qituvchi ruhiy holatida; jamoa bilan ishlashda vaziyatni ijobiy tomonga san’atkorona yo‘naltirishda nomoyon bo‘ladi. Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahoratida eng avvalo til shirinligi, «SHirin so‘z ko‘ngillar uchun bamisli asaldir» degan edi. Download 54.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling