Mavzu: dtslar asosidagi dasturlarning tanqidiy tahlili
Download 4.56 Kb.
|
1-mavzu Metodika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzu: Darslik va oʻquv qoʻllanmalari boʻyicha fan boblari va mavzularini oʻrganish Maxsus ravishda o‘quvchilar uchun yozilgan kitob darslik deb ataladi. Unda o‘quv dasturining hamma materiali batafsil va izchillik bilan ochib beriladi. Boshqa kitoblarga qaraganda darslikka oshirilgan talabalar qo‘yiladi. Darslikdagi fikrlar lo‘nda qilib ifodalanishi, material esa tushunish uchun oson shaklda bayon qilinishi kerak. Darslik har doim yaxshi qog‘ozda bosiladi, uning shrifti yetarlicha katta, bosmasi aniq bo‘lishi lozim. Quyi sinflarga mo‘ljallangan darsliklarda rangli illyutratsiyalardan foydalaniladi. Eslab qolishi talab etiladigan asosiy o‘rinlar va qoidalar qalin shrift bilan ajratiladi yoki ramka ichiga olinadi. Har bir mavzu va bobning oxirida takrorlash uchun savollar beriladi. Darsliklar o‘quv materialini tezroq, to‘laroq va chuqurroq egallab olishga yordam beruvchi o‘quv qo‘llanmalari bilan to‘ldiriladi. Yo‘nalishi va hal qilinadigan vazifalariga ko‘ra o‘quv qo‘llanmalarni quyidagilarga bo‘lish mumkin: - o‘quv materialini chuqurlashtiruvchi va uning eslab qolishiga yordam beruvchi qo‘llanmalar (xrestomatiyalar, mashqlar to‘plami, ma’lum predmet bo‘yicha o‘qish kitobi, kontur kartalar); - o‘rganilgan masalalarni illyustratsiyalovchi va bu bilan ancha aniq tasavvur hosil qilishga yordam beruvchi qo‘llanmalar: (mulyajlar, rasmlar, plakatlar, diagrammalar, atlaslar), - ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga yordam beruvchi qo‘llanmalar (bosma asosdagi daftarlar, topshiriqlar kartochkasi); - ma’noni tushunishni yengillashtiruvchi qo‘llanmalar (lug‘atlar). Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» hamda uzluksiz ta’lim dasturi mazmuni tizimi uchun o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasi talablaridan kelib chiqib hal etishni taqozo etadi. Davlat ta’lim standartlari asosida ilmiy, o‘quv darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar hamda zamonaviy elektron darsliklar, masofaviy o‘qitish, internet tizimi bilan bog‘liq axborot texnologiyalarini yaratish, tayyorlash kabi pedagogik muammolar amalga oshirilishi kerak. Darsliklar yaratishda mualliflararo raqobat, sog‘lom muhitni yuzaga keltirish, ularning sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ta’limning o‘quv moddiy, nashriyot bazasini rivojlantirishda muammolar hal etilsa, darsliklarning barqaror tizimi yaratiladi. Oqibatda barcha tipdagi ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning bilim darajalarini takomillashtirib borishga erishiladi. Boshlang'ich ta'lim davlat standarti 'oquv predmetlari bo'yicha emas, balki ta'lim sohalari bo'yicha belgilanadi. Ta'lim sohalari bo'yicha standart ko'rsatkichlari 7 (6)11 yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi. Ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan, ta'lim mazmunining miqdoriga asoslanib aniqlanadi. Boshlang'ich ta'lim davlat ta'lim standartining qo'llanishi shu bosqichida ta'lim mazmunini kolamini chegaralash, ta'lim sohalarini integratsiyalash imkonini beradi Davlat ta'lim standartini qo'llash boshlang'ich ta'lim mazmunini konsipmal asosga tayangan holda modernizatsiyalashni ko'zda tutadi. Foydalanilgan adabiyotlar:Qunduzxon Husanboyeva, R.Niyozmetova"Adabiyot oʻqitish metodikasi" oʻquv qoʻllanma Toshkent "Innovatsiya-ziyo" 2020Internet saytlari:fayllar.org saytiDownload 4.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling