Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Maktabda axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo'llari


Download 297.29 Kb.
bet24/41
Sana11.01.2023
Hajmi297.29 Kb.
#1088731
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Bog'liq
majmua yangi

3. Maktabda axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo'llari
Maktabda bolalarni axloqli tarbiyalash, dars jarayoni, sinf va maktabdan tashqari turli
tuman ishlarda olib boriladi.
O'quvchilarga bilim, (tasavvurlar, xissiy, obrazli bilimlar, axborot, og'zaki ma'lumot,
tushuncha, umumlashgan bilim) malaka va odatlarini beriladi.
Bolalarga odob va odobsizlik haqida tushuncha beriladi. Ular axloqiy
tushunchalarni badiiy va ilmiy adabiyotdan, hayotdan, kinofil'm va spektakllardan
oladi. O'quvchilarni o'z xulqini axloqiy jihatdan baholashni birinchi sifatdan boshlab
o'rgatib borish kerak, ularni mehnatni sevish, mulkni ehtiyot qilish, xurmat, rostgo'ylik,
sofdillik, vijdon, kamtarlik ma'nolarini tushinib olsin. Buning uchun ―mardlik va
qo'rqoqlik, mardlik va oliftalik, kollektiv nima, baxtni qanday tushinasiz, insonni
go'zalligi nimada‖ yuqori sinf o'quvchilari bilan ―ma'naviy yetuk kishi, insonning qadrqimmati, axloq va shaxs erkinligi‖ mavzularida suhbat o'tkazish ma'qul.
O'quvchilarning onglilik darajasini, o'stirish o'zini-o'zi baholasin, o'qishda mehnatda,
hayotda muvofaqqiyatga erishish o'ziga bog'likligini tushintirilsin.
Xaftaning oxirida ―O'tgan xaftadan qanoatlanamanmi?‖, ―O'zimni jazolashim
kerakkmi yoki mukofatlashim?‖ degan savolga javob yozishni tavsiya kilish kerak. U
tarbiyaviy soatda yoki individual suhbatda tahlil yetiladi.
O'quvchilarni axloq ruhida tarbiyalash ularda erkin fikrlilik xislatlarini tarkib
toptiradi.
Ular maqsadga intiluvchanlik, o'qish va ishda matonatlilik, qat'iyat tashabbuskorlik,
uyushkoklik, kiyinchilikdan qo'rqmaslik.
Maktab axloqiy tarbiya berishda xilma xil metodlar qo'llaniladi.
Jumladan:
Birinchidan, maktabdagi o'qish jarayoni yuksak darajada uyushtirilishi kerak, buyuk
nemis pedogogi A.V. Disterveg ko'rsatganidek, yaxshi o'qitish bilangina o'qituvchi
o'quvchini yaxshi tarbiyalaydi ham. Ba'zan axloqiy ta'sir vositalari kam ko'rsatiladi,
huquq uchun bahoni pasaytiradilar. Odobsizlik qilishadi.
Ikkinchidan, axloqiy tarbiya jarayonining muvoffaqqiyatli o'quvchilari va
o'qituvchilar jamoaning saviyasiga bog'liq. Jamoa axloqli bo'lsa, ahl bo'lsa, bolalar
intizomli bo'ladi.
Uchinchidan, tarbiyaviy ishlarni rejali bo'lishi va hamjihatlik bilan amalga oshirilishi
axloqiy tarbiyaning muvoffaqqiyatini ta'minlaydi. A.S. Makkarenko 10 ta yuqori
malakali, o'z xolicha ishlaydigan o'qituvchidan malakasi past bir yoqadan bosh
chiqaradigan beshta o'qituvchi afzal, - deydi.
To'rtinchidan, maktabda ijobiy, emosional sharoit yaratish axloqiy tarbiya jarayoniga
foydali ta'sir etadi.
Beshinchidan, barcha o'quvchilarning maktabdagi umumiy tartib, xayot rejimiga
rioya qilishga erishish.
Axloqiy tarbiyada ongni, axloqiy tushunchalarni shakllantirishda suhbat, munozara,
leksiya kabi metodlardan, axloqiy odatni shakllantirshda esa mashq, bolalarni turli
faoliyatini yuritish metodlaridan foydalaniladi.
Axloqiy tarbiyada uning natijasini hisobga olish ham muhim ahamiyatga ega.
Tadbirlar soni emas, sifat belgilaydi. Baho ham to'la emas.
Tarbiyalanganlikni o'lchovi ijtimoiy aktivlik, talablariga ijobiy munosabat, o'z
huquqini baholay olish, axloqiy odatlar va fazilatlar deyiladi. Bular o'lchov bo'la
olmaydi. Aslida ijtimoiy aktivligi, muomala va aloqalari, manaviy yo'nalishi, haqida,
barqaror axloqiy sifatlarning mavjudligi – o'lchov bo'la oladi. Maktab xayotida
ijtimoiy-siyosiy atestasiyasi axloqiy tarbiyalanganlikning aniqlash va baholashning bir
shaklidir. Shaxsni to'la o'rganish – tarbiyalanganlilikni aniqlab beradi.
ADABIYOTLAR:
1. Kaykovus ―Qobusnoma‖ asari. Toshkent. 1996 y.
2. A.Navoiy ―Maxbubul qulub‖
3. A.Avloniy ―Turkiy guluston yoxud axloq‖. Toshkent. 1992 yi.
4. Odob bo‘stoni va axloq gulistoni. Toshkent. 1994 yil.
5. U.Maxkamov ―Axlo odob saboqlari‖. Toshkent. 1994 y
6-Mavzu: Ekologik va mehnat tarbiyaviy ishlarni olib borishning mazmuni
REJA:
1. Ekologik tarbiya haqida tushuncha.
2. O'quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish usul
va vositalari
3. Mehnat tarbiyasining mohiyati.
4. O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish ishlari.
Tayanch so'zlar: ekologiya, atrof-muhit, mehnat, kasb-hunar, ekosan,
1.
"Ekologiya" - yunoncha so'z bo'lib, tirik mavjudotlarning yashash sharoiti va
tevarak-atrofdagi muhit bilan o'zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan
qonuniyatlarni o'rganadigan fandir.
O'zbekiston Respublukasi Konstitusiyasining 18-moddasida yer va yer osti
boyliklarini, suv manbalarini, o'simlik va hayvonot dunyosini qo'riqlash, bu
boyliklardan ilmiy asosda, oqilona foydalanish, havo va suvni toza saqlash, tabiiy
boyliklarni uzluksiz ko'paytirib borishni ta'minlash, insonning atrof-muhitni yaxshilash
uchun chora va tadbirlar ko'rishi zarurligi ta'kidlangan.
O'zbekiston Respubilikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilgan «Tabiatni
muhofaza qilish to'g'risida»gi qonuni, «Sog'lom avlod uchun» ordenining ta'sis etilishi,
shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta'lim tarbiya konsepsiyasi»ning ishlab chiqilishi,
«Ekosan» jamg'armasining tuzilishi mamlakatda ekologik muammolarni bartaraf
etishga kirishilganidan dalolatdir.
Ayniqsa, umumta'lim maktablarida ham ekologik yo'nalishdagi sinflarning tashkil
etilishi, bu asosda lisey maktablarining shakllanishi yosh avlodga maktab partasidanoq
tabiatga muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishilganini ko'rsatadi. Maktabni
bitirib, mustaqil hayotga qadam qo'ygan har bir yosh, qanday ixtisos egasi bo'lishidan
qat'i nazar, ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga oid nazariy va amaliy bilimlarga
ega bo'lishi kerak.
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, uning tabiatga
69
ta'sir etish darajasi ham shunchalik ko'p bo'lar ekan. Aholi sonining tez o'sib borishi
natijasida ekologik muammolar ham ko'payib bormoqda. Ayniqsa, yer, suv, energetika,
oziq-ovqat bilan ta'minlash haqidagi muamolar butun dunyo (global) muammolariga
aylanib bormoqda. Yer bag'ridan har yili 120 mlrd. tonnadan ortiq turli xildagi xom
ashyo, qurilish materiallari, yoqilg'ining qazib olinishi va sarf qilinishi tabiiy boyliklar
miqdorining kamayib borishiga sabab bo'lmoqda. Ko'pgina zararli korxonalar,
zavodlarning ham oqar suvga yaqin joylashganigi sababli suv havzalarini toza saqlash
muammo bo'lib borayotir. Markaziy Osiyoda yashayotgan fuqarolarning salomatligi
yomonlashib, kasalliklar ko'paymoqda. Yer kurrasida insonning yashab qolishqolmasligi masalasi endi ekologik muammolarni yechishga bog'liq bo'lib qoldi.

Download 297.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling