2. Xalq an'analari yoshlar ma'naviyatini shakllantiruvchi vosita sifatida.
Xalq pedagogikasida yoshlar ma‘naviyatini shakllantirish uchun turli xil usul va
vositalar mavjud. Milliy urf-odatlar, an‘analar, hasharlar, to‘y-marakalar, sayillar,
tug‘ilgan kun, turli bolalar o‘yinlari, ijodkorlik namunalari, sport musobaqalari
yoshlar tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etishda asosiy omillar sanalsa, milliy o‘yinlar,
qo‘shiqlar, raqslar va ularda ilgari surilgan g‘oyalar ham muhim ahamiyatga ega. Bu
qadriyatlar talabalar ma‘naviyatini shakllantirishda muhim manba hisoblanadi.
Har bir xalqning ijtimoiy madaniy hayotida azaliy an‘ana, urf-odat, marosim,
bayramlar alohida o‘rin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o‘ziga hos hodisasi
sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zbek xalqi ham dunyodagi eng qadimiy madaniy
xalqlardan biri sifatida mana shunday xazinaga ega. Bu bilan biz haqli ravishda
faxrlansak bo`ladi. O‘zbek xalqida dunyo tan berib kelayotgan ajoyib insoniy
fazilatlar, nodir urf-odatlar mavjud.
O‘zbek xalqi urf-odatlari, an‘analari, hasharlari, to‘y-marakalari va marosimlari
doirasiga kirib, turmushda ularning o‘zaro munosabatlarini anglab keladi. Binobarin,
urf-odatlar, an‘analar, hasharlar, to‘y-ma`rakalar va marosimlar namoyon bo‘lish
shakli sifatida ko‘zga tashlanadi. Masalan: - to‘y, mehmon kutish, dafn qilish bilan bog‘liq marosimlar va urfodatlar o‘zaro umumiy jihatlari bilan ajralib turadi. Bunday marosimlar O‘rta Osiyodagi boshqa xalqlarda ham mavjud, lekin ular amalga oshirilishi jihatidan farqlanadi. Fikrimizni yanada aniqroq bo‘lishi uchun urf-odatlar, an‘analar, marosim, to‘ymarakalar kabi tushunchalarga izoh berib ularning o‘zaro farqini ko‘rib chiqamiz.
An`ana- tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida
vujudga kelgan, avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan, kishilar ma‘naviy hayotiga
ta‘sir ko‘rsatadigan madaniy hodisadir.
Urf-odat – kishilarning turmushiga singib ketgan, ma‘lum muddatda takrorlanib turuvchi hatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari ko‘nikmasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |