Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 297.29 Kb.
bet23/41
Sana11.01.2023
Hajmi297.29 Kb.
#1088731
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
majmua yangi

2. Axloqiy tarbiyaning vazifasi O'zbek maktabida o'quvchilarni axloqiy tarbiyalash, sadoqatga asoslangan eng insonparvar, adolatli va oliyjanob, ahloqining ijobiy tomoni tobora to'laroq nomoyon bo'ladi. Bizning axloqimiz umuminsoniy, ma'naviy boyliklarni ham, kishilarning axloqiy me'yorlari va ular o'rtasida eksplutasiyaga qarshi, ozodlik va ijtimoiy tenglik, baxt-saodat va tinchlik uchun ko'p asrlik kurash jarayonida xalq ommasi yaratgan munosabatlarni ham o'z ichiga oladi.
-Jamoatchilik axloqi. Uning asossiy tamoyili. ―bir kishi hamma uchun, hamma bir
kishi uchun‖, degan g'oyadan iboratdir. U xudbinlik, o'zini va o'z manfaatini ko'zlashni
rad yetadi, umumxalq jamoa va shaxsiy manfaatlarni o'zida uyg'unlashtiradi.
-Insonparvarlik axloqi. U mehnatkash insonni ulug'laydi. U kishilar o'rtasida
chinakam insoniy munosabatni o'rtoqlarcha hamkorlik va o'zaro yordam
munosabatlarini, shaxsiy va ijtimoiy hayotda hayrixohlik, xalollik, sofdillik va
kamtarlikni qaror toptiradi.
-Faol ta'sirchan axloq. U insonni yangi mehnat va ijodiy zafarlarga, tadbirkorlikka,
jamoa va butun mamlakat hayotida sidqidildan ishtirok etishga, yangi turmush tarziga
zid bo'lgan barcha narsalarga faol qarshi chiqishga, milliy istiqlol mafkurasi uchun
qat'iyat bilan kurashishga undaydi.
Vatanparvarlik va baynalminallik ruhida tarbiyalash. O'zi tug'ilib o'sgan zaminga mehr-muhabbat, jahonda birinchi davlatning tarixiy g'alabalaridan faxrlanish tuyg'ularini baynalminallik-qardosh mamlakatlarning mehnatkashlari bilan taraqqiyot va tinchlik uchun kurash olib borayotgan barcha kishilar bilan birdamlik tuyg'ulari o'yg'un namoyon bo'lishi borasida bundan buyon ham tinmay ish olib boraveradi. Bizning davlatimiz har bir kishisiga barcha millatlar va elatlarni birlashtiruvchi do'stlik va qardoshlik tuyg'usi, millatlararo yuksak aloqa madaniyati singdirilishidan, millatchilik va shovinizm, milliy maxdudlik va milliy xudbinlik ko'rinishlariga, turmushga, yangilanishga xalaqit berayotgan urf-odatlar va fe'l-atvorlarga nisbatan murosasizlik his-tuyg'ulari singdirilishidan manfaatdordirlar. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi, vatanni himoya qilishga, uning uchun butun o'zining
kuch g'ayratini, agar lozim bo'lsa, hayotini ham bag'ishlashga shaylik tuyg'usini xosil
qilish g'oyaviy tarbiyaviy ishning muhim vazifasi bo'lib qolaveradi.
Ana shu vazifalardan kelib chiqib, maktabning axloqiy tarbiya sohasidagi asosiy
vazifalari quyidagilardan iboratdir:
1. Yosh avlodni muntazam suratda jamiyatda qabul qilingan ahloqiy
me'yorlarga rioya qilishga o'rgatib borish;
2. Bolalarning xulqida ijobiy axloqiy odatlarni shakllantirish, uning axloqiy
tajribalar asosida tarbiyalash;
3. O'quvchilarni axloq tamoyillarini egallab olish va ularga amal qilishga
safarbar qilish;
4. Mustaqil yurtimizni har tomonlama kamol topgan quruvchilarini voyaga
yetkazish.
Har bir jamiyat o'zining axloqiy me'yorlar va talablar tizimiga ega bo'ladi.
Jamiyatimiz shaxsning ona vatanga sodiq bo'lish va uning dushmanlariga nisbatan
murosasizlik, tekinxo'rlikka sira toqat qilmaslik, mehnatsevarlik va barcha
mamlakatlarning mehnatkashlari bilan qardoshlarcha birdamlik singari sifatlarini
hamma narsadan yuqori qilib qo'yadi. O'quvchilarda vatanga muhabbat xislari, xalqqa
xizmat qilish, mustaqil g'alabalarni mustahkamlash, himoya qilish, mehnatkashlarni
baxt-saodati uchun kurash tuyg'usi o'stiriladi. O'qitish o'quvchilarni axloqiy mukammallashtirish bilan bog'lab olib boriladi. Ularda ong bilan xulq birligi tarbiyalanadi. U yana amaliy faoliyat bilan bog'lab olib boriladi. Shaxsning jamiyat va vatanga, mehnatga, kishilarga, o'z xulqiga munosabtalarini ko'rib chiqamiz:
- Jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu xildagi munosabatlar
shaxsning vatanparvarligi, fuqaroviy yetukligi, baynalminallik fazilatlarida aks yetadi.
Uning maqsadlarida vatan boyliklarini ko'paytirish, mustaxkamlash va ximoya qilishga
qaratilgan ishlarda namoyon bo'ladi. Vatanparvarlik va baynalminallik axloqiy tarbiyada alohida o'rin tutadi. Diniy adabiyotlarda ―Vatanni sevmoq iymondandir‖,-deb bejiz aytilmagan. Tarbiyachi va o'qituvchi bolalarda vatanga muhabbat, faxrlanish, xalq va mamlakat yutuqlaridan quvonish, uning dushmanlariga nafrat tuyg'ularini tarbiyalaydi. Vatan ravnaqi yo'lida
xalol va fidokorona mehnat qilishga tayyorlaydi. Shaxsning ijtimoiy faolligi ortadi.
Baynalminallik axloq tamoyili sifatida vatanparvarlikni boyitadi, o'z milliy
qobig'iga o'ralib qolishga yo'l bermaydi. Barcha xalqlar bilan do'st bo'lib, tinchlik va
taraqqiyot uchun kurashadi.
Demak, axloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillashtirish uchun kurashiladi.
Axloq falsafiy tushunchadir. U har bir shaxs uchun zarur bo'lgan rostgo'ylik,
kamtarlik, xalollik oliyjanoblik, mehnatsevarlik xushyorlik, odoblilik, insonparvarlik,
jamoatchilik, qahramonlik, do'stga sadoqatlilik, saxovatlik, intizomlik, diyonatlik,
xudojo'y fazilatlarni shakllantiradi.
Axloq millatning ijtimoiy qatlamining ma'naviy, milliy, mafkuraviy va ruxiy
hususiyati sifatida maydonga chiqadi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqil bo'lishi munosabati bilan axloq masalalariga
yangicha yondashish boshlandi. Axloqiy tarbiyada ham milliylikka e'tibor kuchaydi.
O'zbek xalqining ma'naviy merosi, milliy qadriyatlari, o'tmish an'analaridan
foydalanish, o'zbekona urf-odatlarning ustivorligiga amal qilish kun tartibiga quyildi.
Darhaqiqat, axloqiy tarbiyada milliy qadriyatlar va an'analar, din pedagogikasi
muhim o'rin tutadi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, sovet davrida ana shularga e'tibor
berilmas edi. Xatto, ―din xalq uchun afyundir‖ shiori ostida din va dindorlarga olib
boriladi. Maktab dindan ajratildi. Hozir esa, ahvol butunlay boshqacha. O'zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasida ko'p fikrlik, vijdon erkinligi berildi. Dinning xalqimiz
ma'naviyatiga ruxiyatiga, tarbiyasiga hayotbaxsh ta'sirini xalqimiz ko'rmoqda. Birgina
misol - Muhammad payg'ambarning so'zi Hadisda shunday deyiladi: ―kishilarning
yaxshisi, xalqqa foydalirog'idir‖. Yoki, ―Mo'minlarning afzali go'zal xulqli kishilardir‖.
Bu kishilarni ezgulikka chaqiruvchi nasihatning qanday zarari bor. Hyech qanday.
Islom dinining muqaddas kitobi – Qur'oni Karim va Hadis bashariyatga yaxshilik
yo'lini ko'rsatadi. Sharq pedagogikasi, xalq pedagogikasi ana shu kitoblarga
asoslangan. Axloqiy tarbiyada diniy adabiyotlardan o'rinli foydalanish lozim.
Axloq va fuqaro yetukligi bu g'oyaviylikning, ijtimoiy faollikning negizidir. Hozir
mustaqil Respublikamiz fuqarolarini shakllantirish, ularni axloqiy va huquqiy jihatdan
tarbiyalash, huquq-tartibotni buzish hollariga murosasizligini kuchaytirish, jamiyat va
davlat manfaatlariga g'amxo'rligini oshirish, Respublikamizning siyosiy-iqtisodiy va
ijtimoiy mustaqilligini mustaxkamlash borasida faolligini rivojlantirish muhim vazifa
bo'lib qolmoqda. Vatanimizning har bir fuqarosi Respublikamiz Prezidenti tomonidan
olg'a surilgan istiqlol va taraqqiyot besh yo'lini amalga oshirish uchun kurashish
darkor.

Download 297.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling