Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 297,29 Kb.
|
majmua yangi
Salom va alik - salomlashish qadimiy odat. Dunyoda barcha madaniy xalqlar
o‘zaro insoniy munosabat, muomala va muloqotni o‘zaro insoniy munosabat, muomala va muloqotni salomdan boshlaganlar. Har bir xalqning salomlashish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z urf-odatlari bor. Biz o‘zbeklar barcha islom dunyosi xalqlari singari ―Assalomu-alaykum deya qo‘l olishib ko‘rishamiz. Salomlashish odobi yosh va marosim bilan ham bog‘liqdir. Zamonlar o‘tishi bilan salomlashish odati turli shakllarda o‘zgarib borgan. Qayerda, kim-kim bilan qanday salomlashmoq kerak? Salom odobning boshi, odobning debochasi qolaversa, odamning kimligini uning salomi ham belgilaydi. O‘zbek xalqi boy an‘ana va udumlarga ega, u to‘y tantanalari, marosimlari, mehmon kutish, dasturxon tuzatish, milliy taomlar pishirilishi bilan butun dunyoga mashhur. Asrlar davomida xalqning har qanday rasm-rusmlari, urf-odatlari avloddanavlodga o‘tib keladi. Mustaqillikka erishgach, bu odatlar, udumlar, qadriyatlar yanada taraqqiy etdi. Xalq pedagogikasi manbalaridan yana biri, to‘y marosimlari hisoblanadi. Biz o‘zbeklarda to‘y marosimlarining turlari juda ko‘p. Bularga: - beshik to‘yi, - sunnat to‘y, - muchal to‘y, - nikoh to‘yi, - oltin to‘y, - kumush to‘yi, - hovli to‘yi kabi turlari shular jumlasidandir. Har bir to‘yning o‘z qonun-qoidasi, o‘z o‘rni, o‘z vaqti bor. To‘ylarda xalqimizning necha ming yillik tarixi davomida qo‘llanilib kelayotgan urf-odat, udumlarimizni ko‘rishimiz mumkin. Milliy qadriyatlar, milliy kuy-qo‘shiqlar, milliy liboslar, milliy taomlarning pishirilishi bular hammasi an‘analarimizni, urfodatlarimizni qanchalik hurmat qilishimimizni ko‘rsatadi. Yoshlarni estetik tarbiyalash avvalo, ularning urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni tiklashda faol ishtirok etishimizni taqozo etadi. Xalq pedagogikasi estetikaning ―Go`zallik hayot demakdir,- degan qoidasidan kelib chiqib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotdagi, mehnatdagi, turmushdagi, kishilar munosabatidagi go‘zallikda ishtirok etishini uning hayotini, san`atni idrok eta bilish qobiliyatini shakllantirishni o‘ziga bosh vazifa deb hisoblaydi. Download 297,29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling