Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish qoidasi


Download 297.29 Kb.
bet8/41
Sana11.01.2023
Hajmi297.29 Kb.
#1088731
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
majmua yangi

3. Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish qoidasi.
O‘quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, madaniy va
diniy bilimlarni egallashag bo‘lgan talablarini shakllantirish, malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarini shakllantirish juda muhimdir. O‘zbek xalqining madaniy merosini o‘rganishda va rivojlantirishda milliy o‘ziga xosligi, ma‘naviy xususiyatlari hisobga olinib, xalq pedagogikasi an‘analariga suyangan holda ish ko‘rilishi maqsadga muvofiq. Ma‘naviy qadriyatlar va g‘oyalar har xil millat o‘quvchilarini birlashtiradi, o‘quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishga yordam beradi. Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas.
4. Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta`sirlarning uyg`unligi va uzluksizligi qoidasi.
Tarbiya ishida izchillik juda muhimdir. O‘qituvchi o‘quvchiga talab qo‘ysa-yu uni unutib qo‘ysa bu o‘quvchiga yomon ta‘sir qiladi. O‘qituvchi subutli o‘z so‘zida turadigan bo‘lishi kerak, va‘da berib uni unutsa bolalar unga ishonmaydi. Har bir pedagog ishi bilan so‘zi bir bo‘lishi kerak. Birdan ko‘p talab qilish yaramaydi. Hamma o‘qituvchilarning o‘quvchilarga talabi bir xil bo‘lishi kerak. Tarbiyada bunday izchillik muhim ahamiyatga ega. Tarbiya uzoq muddatli murakkab jarayon bo‘lib, unda ota-ona o‘qituvchi jamoatchilik va boshqalar qatnashadilar. Demak bular hammasi bamaslahat, hamjihat ish qilishi kerak.
Tarbiya usullari har bir bolaga har qaysi bolalar jamoasiga alohida munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi. Demak, tarbiya jarayonida o‘qituvchi yakka o‘quvchi yoki sinf jamoasi manfaati yo‘lida o‘quvchi yoki sinf jamoasi manfaati yo‘lida biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o‘quvchilarni yosh va individual xususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziyat xarakterini hisobga olgan holda ta‘sir etish shakllari majmuasiga tarbiya metodi deyiladi. Tarbiya usullarini o‘rganish tahlil qilish bu usullardan foydalanish ko‘nikma va malakalarni egallashga osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir necha guruhlarga bo‘lib olamiz.

  1. So‘z orqali ifodalash usuli.

  2. Ko‘rgazmalilik usuli

  3. Amaliy namuna usuli

  4. Rag‘batlantirish va jazo usuli


1–guruh

So‘z orqali uzatish, maslahat berish, ma‘lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma‘ruza, suhbat va boshqa
usullarga bo‘linadi;

2–guruh

Kinofilmlar, tasviriy san‘at, badiiy san‘at va boshqa ko‘rish orqali tarbiyalash usullariga bo‘linadi;

3–guruh

Tarbiya ma‘lumotlarini amaliy mehnat, harakatlari orqali berish, o‘rnak ko‘rsatish, boshqalarning amaliy mehnatini misol qilib ko‘rsatish;

4–guruh

O‘quvchi talabalarning yaxshi bajargan ishlarini o‘rtoqlari oldida yoki ota-onalar majlisini ma‘qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy yordam, stependiyalarni oshirish, maqtov yorliqlari topshirish.

Tarbiyachining rag‘batlantirish usuli 2 ga bo‘linadi;

  1. Siz buyurgan ishga burch va mas‘uliyat bilan yondashganligini rag‘batlantirish.

  2. Siz buyurgan ishga qiziqishning va uni uddalay olganligini rag‘batlantirish.

Jazo – bu bolaning noto‘g‘ri qilgan ishiga o‘zini iqror qildirish. Jazo turlari:
1) Tushuntirish.
2) Tanbeh berish.
3) Ogohlantirish.
4) Qattiq ogohlantirish.
5) Uyaltirish.
Uyat – bu insonning eng nozik sezgisi bo‘lib, o‘quvchini o‘rtoqlari va jamla orasida izza qilish eng yuqori jazo hisoblanadi. Bu eng oxirgi chora. Odatda o‘quvchi bilan yakka suhbatlashiladi.
Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo falasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi.
Tarbiya nazariyasi falsafa, sosiologiya, etika-estetika, fiziologiya, psixologiya fanlari ma‘lumotlarida foydalaniladi.
Tarbiya nazariyasi–pedagogikaning umumiy asoslari, ta‘lim nazariyasi, maktabshunoslik kabi pedagogik bo‘limlari bilan uzviy aloqada.
Xalq pedagogikasi zamonaviy pedagogikmizning xususan tarbiya nazariyasining negizini tashkil etadi, chunki xalq pedagogikasida o‘zbekona, axloq, odob, tarbiyaning barcha qirralarini o‘zida mujassam qilgan.
Xalq pedagogikasida turli xil tarbiya usullaridan va vositalaridan foydalaniladi. Bu usul va vositalar nihoyatda rang-barang bo‘lib ko‘p tomonlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi.
Xalq pedagogikasida quyidagi tarbiya usullari mavjud;

  1. Tushuntirish (o‘rgatish, odatlantirish, mashq qildirish).

  2. Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, o‘rnak bo‘lish).

  3. Nasihat berish, o‘git (undan, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak bildirish, ma‘qullash, raxmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash).

  4. Qoralash va jazo. (ta‘qiqlash, ta‘na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont, qasam ichirish, urish, kaltaklash)...

Bu usullar turli vositalar orqali amalga oshirilgan, masalan: mehmon kutish, mehmonga borish, hasharlar, guruhlar, tug‘ilgan kun bazm, musobaqa marosim o‘izga xos tarbiya vazifasini bajaradi.
Pedagogik ijodkorlik manbai–bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilg‘or pedagogik tajriba deyilganda biz o‘qituvchining o‘z pedagogik vazifasiga ijodiy yondoshishning, o‘quvchilarning ta‘lim, tarbiyalashda yangi samarali yo‘l va vositalarni qidirib topishni tushunamiz.
Ilg‘or pedagogik tajriba o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan ish shakli va usullari, uslub va vositalaridir. Ular yordamida tarbiyada yuqori natijalarga erishiladi. Ijodkor o‘qituvchilar faqat ilg‘or tajribalarni o‘rganib qolmay o‘zi ham yangi ko‘nikma va xulosalarni tarkib toptiradi.
Hozirgi zamon fan texnika va taraqqiyoti o‘qituvchi ijodkor bo‘lishini fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishini, fan yutuqlarini o‘quvchilarga yetkazi olishini, ularning ijodiy fikrlashga, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga o‘rgata olishni talab qiladi.


3-Mavzu: Ma`naviy-ahloqiy ishlarni tashkil etishda milliy qadriyatlardan
foydalanish.
REJA:
1. Ma'naviy-axloqiy ishlarni tashkil etishda milliy qadriyatlardan
foydalanish.


Download 297.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling