Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti


Download 297.29 Kb.
bet2/41
Sana11.01.2023
Hajmi297.29 Kb.
#1088731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
majmua yangi

Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti bo‘lajak o‘qituvchi- tarbiyachilarga kelajak avlodni ma‘naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va yo‘llari hamda bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining o‘rganish obyektini esa ta‘lim muassalaridagi uzluksiz ta‘lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Uning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchi va tarbiyachilarning tarbiyaviy ish va tadbirlarning mazmunli bo‘lishini ta‘minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyat va urf-odatlardan keng foydalanishga, tarbiyaviy ta‘sirga ega bo‘lgan manbalarni ajrata bilishga qaratilgandir.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi, bugungi kun talabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, ayni paytda bu o‘qituvchilarga katta mas‘uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o‘qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog‘i lozim. O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖ gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh masalalaridan biri ham yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdan iborat etib belgilangan. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy, tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma‘naviy, ma‘rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiyaviy ishlar tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, tarbiyaviy ishlar shaxs kamolatining uzluksizligini va uzviyligini muvaffaqiyatli ta‘minlaydi. Shu jihatdan har tarbiyaviy ishlar tizimi shaxs kamolotining eng muhim va zaruriy omillaridan biri hisoblanadi.
Albatta, bunda tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini e‘tiborga olish muhimdir. O‘zbekiston mustaqilligi tufayli shaxsni tarbiyalashga, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga alohida e‘tibor qaratib kelinmoqda. Uning mazmunida yoshlar tarbiyasi muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti tomonidan 2008 yilni ―Yoshlar yili‖ va 2010 yilni ―Barkamol avlod yili‖ 2012 yilni ―Mustahkam oila yili‖ deb e‘lon qilinishi va ushbu yillar bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmoyishning qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama yetuk, jismonan va ma‘nan sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashni maqsad qilib belgilab berdi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, tarbiya barkamol avlodning uzluksiz rivojlanishini ta‘minlaydi.
Tarbiyaviy ishlar sog‘lom hayot, sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom e‘tiqod, barkamollik kabilarning asosiga aylanadi. Barkamol avlodni tarbiyalash mazmunida milliy qadriyatlarga sadoqat, jamiyatdagi tinchlik, xotirjamlikni saqlashga ongli munosabatda bo‘lish, tinch va farovon hayot yaratish, ijtimoiy ma‘naviyatni yuksaltirishga intilish kabi omillar tarbiyaviy ishlarda asosiy o‘rin egallaydi. Shu sababli bugunga yoshlar dunyoqarashida millat, Ona tuproq, Ona Vatan kabilar turli xil tarbiyaviy tadbirlar, boy ma‘naviy merosimiz haqidagi tushunchalar bilan tarkib topib boradi. Yoshlarni tarbiyalashda ular ongida, millat, milliy axloq, milliy g‘urur, milliy tarbiya, milliy g‘oya, Vatan tuyg‘usi, Vatan qayg‘usi, Vatan sog‘inchi va shu kabi tushunchalarni sindirib borish, ularning milliy dunyoqarashini kengaytirib borish tarbiya jarayoning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste‘dordga, ilmga va mashqqa degan edi, ulug‘ olim Arastu. Shunga asosan tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir:

  • tarbiyaviy ishlar jarayonida va tarbiyada ulg‘ayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb bilish, har bimr bola, o‘smir va yoshlarning o‘ziga xosligini hurmat qilish;

  • milliylikning o‘ziga xos an‘ana, vositalariga tayanish, milliy merosga asoslanish;

  • o‘quvchilar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish, qiziqarli, to‘laqonli bolalar yosh jihatlariga mos turli xil ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarga qatnashishini ta‘minlash, mehnat, ijtimoiy foydali, ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish lozim.


Download 297.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling