Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Mavzu: Huquqiy va iqtisodiy tarbiyaning ijtimoiy ahamiyati


Download 297.29 Kb.
bet29/41
Sana11.01.2023
Hajmi297.29 Kb.
#1088731
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Bog'liq
majmua yangi

Mavzu: Huquqiy va iqtisodiy tarbiyaning ijtimoiy ahamiyati
REJA:
1. Huquqiy tarbiya haqida tushuncha.
2. O'quvchilarda huquqiy madaniyatni shakllantirish usul
va vositalari
3. Iqtisod tarbiyasining mohiyati.
4. O'quvchilarda iqtisodiy ko‘nikmalarni shakllantirish.


7-Mavzu: Tarbiyaviy ishlar jarayonida guruh rahbarining pedagogik
mahorati.
REJA:
1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha.
2. Tarbiyaviy ishlar jarayonida pedagogik mahoratdan
samarali foydalanish
3. Pedagogik mahorat turlari.


1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha.
Pedagogik mahorat – bu o‘qituvchi
nutqining ravon va ta‘sirchan bo‘lishi, o‘tilayotgan mavzuga o‘quvchi diqqatini torta
olishi, mavzuga mos ko‘rgazmalar ijod qilib va undan unumli foydalana olishi, har
qanday sharoitda ham o‘quvchi qalbiga yo‘l topa olishini, har bir darsda bolaning
qiziqish va faoliyatini rivojlantirishni ta‘minlaydigan kasbiy malakadir.
Pedagogik mahorat – izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat
hamma o‘qituvchilar uchun bir qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir
o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan
jarayondir.
V.A. Suxomlinskiy o‘zining ―Chin insonni qanday tarbiyalash kerak‖ degan
asarida ―O‘qituvchining mehnatini biror narsa bilan qiyoslab ham, taqqoslab ham
bo‘lmaydi‖. To‘quvchi bir soatdan keyinroq o‘z ishining hosilini ko‘radi, po‘lat
erituvchi bir necha soatdan so‘ng olovdagi metal oqimidan shodlanadi. Bu uning
orzusini yuksak cho‘qqisi; yer haydovchi, don sepuvchi g‘allakor bir necha oydan
keyin dalada o‘stirgan boshoqlari va bir siqim donidan zavqlanadi. O‘qituvchi esa o‘z
ijodining mahsulini ko‘rish uchun yillab mehnat qilishi kerak. O‘qituvchi har bir
daqiqa, har bir soniyada o‘zining o‘ttizta yoki qirqta o‘quvchisidan har birini ko‘rib
turishi, u shu daqiqada nimalar o‘ylayotganligini, qanday g‘am-alamlar uni
tashvishlantirayotganligini bilishi kerak-degan fikrlarni bayon etadi.
Pedagogik mahorat bir qator komponentlardan tarkib topadi. U pedagogika va
psixologiya bo‘yicha ilmiy bilimlarni, ya‘ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat,
pedagogik etika va pedagogik texnikani o‘z ichiga oladi.
Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu – kasbga oid bilimlarni puxta
o‘zlashtirishdan iboratdir. O‘qituvchi o‘quv yurtidayoq ilmiy bilimlar sistemasini
puxta egallab olishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va
pedagogika faniga doir bilimlar katta rol o‘ynaydi. Ilmiy psixologik va pedagogik
bilimlar sistemasining mavjudligi o‘qituvchiga faqat o‘z sinfini hamda ayrim
o‘quvchilarni o‘rganish va ularning to‘g‘ri fe‘l atvorlarini tushunishgagina emas,
balki bolalar jamoasi va uning har bir a‘zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash
imkonini beradi.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega
bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi.
Ijodkorlik hamisha uning hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli
kishidagina pedagogik mahorat bo‘lishi mumkin, qobiliyat esa faoliyat jarayonida
paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Qobiliyatli va mahoratli o‘qituvchi oldida esa hozirgi
81
kun talabi asosida vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qila oladigan, buyuk vatanni
dildan sevadigan va bu yo‘lda o‘z jonini ham ayamaydigan yoshlarni vatanga mehr –
muhabbat ruhida tarbiyalash vazifasi turadi.
Uzluksiz ta‘lim tizimini isloh qilish muammolari to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasining birinchi prezidenti I. A. Karimov: «O‘qituv‘chi va murabbiylarning
hayotiy talablarini qondirish, ularni rag‘batlantirish, ularning o‘z ishi, kasbidan
mamnun bo‘lishini ta‘minlashimiz lozim va ... bu masalani yechmasdan turib, kelajak
avlod tarbiyasi to‘g‘risida gapirishning o‘zi mutlaqo nomaqbuldir»,-deb ta‘kidlagan
edi.
«Ta‘lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» o‘qituvchilar
oldiga juda katta va mas‘uliyatli vazifalar yukladi. Bu esa o‘qituvchilardan o‘z
ustlarida muntazam tinmay ishlashlari va yosh avlodni o‘z Vataniga, xalqiga
munosib insonlar qilib tarbiyalashni talab etadi.
O‘qituvchilik kasbi ulug‘ va sharafli, murakkab, o‘z o‘rnida mas‘uliyatli
kasblardan biridir. Dunyodagi barcha insonlarni komil bo‘lib yetilishiga o‘qituvchi
sababchi bo‘ladi. Barcha joylardagi hamma kasb-hunar, ilmli, olimu-fuzalolar
o‘qituvchining mehnati samarasidir. O‘qituvchi mehnatini biror narsa bilan taqqoslab
bo‘lmaydi. O‘qituvchilik kasbini egallashga intilayotgan har bir inson o‘zida avvalo
iroda, sabr-matonat, pedagogik mahoratni, o‘qituvchilik ixtisosligiga xos bilim,
malaka, ko‘nikmalarni egallashi lozimdir.
Mahoratli o‘qituvchi o‘zini mahorat egasi sanasa u quyidagi bilim, ko‘nikma,
malakalarni egallagan bo‘lishi zarurdir.
1.O‘qituvchi dunyoqarashi keng, hamma voqea, hodisa ustida erkin fikr yurita
olishi zarurdir.
2. Mustaqil O‘zbekistonimiz o‘qituvchisi birinchi galda o‘zi o‘qitadigan fanni
chuqur egallagan bo‘lgandagina o‘quvchilarda umumiy va kasbiy ta‘lim sifatini
oshira oladi va ularda fan - texnika hamda amaliy faoliyatga qiziqish va istak hosil
qila oladi.
3.O‘qituvchi hozirgi zamon fan-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va
uning har minutidan unumli foydalanishi zarur.
4.O‘qituvchi yaxshi o‘qituvchi bo‘lishi uchun pedagogika, psixologiyaga
qo‘shib, o‘z fanining metodikasini yaxshi bilmog‘i lozim.
5.O‘qituvchining umumiy madaniyati yuqori bo‘lishi bilan birga bu kasb
adabiyot va san‘at sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi.
6.O‘qituvchi pedagoglik odobiga rioya qilishi kerak. Pedagoglik odobi
o‘qituvchilik kasbiga xos fazilatlardan bo‘lib, u o‘qituvchining bolalar bilan ishlashi
jarayonida uning tajribasi mahorati oshadi.
7. O‘qituvchi pedagoglik mahoratiga va har tomonlama bilimga ega bo‘lishi
kerak, chunki unga o‘quvchilar har sohada murojaat qilishlari mumkin.
2. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning 2013 yil 1-
oktyabrda yurtimiz o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigida ―Eng asosiysi,
82
bunday ishlarimiz avvalo institut va universitetlarimizdagi o‘quv jarayonlarini,
ularning yuksak talablarga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash salohiyatini
dunyodagi ilg‘or oliy o‘quv yurtlari darajasiga ko‘tarish, ushbu bilim dargohlarida
fidokorona mehnat qilayotgan domlalarni nafaqat moddiy va moliyaviy nuqtai
nazardan rag‘batlantirish, balki ularning nufuzi va hurmat-e‘tiborini oshirishga
qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda yurtimizda barpo etilgan, o‘zaro
uzviy bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradigan, uch bosqichdan iborat uzluksiz ta‘lim
tizimini – bu umumta‘lim yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi bo‘ladimi, oliy ta‘lim
sohasi bo‘ladimi – bularning barchasini yagona bir g‘oya, umumiy bir maqsad
birlashtirib turganini hammamiz yaxshi anglaymiz. U ham bo‘lsa, jondan aziz
farzandlarimizni jahon ilm-fani cho‘qqilarini zabt etgan, chuqur bilim va o‘z mustaqil
fikriga ega bo‘lgan yetuk inson va mutaxassislar etib tarbiyalash, barcha kuch va
imkoniyatlarimizni shu yo‘lda safarbar etishdir, desak, oldimizda turgan buyuk
vazifaning ma‘no-mazmunini ifoda etgan bo‘lamiz‖1 deb ta‘kidlashi pedagogik
kadrlarning malakasini oshirish o‘qituvchilar uchun ham ulkan vazifalarni belgilab
berdi.
Albatta ushbu vazifalarni amalga oshirishda o‘quvchilarning pedagogik
mahoratini oshirish muhim hisoblanadi. Chunki, pedagogik mahorat o‘qituvchining
nazariy-metodik tayyorgarligi, qobiliyati, malakasini muntazam va mukammal
oshirib borish uning pedagogik mahorati va ta‘lim sifatini oshirishga oid bilimlarni
rivojlantiradi. Albatta bunda o‘qituvchi o‘z faoliyatida ta‘lim islohotlarini ilmiy
asoslangan holda amalga oshirishi, uslubiy jihatdan yondoshishi, eng murakkab
ishlarni bajarishi, shaxsni kamolga yetkazish, ma‘naviy-kasbiy ehtiyojlarini qondirish
va rivojlantirishga e‘tibor qaratish muhim hisoblanadi.
Chunki, pedagog mahoratni oshirish, o‘qituvchi oldiga yangi talablar qo‘yish,
aniq maqsadlarni ishlab chiqish mazmuni o‘quv jarayonining noan‘anaviy shakllari
va usullari, dars beruvchilar tarkibi va o‘quv bazasini takomillashtirishni taqozo etadi.
Pedagogik mahoratni oshirishda o‘qituvchilarning mustaqil ta‘lim egallashi
yetakchi o‘rinni egallaydi, chunki o‘qituvchilarning mustaqil ta‘lim egallashi o‘qitish
mazmunining metodik darajasini oshiradi. O‘qitish jarayonini amalga oshirishda
o‘qituvchilarda tajribaga ega bo‘lgan tanqidiy tafakkur shakllanadi. Ularda
pedagogika nazariyasi va metodikaga oid bilimlar rivojlanadi.
Bugungi kunda o‘qituvchilar, xalq ta‘limi xodimlari, o‘qituvchilar, maktab va
ta‘limni boshqaruv rahbarlarining faoliyatini takomillash-tirish, ta‘lim-tarbiya
sohasidagi mahoratini yuksak darajaga ko‘tarish muhim hisoblanadi. Chunki
pedagogik kadrlarga qo‘yiladigan talablar kundan-kunga o‘sib bormoqda. Buning
uchun o‘qituvchi o‘z fanini chuqur egallagan bo‘lishi bilan birga xalq hayoti,
manfaatlari, so‘rovlari va ehtiyojlariga xizmat qilishi muhimdir. Ayniqsa, XXI asr
yoshlarining ma‘naviy dunyosini yaxshi bilishi va ularda mustaqil fikrlash, milliy ong
va tafakkurni tarbiyalash o‘qituvchining asosiy vazifasidir.
O‘qituvchilar tarbiya jarayoni mazmuni, shakllari va usullarini pedagogik,
axborot, kompyuter texnologiyalari asosida amalga oshirishi pedagogik mahoratning
asosi hisoblanadi. O‘qituvchining mahorat xususiyatlari uning faoliyatida
shakllanadi. Demak, pedagogik mahorat bu uning shaxsiy faoliyatining mohiyati
hisoblanadi. Bu uning yetukligi va kasbiy burchini namoyon etadi.
Pedagogik mahoratning yuqori darajada bo‘lishi oliy o‘quv yurtlari, akademik
liseylar, kasb-hunar kollejlari rahbarlari va maktabning barcha o‘quv fanlari
83
o‘qituvchilari, bolalar bog‘chalari tarbiyachilarining ta‘lim-tarbiya faoliyati bilan
bog‘liq.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, inson qalbiga yo‘l, avvalo, ta‘lim-tarbiya
beruvchi o‘qituvchi mahoratidan boshlanadi. Shuning uchun ham o‘qituvchi
ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosdan foydalanishi, buyuk zotlarning olijanob
mehnatini hurmat bilan o‘quvchilarga tushuntirishi yangi avlod, yangi tafakkur
sohiblarini tarbiyalashdek mas‘uliyatli vazifani ado etishda muhim hisoblanadi.
Yoshlarning ma‘naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos
ekanini yaxshi tasavvur qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Bu yorug‘ olamda har bir odam o‘zining mehribon ustoz va muallimlariga
nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi. Demak, o‘qituvchi o‘z umri
davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, bevosita uning faoliyatida
o‘quvchining yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishi ulkan
ahamiyatga ega.
Shu jihatdan ham o‘qituvchilarda birinchi navbatda o‘qituvchilarda boshqaruv
psixologiyasini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Chunki, tashkilotchilik va
boshqaruvchilik o‘qituvchi pedagogik mahoratining asosini tashkil etadi. Sinf
rahbarining boshqaruvi ta‘limning samarador bo‘lishida jamoaga va ba‘zi bir
o‘qituvchilarga doimiy ta‘siri natijalarini namoyon etadi. O‘qituvchi uchun har bir
sinf boshqaruv obyekti hisoblanadi. Uning o‘ziga xos parametrlari mavjud.
Bizga ma‘lumki, har bir o‘quvchi – o‘zining qobiliyatlari, did-farosati,
maqsadlari bilan shaxs hisoblanadi. Shu jihatdan ham o‘qituvchi boshqaruv
jarayonida o‘z o‘quvchilarini turli topshiriqlarni bajarishga, o‘quv materiallaridan
foydalanishga, voqyea va hodisalarni tushunish kabilarni amalga oshirishda faol
bo‘lishga o‘rgatishi lozim.
Shu bilan birga bir vaqtning o‘zida o‘qituvchi gaplashib o‘tirgan o‘quvchilarga
e‘tibor qilmasdan ularning diqqatini hisobga olgan holda o‘quv materiallarini
tushuntiradi. Keyingi mavzuni boshlash uchun vaqtning yetarli ekanligini, hozirgi
o‘tilgan mavzu bo‘yicha savollarga kimlar javob berishini aniqlaydi.
O‘qituvchining faolligida kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar ham uchrab turadi.
Chunki, sinf turli voqyealarga boy va ba‘zi bir jarayonlarda kechiktirib bo‘lmaydigan
holatlarga ega. Bunday sharoitda o‘qituvchi tezlik bilan o‘quvchilarning gap
tashlashlari, sukut saqlashlari, urush va kulishlari, xafachilik va tushunmasliklarini
e‘tiborga olib, ular bilan axborot almashib turishlari o‘z samarasini beradi.
Boshqaruvda muloqotning oshkoraligi muhim o‘rin tutadi. O‘qituvchi va
o‘quvchilar doimo o‘zlarini sahnada yurgandek his etadilar. Har bir so‘z va harakatga
atrofdagilar baho berishadi. O‘qituvchining to‘g‘riligi, uning haqiqatgo‘yligi, uning
yaxshi ko‘radiganlari bormi yoki yo‘qligini o‘quvchilar kuzatadilar. Shu jihatdan ham
muloqot oshkoraligi qabul qilingan normalar va belgilangan qoidalar asosida amalga
oshiriladi. O‘qituvchi - o‘z o‘quvchilarini u yoki bu vaziyatda qanday tutishi
kerakligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Sinf faoliyatidagi o‘zaro munosabatlar o‘qituvchi yoki o‘quvchining ba‘zi bir
xatti-harakatlari, ilgari bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarga bog‘liq. O‘quvchining
doimiy darsga kech kelishini birinchi martadagidan ko‘ra boshqacha qabul qilishadi.
Albatta bunday holatlarda o‘zaro yordam va hamkorlik tashkil etish muhim.
O‘qituvchi uchun eng asosiy vazifa boshqarish hisoblanadi. Ushbu qo‘yilgan maqsad
sinfdagi o‘quvchilarning bir-biriga bo‘lgan o‘zaro yordamini oshirish, bolalarni
84
o‘qitishda hamkorlik, topshiriqlarni bajarishda kichik guruhlarni tashkil etish o‘z
samarasini beradi.
Tarbiya jarayonini boshqarishning muhim xususiyatlaridan biri ongli va reja
asosida ta‘sir qilishdir. Tarbiya beruvchi va tarbiya oluvchi o‘rtasidagi boshqaruv
aloqalarining amaliy holatga ega ekanligiga alohida e‘tibor qaratish o‘quvchining
ijobiy holatlariga, qobiliyatlarini rivojlantirishga asos bo‘ladi. Ya‘ni boshqaruv
tizimida ma‘lum bir shart-sharoitlarda berilgan topshiriqlarni bajarish turli xil ichki va
tashqi sabablarga qaramasdan belgilangan vazifalarni qo‘llab-quvvatlash, belgilangan
vazifalar harakati tizimini saqlash qobiliyatiga ega bo‘lish, qat‘iylik kabilar kamol
topadi.
Boshqaruv jarayonida harakat, natija, yangi maqsad tizimining shakllanishi
o‘quv-tarbiya faoliyati samaradorligini oshiradi.
Tarbiya jarayonining boshqarish samaradorligi ma‘lum bir talablarni amalga
oshirishda namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilardan iborat:
- tarbiya maqsadlarini shakllantirish;
- tarbiyani boshqarish jarayonida sinf o‘quvchilari holatini o‘rnatish;
- tarbiya jarayonida asosiy masalalarni harakatga keltiruvchi dastur ishlab chiqish;
- tarbiya jarayoni holati haqidagi axborotlarni ma‘lum parametrlar bilan qabul qilish;
- axborotlarni qayta ishlab ularni tahlil qilib, tarbiya jarayonida foydalanish.
O‘qituvchi o‘z faoliyatida maxsus fanlarni chuqur egallash bilan chegaralanib
qolmay, balki pedagogikaning metodologik va nazariy asoslarini chuqur tahlil etishi
va mustaqil yo‘nalishga ega bo‘lishi va kasbiy maqsadni ko‘zlashi zarur.
O‘qituvchining pedagogik mahorati uning mustahkam bilimlari va
tashkilotchiligi bilan belgilanadi.
Bugungi kunda yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni har tomonlama kamolga
yetgan, barkamol inson qilib tarbiyalash, ularda iymon, e‘tiqod, mehr, vatanparvarlik,
do‘stlik, insonga cheksiz muhabbat, muruvvatlilik, qanoatlilik, sabr-toqatlilik,
saxiylik, milliy g‘urur kabi fazilatlarni shakllantirishda o‘qituvchilarning pedagogik
mahorati benixoyat kattadir.
Chunki, o‘qituvchining pedagogik jarayonlarini tashkil etish mahorati tarbiya
jarayonlarini tashkil etish asosida komil insonni voyaga yetkazadi. O‘qituvchi tarbiya
orqali o‘quvchilarning ongi va irodasini o‘stirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga
insoniyat taraqqiyotining turli bosqich-larida o‘ziga xos mazmunini amalga oshiradi.
Ya‘ni, o‘qituvchi bolaga yoshlikdan tarbiya berib, katta bo‘lganda baxtli bo‘lishini
ta‘minlaydi.
O‘quvchilarni ma‘naviy boy, jismoniy jixatdan sog‘lom qilib tarbiyalashda,
tarbiyaviy darajasini aniqlashda o‘qituvchi chuqur bilim, keng maxorat va
tarbiyachilik-san‘atini namoyon etadi. Albatta bunda milliy va umuminsoniy
qadriyatlar, islom ta‘limoti, o‘zbek milliy urf odatlariga amal qilish asosida o‘quvchi
shaxsini shakllantiradi.
Shuni aloxida ta‘kidlash kerakki tarbiyaviy jarayon ongli, ma‘suliyatli faoliyat
bo‘lib, unda tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni komil inson qilib yetishtirishda unga xar
tomonlama ta‘sir ko‘rsatadi. Tarbiyachi o‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy darajasini
o‘rganib, unga ta‘sir ko‘rsatish maxoratiga ega bo‘lishi, tarbiyaviy tadbirlarni
o‘quvchilarning ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta‘sir etganini kuzatib, uni yanada
rivojlantirishi, takomillashtirishi, tarbiyaviy ishlarni samaradorligini oshirishda o‘z
bilimini va mahoratini boyitib borish lozim.
85
- Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish tarbiyachi-o‘qituvchilarga katta ma‘suliyatni
yuklaydi. Bu jihatdan o‘qituvchining pedagogik mahorati davr talabiga javob
bermog‘i lozim. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki jarayonida o‘qituvchining iste‘dodi,
ilmi va tajribalari xar bir bola, o‘smir va yosh yigitning betakror va o‘ziga xosligini
xurmat-lash, uning ijtimoiy xuquqiy va erkinliklarining e‘tiborga olish imkoniyatini
beradi. O‘qituvchi tarbiya jarayonida milliylikning o‘ziga xos an‘ana vositalariga
tayanishi, jaxon madaniyatining ilg‘or tajribalariga asoslanishi, o‘quvchilar
faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish, qiziqarli, to‘laqonli
bolalarning yosh jixatlarini e‘tiborga olib, ular faoliyatiga mos xayot iqlimini
yaratish, mehnat, xayriya, ijtimoiy foydali, ijtimoiy ko‘ngilochar va shunga o‘xshash
tadbirlar tashkil etish lozimki, natijada o‘quvchilar o‘zlari xoxlagan ishga qo‘l
ursinlar, muvaffaqiyat xissini tushunib o‘zlariga ishonchlari ortsin, axloqan barqaror
bo‘lsin.
O‘qituvchi o‘zining tarbiyachilik maxoratida milliy istiqlol ozod va obod
vatanga muxabbat va insonparvarlik, ma‘naviy-axloqiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya,
ekologik tarbiya, nafosat tarbiyasi, jismoniy tarbiya, komil insonni voyaga yetkazish
kabilarga e‘tibor berishi lozim.
Demak, o‘qituvchi jamiyat xayotida yetakchi o‘rin tutuvchi, murakkab shaxs
strukturasiga ega bo‘lgan insonning kasbiy qiyofasidir. Ijtimoiy turmushning barcha
soxalarida erishilgan yutuqlarning zaminida uning mexnatining natijalari yotadi.
O‘qituvchilarning pedagogik, psixologik tayyorgarligi va bilimlar integrasiyasi,
muomala madaniyati, psixologik vaziyatlarni e‘tiborga olish kabilar kuchli bo‘lishi
kerak. Yuksak saviyali, zo‘r mahoratli tarbiyachilargina xalq orzusidagi barkamol
insonni tarbiyalaydi.
Shu maqsadda ko‘ngilga eng oliy orzulari jamlab, o‘qituvchi ter to‘kib ishlaydi.
Ularning mexnatni xurmat qilib, bergan bilimlarni egallamoq kerak. Bexbudiy
aytganlaridek: ―Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir‖. Ibn Sino
ta‘kidlaganidek ―Kimga qanday pandu nasixat qilsang, unga avvalo o‘zing amal qil‖.
Xalqimizda tarbiyachilik san‘ati qadimdan juda yuksak darajada rivojlangan.
Sharq mutafakkirlari, pedagogik olimlari barkamol insonni yetishtirish uchun tarbiya
naqadar zarurligini, uning moxiyatini va mazmunini asoslab berganlar. Tarbiyaviy
ishlarni tashkil qilishning milliy va nazariy asoslari mavjud bo‘lib, o‘qituvchilar
o‘zlarining tarbiyachilik faoliyati jarayonida;
- mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining milliy, diniy qadriyatlarning keng
ro‘yobga chiqishi;
- ma‘rifatparvarlik va jadidchilik xarakatining tarixiy asoslari;
- ona tilimiz, uning sofligini asrash;
- Turkiston xalqlarining avlod-ajdodlari yaratgan xalq og‘zaki ijodiyotining
milliy tarbiya vositasi sifatida qo‘llanishini yuzaga chiqarish va keng foydalanish;
- xalqimiz yaratgan milliy urf-odatlar va an‘analarimizdan keng foydalanish;
- Qur‘oni karim va xadisi sharifdagi inson kamoloti xaqidagi g‘oyalarni
yoshlarga o‘rgatish;
- ma‘rifatparvar, mutafakkirlar, milliy qaxramonlar faoliyati, ularning asarlarini
o‘rganish, ilg‘or tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatuvchi ta‘limotlarga amal qilish va boshqalar.
Yuqoridagi yo‘nalishlardan bizga ma‘lum bo‘ladiki, buyuk ajdodlarimiz yuksak
taraqqiy topgan davlat barpo etgani va bu mamlakatda ―Kuch adolatda‖ – degan bosh
shoir davlat siyosatining, jamiyat xayotining asosi bo‘lganini yaxshi bilamiz. Bu
86
g‘oya odamlarga kuch bergan, ularda insof diyonatga, ezgulikka ishonch uyg‘otgan.
Demak, jamiyatda adolat barqaror bo‘lsa, millat hyech qachon adashmaydi.
Ertami kechmi farovon turmushga erishadi. Adolat biz qurayotgan jamiyat mezoni
bo‘lmog‘i darkor. Albatta bunda o‘qituvchining bilimi, maxorati beqiyosdir.
O‘qituvchining bilim darajasi, sharqona fikr yurita bilishi, ish bilan xarakatining
birligi o‘quvchilarining ijodiy fazilatlarini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi.
Tarbiyaning yetakchi maqsadi sifatida asrlar davomida shaxsning har tomonlama
kamolotga erishuvchi g‘oyasi asos bo‘lib qoladi. Shaxsning har tomonlama
kamolotga erishishi, bu uning ayrim qirralari yoki xislatlarining to‘laqonligini,
jismoniy, axloqiy, siyosiy, estetik qarashlari yig‘indisini o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilarning falsafiy dunyoqarashini shakllantirish, xayot mazmunini tushunib
olishga ko‘maklashish, o‘z-o‘zini iroda va nazorat qila bilishni shakllantirish muhim
axamiyatga ega, chunki ular o‘z shaxsiy turmushida maqsadli yondashuv reja va amal
birligiga erishadilar. O‘quvchilarni vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan
tanishtirish, ularda madaniy va diniy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarni
shakllantirish, malakalarni oshirish, estetik tushunchalarni kamol toptirish o‘qituvchi
mahoratida chuqur o‘rin egallashi lozim. O‘qituvchi har bir o‘smirning
bilimdonliklarini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab ularni rivojlantirish, bolalar
ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun shartsharoit xozirlashlari maqsadga muvofiqdir.
Xalqimizning ―Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay‖ – degan
naqlini o‘quvchilar qalbiga singdirish ma‘suliyati o‘qituvchiga topshirilgan.
O‘qituvchining pedagogik faoliyatini samaraga ega bo‘lmog‘i uchun ko‘p jixatdan
shaxs xususiyatlarining shakllanganligi, shaxs yo‘nalishini aniqlnganligi va kasbiy
maxoratning tarkib topganligi bilan xarakterlanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitning murakkab tus olishi yoki
ta‘lim tizimiga nisbatan yangi talablarning yuzaga kelishi pedagoglarning o‘z
faoliyatlarini tubdan o‘zgartirishga hamda izchil, aql zakovatni ishga solgan xolda ish
tutishni taqozo etmoqda. Bu bir tomondan davr talabi ekanini, ikkinchi tomondan
shart-sharoitga nisbatan tub burulish xosil qilish yoki shaxs faoliyatini yo‘naltirishda
yangicha munosabatda ish tutish talab etiladi. Chunki, mamlakat ravnaqini
ta‘minlashda ijobiy o‘zgarishlarning kiritilishi o‘qituvchining pedagogik mahorati
bilan belgilanadi. O‘qituvchi o‘quvchining ichki dunyosini tushunish, boshqa odamlar
bilan aloqa o‘rnatish, o‘quvchiga faol ta‘sir o‘tkazish, hamma bilan til topishib ketish,
vazminlik, odamlarni ishontirish qobiliyati, bosiqlik va o‘zini tuta bilish, talabchanlik,
qat‘iylik, g‘ayratlilik, chidamlilik, raxbarlik va tashkilotchilik, o‘zi va boshqalarning
xulqini boshqarish, mustaqil va ijodiy fikrlashi muhimdir. O‘qituvchining pedagogik
maxorati doimo o‘z-o‘zini nazorat qilish imkoniyatini tug‘diradi va uning
samaradorligini ta‘minlaydi.
O‘qituvchi shaxsiy xususiyatlaridan tashqari chuqur ilmiy saviyaga, so‘zlash
madaniyatiga, yuksak odob axloqli bo‘lishi kerak. O‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan
suxbatlarni yuqori saviyada tashkil qilishda, o‘qituvchi quyidagi madaniyat
qirralariga ega bo‘lishi kerak.
Ruxiyat madaniyati ya‘ni o‘quvchilarning ma‘naviy ehtiyojlariga to‘g‘ri ta‘sir
ko‘rsatish.
Maxorat madaniyati – har bir tadbirni zo‘r quvonch va qalbdan tashkil qilish.
Siyosiy madaniyat – davr talabiga mos iqtisodiy, ijtimoiy bilimga ega bo‘lish.
87
Ma‘naviy madaniyat – o‘quvchilarning ijodiy, ma‘naviy, badiiy faoliyatini
tashkil qilishdir.
Bundan tashqari, o‘qituvchi o‘zining tashqi ko‘rinishiga ham e‘tibor berishi
kerak, toza-ozoda, ixcham kiyinishi kerak. Bundan tashqari oliy ma‘lumotli, chuqur
bilim egasi o‘zining fanini puxta biladigan, yurt ravnaqi uchun jonini fido qilishga
tayyor, o‘z shogirdlaridan bilimi, malakasini ayamaydigan, o‘quvchilarga aziz, do‘st,
sirdosh, kollejning fidokor bo‘lmog‘i lozimdir.
O‘qituvchi tarbiya jarayoni yanada samaraliroq o‘tishi uchun turli xil
ko‘rgazmalardan, texnik vositalardan unumli foydalanishi mumkin. Buyuk
mutafakkirlarimizning noyob asarlari, ularning xikmatli so‘zlari, turli qaxramonlik
lavxalari tasvirlangan rasmlar, odob – axloq mavzusidagi filmlar tarbiyaga ta‘sir
qiladi. Insonni ma‘naviy barkamol qilib tarbiyalashda o‘zbek xalqining milliy va
madaniy qadriyatlaridan foydalanish, manbaashunoslikka o‘rgatish maqsadga
muvofiqdir. Tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishda o‘quvchining ruhiyati, qiziqish
jarayonidagi ijobiy va salbiy sifatlarning mavjudligi darajasiga e‘tibor berish,
tarbiyaviy tadbirlarning sifat va samaradorligini oshirishda yangicha ishlash metodi
va shakllaridan foydalanish san‘atiga ega bo‘lish o‘qituvchining pedagogik
maxoratiga bog‘liq. O‘qituvchilarning bu mashaqqatli mehnatlarini qadrlagan xolda
o‘quvchilarning o‘zlari ham yaqin yordamchi bo‘lishlari kerak. Shu o‘rinda Voiz
Koshifiyning ―Agar shogirdlikning binosi nimaning ustiga quriladi deb so‘rasalar
javob bergil: Iroda va sabr toqat, nimaiki ustoz istasa, uni jon qulog‘i bilan eshitib,
chin ko‘ngil bilan qabul qilish, e‘tiqodli bo‘lishdir‖ degan so‘zlari o‘rinlidir.
O‘qituvchilar mehnatining davlat tomonidan munosib tarzda taqdirlanishi ularning
qobiliyatini yanada rivojlantiradi, ularning ijodiy faoliyati mukammallashadi, o‘z
ustida olib borayotgan ishlari takomillashadi, o‘ziga berilgan mukofotga ijobiy javob
beradi.
Albatta bu o‘rinda har bir tarbiyachi pedagogik tashkilotchilik maxoratiga ega
bo‘lishi kerak. Tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkillashtirish, darsdan so‘ng
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini taqsimlash kerak. Bunda o‘quvchilarning ota-onalari
bilan yaqindan munosabatda bo‘lishlari kerak, ular bilan suhbatlarni quyidagi
yo‘nalishlarda olib borilishi lozim:
1. O‘quvchining xarakter xususiyati, oiladagi o‘rni, mavqyei, ruhiy xolatini
o‘rganishda.
2. Odob va axloqqa doir suxbat. (sharqona urf-odat, rasm-rusumlar, yangi
chiqqan adabiyotlar).
3. Tarbiyasi murakkablashgan o‘quvchilarning ota-onasiga maslaxat berish,
o‘qituvchining yakkama-yakka suxbati puxta, asosli va mantiqan boy bo‘lsa, otaonani unga ishonchini oshiradi-natijada erkin dil so‘zlari, maslaxat, o‘zaro yordam
kabi bir xamkorlik xolati vujudga keladi.
O‘qituvchi ota-ona va o‘quvchilar bilan yakkama-yakka faoliyatini yo‘lga
qo‘yish uchun ota-onalar shaxsini, oilaviy axvolni bilish kerak. O‘qituvchi ota-onalar
xaqida ma‘lumotga ega bo‘lgandan keyin ularning farzandlari xaqida ma‘lumotni
aniqlab olish muhimdir. O‘qituvchining bolalarni to‘liq o‘rganishi, tarbiyaviy
tadbirlarni mukammal ta‘sirchan uyushtirishga imkoniyat yaratadi. O‘qituvchi o‘z
faoliyatida quyidagilarga e‘tibor berishi lozim:
1. O‘quvchilarda shakllanib kelayotgan ijobiy fazilatlarni tasvirlash, ularni bilim
olishga qiziqtirish, rostgo‘y, ma‘rifatli, mexrli, do‘stlik, o‘z-o‘zini boshqarish,
88
mehnatga munosabatini rivojlantirish.
2. O‘quvchilarning ruhiy quvvati va temperament turlarini ajrata olish.
3. O‘quvchidagi ijobiy va salbiy o‘zgarishlarini kuzatish va sababini o‘rganish.
4. O‘quvchidagi yolg‘on gapirish va boshqa salbiy sifatlarini aniqlash. Bolalar
bilan turli sayoxatlar uyushtirish, kinoteatrlarga borish, o‘yinlar tashkil qilish,
bayramlarga bag‘ishlangan kechalar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Masalan:
―Gullar bayrami‖ ertaligini o‘tkazish o‘quvchilarning estetik xis tuyg‘ularini o‘stiradi.
Bayramni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarga yil fasllaridagi mavsumiy
o‘zgarishlarni kuzatib borish, tabiatdagi o‘simliklar dunyosi, turli-tuman gullar,
ularning o‘stirishi va boshqalari xaqida tushunchalar berishdir.
Fan o‘qituvchilari har xil musabaqalar, bellashuvlar o‘tkazishlari ham
o‘quvchining bilimiga bilim qo‘shadi, dunyoqarashini o‘stiradi, guruhdoshlari bilan
aloqani mustahkamlaydi, mustaqil fikrlashga undaydi. Maktablarda tashkil qilingan
har xil to‘garaklar ham o‘quvchilarning tarbiyasiga yaxshi ta‘sir qiladi. Qaysi
o‘qituvchi tashkilotchi, yangiliklarga intiluvchan bo‘lsa, uning o‘quvchilari inoq,
mehribon bo‘lib o‘sadilar. Ular do‘stlarining, ota-onalarining, o‘qituvchilarining,
ilmning qadriga yetadigan barkamol inson bo‘lib ulg‘ayadilar. Davlatimizning eng
buyuk maqsadi ham asli shudir. Demak o‘quv-tarbiya jarayonining natijalari
o‘qituvchining mahoratiga, tashkilotchilik faoliyatiga va kasb ko‘nikmasiga bog‘liq
ekan. Darsning samaradorligi ta‘limiy, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi jarayonini
oshirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
- o‘qituvchining ma‘naviy-axloqiy, siyosiy, ilmiy nazariy va metodik darajasini
oshirish;
- pedagogik mehnat sifatini, darsga tayyorlanishga ma‘sul munosabatni
belgilash;
- barcha o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha samarali nazoratni tashkil etish;
- o‘quvchilarda o‘qishga ma‘suliyat munosabatini tarbiyalash bo‘yicha ular
bilan ish olib borish, bilimlaridagi nuqsonlarning oldini olish, bilim, ko‘nikma va
malakalarning yuksak sifatiga ega bo‘lishi uchun kurashish, bu ishga o‘quvchilarning
o‘zini faol jalb qilish kerak.
Bu yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha aniq o‘ylab chiqilgan, ilmiy jihatdan
asoslangan ishlar rejasi, pedagoglar jamoasi uning o‘quv-tarbiyaviy ishlari
darajasidan kelib chiqadigan tizimi bo‘lishi zarur.
Suhbatning yakuni barcha ko‘rsatib o‘tilgan tarbiyaviy qismlarini o‘z ichiga
oladigan variant ham bo‘ladi. Bu qoidalarga rioya etish pedagogning so‘zlari
o‘quvchilarga zarur ta‘sir ko‘rsatish uchun shart-sharoit yaratadi. Bundan tashqari
pedagog eski fikr uchun yangi so‘zlar izlash va topishi darkor, ya‘ni ayni bir fikrni

turlicha bayon qilishni bilishi zarur.

Xozirgi zamon jamiyatining hamma soxasida
















har kimdan tashabbuskorlikni, ijodni, mustaqil fikrlashni talab qiladi.



















Pedagogik

mahorat

ijodkorlikning

asosiy

maydoni.

O‘qituvchining

asosiy

pedagogik extiyoji-o‘rgatish, yetkazib berish, tarbiyalash, o‘qituvchining kamolotga
yetkazishga qaratilgan. Shunday ekan, tarbiya jarayonini tashkil qilishga to‘g‘ri,
yangicha yondashish turadi.
Tarbiya jarayonida o‘qituvchi oldida muhim bir masala o‘quvchilarni bilim olishga
jalb qilish, ularni olg‘a xarakatlantirishdir. Bu esa o‘qituvchi va o‘quvchilarni
(o‘zaro) birgalikdagi mehnatga jalb qiladi. Buning uchun o‘qitishda majbur qilmaslik
kerak. Pedagogik mahoratning qarashlaridan biri o‘quvchidagi qo‘rquvni yo‘qotish,
89
uni erkinroq, dadilroq qilish, o‘zini kuchiga ishontirish, unga jiddiy, ijod qilishga
qodir shaxs sifatida qarash.
O‘qituvchining pedagogik mahorati – bu o‘quvchilar bilan hamkorlik ruhida
ish olib borish, ularga aniq bir maqsad qo‘yib, bu maqsadning murakkabligiga va
buni amalga oshirishga ishontirish-ularda o‘ziga bo‘lgan ishonchini, aniq, mushkul
masalani ham yecha olish mumkinligini shakllan-tiradi.
Tarbiya jarayonida quruq gap bilan chegaralanmay, o‘quvchi xotirasini
shakllantirish, mantiq, tasavvur, fikrlay olishini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Chunki, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini shakllantirish shaxsiy sifatlaridagi
notekisliklarni, nuqsonlarni bartaraf qilishga yordam beradi. Ularda erkin fikr qilish
kamol topadi. Natijada o‘qituvchi tarbiya jarayonida keraksiz, ortiqcha narsalarga
to‘xtalmay, o‘z fikrini aniq, ravshan, lo‘nda tushuntirishi va shu bilan birga
o‘quvchilarni individual va jamoa o‘z-o‘ziga baho berishga o‘rgatishi lozim.Tarbiya
davomida o‘qituvchi shunday usullardan foydalanish kerakki, o‘quvchilar o‘zlarini
shaxs sifatida xis qilishsin. O‘qituvchining pedagogik mahoratida uning tafakkuri va
xarakatlari muhim o‘rin tutadi. Ular tarbiya markazi atrofida aylanib, yana unga
qaytib keladi. Har bir tarbiya jarayoniga o‘zining, faqat unga xos bo‘lgan xissasini
qo‘shadi.
Zamonaviy tarbiya shaxsni rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirish,
o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatida birgalikdagi o‘zaro bog‘liqligini ro‘yobga
chiqarishni talab qiladi. Bu esa o‘qituvchidan ijodiy pedagogik tafakkur, pedagogik
mahoratni talab qiladi.
O‘qituvchining pedagogik mahorati uning ijodkorligiga, ko‘p qirrali bilimiga,
bolalarni sevish faoliyatiga asoslanadi. Tarbiya jarayonida o‘qituvchining
muvaffaqiyati uning nazariy va kasbiy tayyorgarligiga bog‘liq.
Tarbiya jarayonida o‘qituvchi psixologik-pedagogik, metodik kitoblarni, jurnal
va gazetalarni muntazam ravishda o‘qib borishi, badiiy adabiyotdan, har xil
kinofilmlardan foydalanish kerak. Tarbiya jarayonida metodlar xar xil bo‘lishi
mumkin. Bu o‘qituvchining ixtisosligiga, uning qiziquvchanligiga, ehtiyojlariga,
intellektual faoliyatiga bog‘liq. Albatta bunda tarbiya jarayonining mazmunini taxlil
qilish muhim ahamiyatga ega. Ular bir necha omillardan iborat. Bular:
1. Tarbiyaviy masalalar o‘quvchilarning jamiyatdagi voqyea-xodisalarga,
atrofga bo‘lgan dunyoqarashini shakllantiradi. Ularda inson-parvarlik, vatanpar-varlik
ruhini tarbiyalaydi.
2. Ilm oshiradigan masalalar–o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan
qurollantirishni o‘z ichiga oladi.
3. Bilish masalalari – tarbiya jarayonida o‘quvchilar fikrlashda mustaqil bo‘lishni,
o‘qishda qiyinchiliklarni yengishni shakllantirish.
O‘quvchilarni tarbiyalash o‘qituvchilarning ijodkorligiga va mahoratiga bog‘liq.

Download 297.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling