Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Pedagogik texnika vositalari haqida tushuncha
Download 297,29 Kb.
|
majmua yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Pedagogik texnika va mahorat
3. Pedagogik texnika vositalari haqida tushuncha. Vosita maqsad bilan natija
o‘rtasidagi o‘rta bo‘g‘in hisoblanadi. Ayrim pedagogik vosita shart - sharoitga qarab foydali yoki zararli, zaif yoki ta‘sirchan bo‘lishi mumkin. Tarbiyaning maqsadlari, vositalari va tarbiyachi o‘rtasida, shuningdek, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi tafakkuri, motivlar o‘rtasida g‘oyat murakkab bog‘liqlik bor. Kattalarning maqsadi, odatda, bolalarning maqsadlari bilan to‘qnash kelib qoladi. Axir bolaning ham o‘z maqsadlari (hatto, strategik maqsadlari) bor. O‘quvchining rivojlanish mantiqi, uning tafakkuri, harakatlari bitta nuqtai nazarda, tarbiyachining mantiqi boshqa nuqtai nazarda turishi mumkin. Bunday variantda hech qanday tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish bo‘lmaydi. O‘qituvchi bilan o‘quvchining maqsadlari birbiriga mos kelsa, navbatdagi ―to‘siqlar‖ni yengish uchun birgalikda vositalar izlansa, chinakam tarbiyaviy jarayon sodir bo‘ladi. CHinakam mahorat turli-tuman vositalardan foydalana bilishdan ifodalanadi. Agar bunday mahorat yo‘q bo‘lsa, o‘qituvchi bir vositaning boshqalaridan ustun bo‘lishiga yordam berishi juda qiyin bo‘ladi. Pedagogik faoliyatda vositalar, maqsadlar va natijalarning nisbatini doimo 92 tahlil qilib borish zarur. Har qanday pedagogik vosita hamisha bir qator boshqa vositalar, usullar, shartlar bilan bog‘liq bo‘ladi, ular pedagogik jarayonning muayyan bosqichida ta‘sir ko‘rsatish natijasini belgilab beradi. 4. Pedagogik texnika va mahorat. Pedagogik san‘at vaziyat bilan bog‘liq. Bu yerda har gal hamma narsa go‘yo yangidan sodir bo‘lganday tuyuladi. Binobarin, kishi o‘zining har bir qadamini oldindan ko‘rishi, rejalashtirishi amalda mumkin bo‘lmaydi. Pedagogning mehnati – bu bexad izlanish va azob-uqubatli ke‘chinmalar, ilhom va betakror nurlanish oni, ko‘pdan-ko‘p kundalik ishlar, xafsalasi pir bo‘lish va bolalar bilan birgalikda boshdan ke‘chirilgan quvonchdan qanoat hosil qilishdir. Pedagogik san‘at-bu qandaydir qo‘l bilan tutib bo‘lmaydigan, faxm-farosat bilan amalga oshiriladigan narsadir, degan taassurot tug‘iladi. Har qanday ijodkorlik, buning ustiga pedagogik ijodkorlik quruq joyda, faqat hissiy reaksiyalar asosida boshlanishi mumkin emas. Pedagogik kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishning butun sistemasi ana shu bilib olishga qaratilishi kerak. Biroq hali hech kim oliy o‘quv yurtida o‘qib, yoki o‘qituvchilar malakasini oshirish kursini tamomlagandan keyin usta pedagog bo‘lib qolmagan. Pedagogik mehnat ustalari maktabda vujudga keladi, bolalar bilan muomalada tarbiyalanadi. Xo‘sh, pedagogik mahorat nima va nimalardan tashkil topadi? Bu faxm-farosat va bilimlarning, chinakkam ilmiy, tarbiyaviy qiyinchiliklarni yengishga qodir bo‘lgan nufuzli rahbarlikning, bolalar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va ijodiy dalillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo‘lgan qobiliyat mujassamidir. Pedagogik mahorat pedagogik bilimlar, faxm-farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradiki, ular tarbiyaga ozroq kuch sarflab, ko‘proq natijalarga erishish imkonini beradi. Albatta, pedagogning mahorati erishilgan narsalar chegarasidan tashqariga chiqishiga doimo intilishni ham nazarda tutadi. Biz pedagogik hodisaning eng umumiy, eng muhim, ya‘ni doimo takrorlanib turadigan tomonlari bilan ish ko‘rgan joyimizda aniq tavsiya bo‘lishi mumkin. Maqsad o‘ziga xos ichki yo‘l ko‘rsatkich hisoblanadi, u butun pedagogik jamoaning, har bir ayrim pedagogning faoliyatini yo‘naltirib turadi. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o‘qituvchini ijodkor bo‘lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olish, fan yutuqlarini o‘quvchilarga yetkaza olish va nihoyat o‘quvchilari ham erkin fikrlashga, tadqiqot ishlariga o‘rgata olishni talab qiladi. Shuning uchun o‘qituvchi avvalo tadqiqodchilik malakalarini egallashi zarur. O‘qituvchi ilmiy - tadqiqot ishlari olib borishi davomida omillarni to‘playdi, tahlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi. Pedagogik texnikaning verbal va noverbal vositasi o‘qituvchining kommunikativ qobiliyatida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining faoliyatida eng muhim narsa bu uning nutqi va o‘quvchilar bilan muloqatidir. Nutq bu og‘zaki kommunikatiya, ya‘ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron - bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar og‘zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. So‘zlar eshittirib yoki ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi, kar 93 soqov kishilarda biron-bir mohiyatga ega bo‘lgan imo-ishoralar bilan almashtirilishi mumkin. Odamlar o‘rtasidagi munosabatni telegraf orqali axborot berishga o‘xshatish mumkin emas. Odamlar munosabatiga aloqa bog‘lovchilarning his-hayajoni ham qonuniy ravishda jalb etilgan bo‘ladi. Nutqsiz kommunikatsiya vositalariga noverbal ya‘ni qo‘l, barmoq va yuz harakatlari, imo-ishora, ohang, pauza, turq-tarovat, kulgu, ko‘z yosh qilish va shu kabilar kiradi. Og‘zaki nutq kommunikatsiyasi verbal bo‘lib, uning ta‘sirini ku‘chaytirishda munosabatga kiruvchilarning fazoga joylashuvi muhim ahamiyatga egadir. Sira o‘ylanmasdan tashlangan luqma kommunikatorning retsipientiga munosabatni aniq ifodalaydi. Ta‘limning ba‘zi turlarida o‘qituv‘chi o‘quvchilarni sinfda qabul qilinganidek bir-birining orqasidan emas, balki doira shaklida, bir-biriga yuzma-yuz o‘tkazilganini afzal ko‘radi. Nutqsiz kommunikatsiyada qo‘llanilayotgan vositalarning axborotni so‘z bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bunday muvofiqlik ham og‘zaki ham nutqsiz kommunikatsiya vositalari kasb faoliyatining quroli hisoblangan pedagog uchun juda muhimdir. Ayni paytda nutqsiz kommunikatsiya imo-ishora, pantamimika nutqsiz ohangdagi rang-baranglik ham rivojlanib boradi. 9-Mavzu: Tarbiya jarayonida muomalaning tutgan o‟rni. REJA: 1.O‟qituvchining o‟quvchilar bilan muomalasining mohiyati. 2. O‟qituvchi muomala subyekti sifatida. 3. O‟qituvchi faoliyatida muomalaning ahamiyati. Ma‘lumki, maktab o‘smirlarning faoliyati o‘qish va mehnatga qaratilgan. Shu faoliyat vositasida ular tashqi ijtimoiy olamni biladi. Ular dunyoqarashida va ma‘naviyatiga oid bilimlar, ko‘nikma va malaka, tasavvurlar zaxirasi to‘planadi. Jumladan, tarbiya jarayonida keng qo‘llaniladigan pedagogik trening, sharhlab o‘qitish, tayanch sxemalar, tayanch belgilar, rolli o‘yinlar uslublarni qo‘llash orqali o‘smirlar o‘z tengdoshlari orasida faollik ko‘rsatadi, ijtimoiy hulq va harakatlarning andazalarini o‘zlashtiradi, kattalar hayotiga kirib boradi. O‘quvchilar bajarayotgan rolga ko‘ra bir-birlariga bo‘ysunadilar va boshqarishni o‘rganadilar. Ana shu tariqa o‘quvchi shaxsida aqliy qobiliyat, shaxsiy va ijtimoiy burch hislari, o‘tkir zehn tarkib topadi, tenglik, demokratiya, birdamlik tuyg‘ulari, insoniy fazilatlar – samimiyat, ornomus, hushmuomalalik, sertakalluflik kabilar shakllana boshlaydi. Mazkur yuksak tuyg‘ularni amaliyotga joriy qilish jarayonida o‘smir shaxsida yuksaklikka intilish ishtiyoqi tarbiyalanadi. Shu bois o‘smir yoshdagi o‘quvchilar dunyoqarashida axloqiy qadriyatlar va insoniylik sifatlari to‘g‘risida adekvat bilimlar, tushunchalarning tarkib topishi ularni komil shaxs bo‘lib shakllanishiga asos bo‘ladi. Bu jarayonning kechishini ilmiy jihatdan tadqiq etish va ilmiy qonuniyatlar asosida shartsharoitlarning yaratilishi, o‘z navbatida, inson shaxsini tarkib toptirish bilan shug‘ullanuvchi barcha o‘qituvchi-pedagoglarga uslubiy qurol sifatida xizmat qiladi. Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida o‘smirlar dunyoqarashini shakllantirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. 94 Ushbu jarayonda millat va mamlakat uchun jon kuydirgan, Vatanga mehr va e‘tiqod asoschi bo‘lgan Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Tavallo, Abdulla Qodiriy singari siymolarning hayoti va faoliyatini o‘rganish asosida o‘quvchiga ta‘sir ko‘rsatish, xulq-atvorini shakllantirish o‘qituvchining pedagoglik mahoratiga bog‘liqdir. Albatta bunda o‘quvchi shaxsini rivojlanishi uchun tegishli pedagogik muhitni yuzaga keltirish, hamjihatlik, hamkorlik doimo demokratiya ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Demak, pedagog va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikni ta‘minlaydigan, ishonch va manfaatlarga rioya etilishiga ko‘maklashadigan, o‘quvchining qobiliyati namoyon bo‘lishi uchun imkoniyat yaratadigan o‘zaro munosabatlar tizimini yuzaga keltirish muhimdir. Chunki shaxsning rivojiga yo‘naltirilgan demokratik tarbiya, insonparvarlik munosabatlarining uyg‘unligini qadriyat sifatida ma‘nosini tushunib yetishga yordam beradi. Pedagogik hamkorlik o‘zaro tushunish, ishonch va o‘zaro yordamni, ijodiy hamkorlikka tayyorlikni yuzaga keltiradi. Bu esa o‘smirlarda axloqiy qadriyatlarni, milliy urf-odatlarni, milliy poklanish, milliy istiqlol g‘oyasining asl mohiyatini chuqur anglab yetishni ta‘minlaydi. Tarixiy, ijtimoiy taraqqiyot tajribasi shu narsani isbotlaydiki, jamiyatda ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy qurilma o‘zgarganda, bu o‘zgarishlar eng avvalo ta‘lim-tarbiya tizimini isloh qilishni, uning mohiyati va mazmunini o‘zgartirishni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, o‘quvchilarni ma‘naviy jihatdan yetuk, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘qitish, ularda hayotga, milliy-madaniy merosimizga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, ma‘naviy sog‘lom, ularning ruhan tetik rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini hamkorlik pedagogikasi asosida qurishni taqozo etadi. O‘quvchilarning qobiliyatini va iqtidorini har jihatdan namoyon etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda pedagogik omillar ustuvorligini ta‘minlash, shaxs, jamiyat va atrof-muhitning o‘zaro munosabatlarida uyg‘unlikka erishuv, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi munosabatni, an‘anaviy ―ustoz-shogird‖ o‘zaro munosabatlariga xos chuqur insoniy ehtiromli asoslarga olib chiqish – ta‘limni insonparvarlashtirishning bosh yo‘nalishi bo‘lib, ta‘lim jarayoni subyektlarining o‘zaro tushunishini va hamkorligini ta‘minlaydi. Hamkorlik pedagogikasi yoshlarga hozirgi zamon ruhida ta‘lim va tarbiya berishni nazarda tutadi. O‘qituvchi bolalarni o‘z qiziqishlariga qarab bir jamoaga birlashtiradi. Yoshidan qat‘iy nazar agar tarbiyachi o‘z ishining ustasi bo‘lsa, bolalar bilan muloqot davrida o‘zining ham ijodkorlik darajasi ortib boradi. O‘qituvchi o‘z ish faoliyati davomida ta‘limning uzluksizligini ta‘minlashga asosiy e‘tiborini qaratishi lozim. O‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim-tarbiya jarayoni mazmunini to‘la o‘rganib chiqishi va shunga asoslangan holda mashg‘ulotlarni tashkillashtirishi muhim. Shundagina o‘smir ta‘limning uzluksizligiga tortiladi, milliy an‘analarning eng yaxshilari va jahon madaniyat boyliklari bilan tanishadi. Shuni aloxida ta‘kidlash kerakki, bugun ta‘lim tizimidagi barcha ishlar fan kabinetlarini jihozlash, yangi axborot texnologiyasi jihozlari-yu, takomillashtirilgan dastur, modernizasiya qilingan DTSlar, yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarining barchasi ta‘lim-tarbiya jarayonini yuqori saviyada tashkil qilish imkonini beradi. Bu qilinayotgan ishlardan ko‘zlangan maqsad ikki shaxs – o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi muomala, munosabat, muloqotdan iborat bo‘lgan ta‘lim-tarbiya jarayonini 95 yuqori saviyada tashkil qilib, o‘quvchining bilim va tarbiyasini jahon andozalari darajasida bo‘lishiga erishmoqdir. Agar ikki shaxs o‘qituvchi va o‘quvchi – birbirlarini yaxshi tushunsalar, o‘qituvchi berganini o‘quvchi to‘lig‘icha o‘ziniki qilib ololsa, bilingki, bular orasiga uchinchi shaxsning kirib borishiga ehtiyoj qolmaydi. Ikki shaxs muloqoti – ta‘lim va tarbiya jarayonida amalga oshadi. Birinchi shaxs – o‘rgatuvchi, ya‘ni o‘qituvchining, barcha bilan til topishi, ularning didi, xarakteriga moslab bilim va tarbiya berishida katta muammolar kelib chiqadi. O‘qituvchi berayotgan bilim sinfdagi qabul qiluvchilarning hammasiga bir xilda yetib bormaydi. Chunki, qabul qiluvchilar orasida kimdir tez qabul qilib, kech unutadi, kimdir kech qabul qilib, tez unutadi. Qabul qiluvchilar soni sinfda qancha ko‘p bo‘lsa, o‘rgatuvchiga shuncha qiyin bo‘ladi. Shu bois o‘rgatuvchi yordamga muhtoj bo‘ladi. Qanday yordamga? Qabul qiluvchilarga berayotgan bilim va ko‘nikmalarini ularning hammasining tafakkuriga singdirib olishga, yo‘l topishga. Shu bois o‘rgatuvchiga
o‘qituvchilik faoliyatimda buni isbotladim» deydi. (Ma‘rifat, 24 iyul 2005 y.) Ta‘lim muassasalarida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarini rivojlantirishdan maqsad ular bilimining sifat ko‘rsatkichini, samaradorligini ko‘tarish, bunday jiddiy ishni yo‘lga qo‘yish, uni amalga oshirishda bosh sababchi, bosh mutasaddi bu o‘qituvchidir. O‘qituvchi o‘z ustida tinimsiz ishlasa, yangilikka intilsa, o‘zining pedagogik mahoratini oshirsa, shunda-gina ko‘zlangan maqsadga erishiladi. O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarini mustahkamlashda har bir o‘qituvchining ijod bilan ishlashi, o‘z ustida ishlab, kasbiy mahoratini oshirishi, dars berish uslubiyotini yangilashi, boyitishi, ilg‘or o‘qituvchi-larning tajribalaridan foydalanishlari, mamlakatimizdagi pedagogika yangiliklari, jahon pedagogikasi tajribasidan boxabar bo‘lish, internet sahifalariga kirish va undan foydalanishlari ta‘lim muassasalarida o‘quvchining qiziqishi, intilishi, harakati faoliyatini samarali bo‘lishini ta‘minlaydi. Umumta‘lim maktablari o‘qituvchilarining ijod bilan ishlashlari, badiiy, ilmiy-ommabop, kasbiy yo‘nalish bo‘yicha boy imkoniyatga ega bo‘lgan kutubxona, axborot kommunikasiya texnologiyalari, internet tarmog‘i, axborot resurs markazi, o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or va novator o‘qituv-chilarning darslarini kuzatish, tajribasini o‘rganish kabilar faqatgina uning bilimini oshiribgina qolmay, balki o‘quvchilarning ham bilimini oshiradi. Shu jihatdan ham o‘qituvchi o‘quvchilarning erishgan yutuqlari, yaratgan yangiliklarini o‘z vaktida ommalashtirish, qo‘llab-kuvvatlash, rag‘batlanti-rib borish lozim. Ana shundagina ta‘lim o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida munosabat rivojlanib boradi. O‘qituvchi va o‘quvchi munosabati boshqalarga namuna, darslari barchaga namunali bo‘lsa, o‘quvchining qiziqishi ortib boradi. O‘quvchilar o‘z mehnatini qadrlanishini yoktiradi. Yaxshi o‘qigan, ilg‘or 96 o‘quvchilarga alohida e‘tibor berib, ularni ruhlantirib, rahmatnoma e‘lon qilinsa u bundan g‘ururlanadi, ruhi ko‘tariladi, bundan keyin ham o‘qishga o‘rganadi. O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatini rivojlantirishda maktab kutubxonasi-ning ishini yaxshilash, uning kitob fondini rivojlantirish, unda o‘qituv-chilar va o‘quvchilarning ijodiy ishlashlari uchun sharoit yaratish, internetga ulash, elektron pochta aloqasi o‘rnatish muhim hisoblanadi. Har yili bir marta "Maktabim mening- unutilmas fahrim mening" tadbirini o‘tkazib, maktabni bitirib ketgan o‘quvchilar bilan maktabni tamomlayotgan o‘quvchilar, ustozlarning uchrashuvini o‘tkazish lozim. "Maktabimiz tashkil topgan kun" tadbirini o‘tkazib, ota-onalar, mahalla faollari, shu maktabni tamomlab, turli joylarda ishlab turgan sobiq o‘quvchilar, tashkilot, muassasalarda rahbarlik lavozimida ishlayotganlar, biznesmen va tadbirkorlarni taklif qilish kabi ishlarni amalga oshirish o‘qituvchi munosabatlarini mustahkamlaydi. Maktab kutubxonalarida Respublika Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan ta‘minlanayotgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalaridan tashqari quyidagilar shart: I.Karimov asarlarining to‘liq tomi(jildi), O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, badiiy adabiyotlar, ilmiy, pedagogik, metodik adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy qo‘llanmalar va uslubiy tavsiyalar, darsliklar, hadislar va hadis to‘plamlari, ma‘naviyat, ma‘rifat va axloq qoidalariga oid adabiyotlar, ilmiy pedagogik va metodik jurnallar, markaziy viloyat, tuman gazetalari, yuqoridagi gazeta va jurnallarning ko‘p yillik tikma to‘plamlari (podshivka), kutubxonaga joylashtirilgan kseronusxa apparatlarining bo‘lishi. O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarini mustahkamlash bilan birga ularning qizikishi, intilishi uchun imkoniyatlar yaratadi. Bunda o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, o‘qishi, izlanishi va ijod qilishi, oilaviy kutubxonasining mavjudligi, kitob boyligi, matbuotga obuna bo‘lishi, ilmiy va ijodiy yangiliklar bilan tanishib borish, matbuot konferensiyalarida, matbuotda, mahalliy matbuot, mahalliy radio va televideniyada qatnashib, ma‘ruzalar qilib, o‘z faolligini oshirishi, ijodiy ta‘til va metodik kunlardan unumli foydalana olishi. Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida o‘quvchilar bilan ijodiy muhitni yaratadi. O‘qituvchining o‘zidagi qiziqish, ijod va intilish yetarli bo‘lmasa, yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish uchun vaqti bo‘lmasa, o‘qituvchining kasbi kamolotidan tashqari turli yumushlar bilan ko‘mib tashlasa, u holda o‘quvchilar bilan munosabati samara bermaydi. O‘qituvchining ijodiy ishlamasligi tufayli ta‘lim tarbiyada yaxshi natijaga erishib bo‘lmaydi. Farzandlarimizni zamon talablari asosida chuqur bilimli, ishbilarmon qilib tarbiyalashda har bir o‘qituvchi o‘z o‘quvchilari bilan doimo munosabatda bo‘lishi Vatan va xalq oldidagi burchimizdir. Psixologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda pedagoglarning o‘z ustida mustaqil ravishda tinmay ishlashi, malakasini oshirib borishi, mustaqil mutolaa qilishi va ijodkor bo‘lishi o‘quvchilar bilan bo‘ladigan munosabatlarda muhim o‘rin tutadi. Chunki, hozirgi davr g‘oyalariga sodiq, mehnatsevar yoshlarni tarbiyalashdagi muvaffaqiyatlar ko‘p jihatdan o‘qituvchining siyosiy, ilmiy-metodik va umumpedagogik saviyasiga, o‘z ishiga ijodiy yondashishiga, o‘z burchiga nisbatan sidqidil bo‘lishiga bog‘liqdir. Mazkur vazifani hal qilish ko‘p jihatdan o‘qituvchiga ularning tarbiya jarayonini qanday boshqarishiga va o‘quvchilar bilan bo‘ladigan munosabatlarni tashkil etish va nazorat qilishlariga bog‘liqdir. O‘qituvchi va o‘quvchi munosabati tarbiya jarayonida keng qamrovli o‘lchov 97 bo‘lib, uni amalga oshirish dolzarb vazifalardan xisoblanadi. Shuning uchun ham ―2004-2009 yillarda Maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi‖ da umumta‘lim maktablarida o‘qituvchilarning faoliyatini takomillashtirishga aloxida e‘tibor qaratilgan. Bu vazifani amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi ―Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida‖gi 25- sonli qarori hamda Xalq ta‘limi vazirligining 2006 yil 7 iyundagi ―Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘risida‖gi 149-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Yuqoridagi me‘yoriy xujjatlar o‘qituvchi kadrlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, ularning mustaqil ta‘lim egallashi uni ta‘lim–tarbiya jarayonlarini loyihalashtirish, ularni kuzatish va tahlil qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tegishli maslahatlar berib borish kabilarni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatildi. O‘qituvchilar tomonidan tarbiya rejasini bajarilishi maktabda ta‘lim samaradorligini oshiradi. O‘qituvchilarning mustaqil o‘qib bilim orttirishlari, zamonaviy kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, axborot-resurs markazlarida, elektron darsliklar, ma‘ruza matnlarining elektron versiyalari, turli o‘quv-metodik va badiiy adabiyotlar asosiy va qo‘shimcha manbalardan foydalanishlari bilimlarni rivojlantirishda muhim o‘rin tutish bilan birga o‘quvchilar bilan munosabat qilishda, hamkorlik pedagogikasini amalga oishirshda o‘z samarasini ko‘rsatadi. Bu jarayonning talab darajasida va samarali olib borilishi uchun o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilari uchun mustaqil bilim olishlariga ularga belgilangan dasturni muvaffaqiyatli bajarishida tegishli yordam ko‘rsatishlari va shart-sharoit yaratib berishlari lozim. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatni mustahkamlashda suhbatlar, anketalar, testlar o‘tkazish, o‘quvchilarning fikri, dunyoqarashi kabilarni o‘rganish muhim o‘rin tutadi. Ushbu holatlar o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilardagi muammo va qiyinchiliklari, tipik xato va kamchiliklarini aniqlash yoki faoliyatini ilg‘or pedagogik tajribasini o‘rganish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda o‘qituvchining nazariy, uslubiy tayyorgarlik darajasi, pedagogik mahorati va shaxs sifatlari muhim o‘rin tutadi. O‘qituvchi ta‘lim-tarbiya natijalarini o‘rganib, xulosalar tayyorlaydi. Nazariy-uslubiy muammolari, pedagogik mahorati va shaxs sifatlarini korreksiyalash tadbirlari belgilanadi. Bundan tashqari o‘qituvchi o‘quvchilar bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun o‘quvchilarni tarbiyalash faoliyati monitoringi olib borishi maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi va o‘quvchi munosabati shaxsni maqsadga muvofiq shakllantirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta‘sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki yoqlama faoliyatni, yani o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida ong shakllanadi, xis-tuyg‘ular rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi. O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatida bolalarning hayoti va faoliyatida tarbiyaviy ta‘sirlar, shaxsiy tajribaslar va ehtiyojlar namoyon bo‘ladi. Shuning uchun bola faoliyatini uyushtirishda o‘qituvchining munosabati, turli xil kechinmalari uni 98 qanday anglashi, baxslashishi, xis qilishi hamda ulardan o‘zi uchun nimalarni maqsad qilib olganligini bilishi shaxsining kamolotga yetishida ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongigina emas, balki, xis-tuyg‘ularini ham o‘stiradi. Jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qiladi. Bunga erishish uchun o‘quvchilarning ongiga, xissiyotiga va irodasiga tizimli va muntazam ta‘sir etib boriladi. Maktabdagi tarbiya jarayoni uzluksiz xisoblanib unda tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi munosabatlari amalga oshadi. Tarbiya aniq maqsadni hal etishga xizmat etadigan faoliyatini belgilaydi va ushbu faoliyatiga o‘quvchilarning faol ishtirok etishni ta‘minlaydi. Ular o‘rtasida ma‘naviy-axloqiy munosabatlar uchun sharoit yaratadi. Tarbiyani ijobiy bo‘lishi uchun ushbu jarayonni yaxshi bilish, uni o‘quvchining odobliligi, yetukligi bilan unga qo‘yiladigan talablar o‘rtasi-dagi farqlarni bilish muhim xisoblanadi. Tarbiyachining talablari bilan tarbiyalanuvchining tarbiyalanganlik darajasini bilish, ya‘ni bolalarning faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta‘minlash, ularda onglilik, har bir ishni bajarishda tayyorgarlik darajalarini shakllantirish muhim xisoblanadi. Tarbiya jarayonida shaxsni har tomonlama shakllantirish maqsadida bola ongi, his-tuyg‘ulari, irodasi va munosabatlar tizimiga ta‘sir ko‘rsatish o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liq. O‘qituvchi o‘z o‘quvchisiga biror bir vazifani bajarish uchun ko‘rsatmalar beradi. Bu ko‘rsatmalar tushuntirish asosida amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari vujudga keladi. o‘qituvchi bolaga ta‘sir ko‘rsatish bilan o‘quvchilar faoliyatini birlashtiradi. Bolalarga tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish uchun o‘qituvchi u yoki bu vazifalarni o‘quvchilarga topshiradi. Buning natijasida o‘quvchining jonli nutqi, bolalarning o‘yinlari, jamoatchilik, havaskorlik to‘garaklari murabbiy o‘qituvchi rahbarligida amalga oshiriladi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchi bilan munosabatlarni tashkil etish usullari, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanadi. Bunda bolaning shaxsiy xususiyatlari hamda tarbiyalanganlik darajasi, bola yashayotgan aniq pedagogik vaziyatning tabiatini o‘rganadi. O‘qituvchti o‘quvchilarning ijtimoiy ong, axloqini shakllantirish bilan birga rag‘batlashtirish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash usullaridan foydala-nadi. O‘quvchilarning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga hartomonlama ta‘sir ko‘rsatish bilan birga tushuntirish, xikoya, suhbat va namuna metodlari asosida ularda vatanga, xalqgv sadoqat tuyog‘ularini shakllantiradi. Bolarda xatti-xarakatlar, voqyealar va xodisalarning ma‘naviy, estetik, mazmunini ochib beradi. Ularga xulq-atvor va insoniy munosabatlarga to‘g‘ri baho berishni shakllantiradi. Bola shaxsini g‘oyaviy va ma‘naviy shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi ta‘sirchan bo‘lib, ularda ishonch, ijobiy his-tuyg‘ular vujudga keltiradi. O‘qituvchi sinf jamoasiga Amir Temur o‘gitlari, Alisher Navoiyning bolalik yillari xaqida gapirib bersa, buning samaradorligini bolalarning qanday quloq solishiga qarab tekshirish mumkin. Agar bolalar ―Biz ham Amir Temurni, Alisher Navoiyni o‘rganamiz‖, -degan umumiy istak bildirsa demak, o‘qituvchining so‘zlari bolalar ongiga yetib borgan. Bunga javoban o‘quvchilarda savollar tug‘iladi. Biror maqsad yo‘lida munosabatlar tuyg‘usini keltirib chiqaradi. Axloq xaqidagi olib borilgan suhbatlar o‘quvchilarning yurish-turish doirasini 99 kengaytiradi. O‘quvchilar faqat tinglovchilar emas, balki muhokama qilinayotgan mavzularning faol ishtirokchilarga aylanadilar. Bunday sharoitda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan munosabatiga, ularning bilimiga tayanishi lozim va ularning shaxs uchun ahamiyatini hisobga olish zarur. Munosabatlar o‘quvchilarni o‘ylashga, mazkur masala bo‘yicha o‘z bilimlarini orttirishga yordam beradi. O‘qituvchining o‘zi qanchalik kam gapirsa, bolalar dunyosiga shunchalik yaxshiroq kirib borishi, ular bilan ajablanishi, quvonishi lozim, shunda munosabat, hamkorlik samarali bo‘ladi. Munosabatlar natijasida bolalarning xulq-atvori va faoliyati amalga oshiriladi. Axloqiy fazilatlar xaqidagi suhbatlar o‘tkazish, kitoblar o‘qish, o‘qituvchi va bolalar munosabatlarini rivojlantiradi. Xulq-atvorni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. O‘zi xurmat qiladigan, o‘zi yoqtiradigan kishilarning xulq-atvori, obrazlaridan foydalanadi, ulardan nusxa ko‘chiradi. Ularning boshqa kishilar fe‘l-atvoridagi ma‘lum xislatlar jalb qiladi. O‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari bolaga ta‘sirini kuchaytirish hamda tarbiyalanuvchining shaxsini, xatti-xarakatlarini faollashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Munosabatlar xarakat qilishga ilxomlantiradi va xar qaysi bolaning xususiyatiga qarab o‘zgaradi. Munosabatlar jarayonida istiqbolga doir qo‘yilgan talabalar bola faoliyatini faollashtiradi. Bunday talab bolalarda щodu-xurramlik kayfiyatini tug‘diradi. Har xil bolaning ulg‘ayishi o‘qituvchi uchun ham muhimdir. Chunki, o‘qituvchi maktab hayotida o‘z munosabatlari asosida umumiy yuksalishiga yordam beradi. O‘qituvchi har bir bolaning imkoniyatlarini ko‘ra olish va baholash, olg‘a harakat qilish, iroda va fel-atvorni tarbiyalashda tarbiyachi yordam beradi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bolaga shunday ta‘sir ko‘rsatadiki, uning xattixarakatiga, xulq-atvori ijobiy rivojlanadi. O‘qituvchi bolaning xulq-atvor ko‘nikmalarini mustahkamlash va salbiy ko‘nikmalariga barham berishda, takomillashuvida, xulq-atvor va xatti-xarakat bobida qanday yo‘l tutish kerakligini anglab olishga imkon beradi. O‘quvchi bola faoliyatini rag‘batlantiradi. Unda quvonch kayfiyatini oshirib, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun butun kuchini sarflashga undaydi. O‘qituvchi bolaning axloqidan uning ishga munosabatidan, muammo-sidan mamnun bo‘lmasa, bola o‘z xulqini tuzatib olishiga yordam ko‘rsatadi. Buning natijasida bola o‘zini-o‘zi tarbiyalash, ya‘ni o‘z ustida ishlash, faol ish olib borish xususiyatlari shakllanadi. Bular bolada hayotda mustaqil-likka intilish, oilada va maktabda iroda, tirishqoqlik intizomini tarbi-yalaydi. Download 297,29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling