Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 297.29 Kb.
|
majmua yangi
Adabiyotlar
1. I.Karimovning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrigi// Ma‘rifat, 2013,1 oktyabr. 2. Yo‘ldoshev J.G‘. Malaka oshirishning nazariy va metodologik asoslari. -T.: O‘qituvchi 1998. 8-Mavzu: Tarbiyaviy ishlar jarayonida pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari. 90 REJA: 1. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari. 2. Pedagogik texnikaning xususiyatlari 3. Pedagogik texnika vositalari haqida tushuncha . 4. Pedagogik texnika va mahorat. 1.Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari. Pedagogik texnika o‘qituvchiga o‘quv faoliyatida ham, o‘qishdan tashqari faoliyatda ham zarur bo‘lgan umumiy pedagogik malakalar majmuidan tashkil topadi. Xo‘sh, o‘qituvchining pedagogik texnikasi qanday malakalarni o‘z ichiga oladi? Ularning pedagogik ta‘sir ko‘rsatishdagi roli qanday? Avvalo pedagogik texnikaning tarkibiy qismi sifatida o‘qituvchining nutq malakalarini, ya‘ni savodli gapirish, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli ta‘sirchan qilib bayon etish, o‘z fikr va his-tuyІularini so‘zda aniq ifodalash malakalarini aytib o‘tish mumkin. Pedagogik texnikaning boshqa tarkibiy qismi pedagogning mimik va pantamimik ifodaligidir. Aniq imo, ishora, ma‘noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki istexzoli tabassum pedagogik ta‘sir ko‘rsatishda ko‘p so‘zli tushuntirish yoki e‘tiroz bildirishga qaraganda ancha samarali muomala vositalari bo‘ladi. Pedagogik o‘zaro ta‘sir ko‘rsatishda o‘qituvchining o‘z hissiy (psixik) holatini boshqarish, o‘zida eng qulay hissiy (ijodiy) jiddiylik darajasini va umidbaxshlik, xayrixoxlik kayfiyatini saqlash, o‘zining hissiy dam olishini tashkil qilish mahorati muhim rol o‘ynaydi. Bu mahorat pedagogning kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini nazorat qilishini ta‘minlaydi. Ko‘p yillar davomida sog‘lom asab sistemasini saqlab qolish, asabiy buzilishlardan, xissiy va aqliy zo‘riqishdan o‘zini tiyishga yordam beradi. Samarali pedagogik o‘zaro ta‘sir ko‘rsatishni tashkil etish uchun o‘qituvchi aktyor va rejissyorlik mahorati tarkibiy qismlarini egallash zarur, ular o‘qituvchiga bolalar bilan muomila qilishda tarbiyalanuvchilarning aql-idrokigagina emas, balki ularning xis-tuyg‘ulariga ham ta‘sir ko‘rsatish, ularga olamga bo‘lgan xissiy-qadriyatli munosabatda bo‘lish tajribasini ancha to‘liq bera bilishga yordamlashadi. Shunday qilib o‘qituvchining pedagogik texnikasi- bu shunday bir malakalar yiІindisidirki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar ko‘rib va eshitib turgan narsalar orqali ularga o‘z fikrlari va qalbini yetkazish imkonini beradi. Bolalar bilan bevosita muomala qilishda pedagogning xuddi ana shu malakalari (yoki ularning yo‘qligi) uning xulq-atvorida namoyon bo‘ladi. Pedagogik texnika o‘qituvchi malakalarining xuddi shunday yig‘indisidirki, u o‘qituvchining eng yaxshi ijodiy xulq-atvoriga, boshqacha qilib aytganda, har qanday pedagogik vaziyatda tarbiyalanuvchilarga samarali ta‘sir ko‘rsatishga yordam beradi. Download 297.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling