Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 297.29 Kb.
|
majmua yangi
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti deganda nimani tushunasiz? 2. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining mazmun mohiyati nimadan iborat? 3.Tarbiya deganda nimani tushunasiz? Foydalanilgan adabiyotlar: Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch.T:.Ma‘naviyat, 2008 yil Ismoilova Z, Tarbiyaviy ishlar metodikasi. T:. Istiqlol, 2003 Hasanboyev J:, To‘raqulov X., Alqarov I., Usmanov N. Pedagogika. T:.Fan va texnologiya, 2010 2-Mavzu: Tarbiyaviy ish: tarkibi va tuzilishi. REJA: 1. Tarbiya jarayoni va uning o'ziga xos xususiyatlari. 2. Tarbiya qoidalari. 3. Tarbiya usullari va turlari. TAYANCH SO'ZLAR: Tarbiya, usul, vosita, tarbiya qonuniyatlari, tarbyailanganlik, jazo, uyat, adolat, xalq pedagogikasi, ijodiy hamkorlik, ilg‘or pedagog. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni usuli va tashkil etilishi masalalarini o‘rganadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng jamiyatning barcha jabhalarida bo‘lganidek ta‘limtarbiya jarayonida ham keskin o‘zgarishlar yuz berdi. Jamiyatdagi ijtimoiy tuzumning o‘zgarishi kishilar ongi va dunyoqarashidagi inqilobiy o‘zgarishlar ham tarbiya jarayoni va unga bo‘lgan talablarni qayta ko‘rib chiqish ehtiyojini tug‘dirdi. Ana shu zaruriyatga ko‘ra hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya-tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga aniq bir maqsadga qaratilgan bir biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o‘zaro ta‘sir ko‘rsatishi ekanligini alohida ta‘kidlash lozimdir. Bugungi kunda shunchaki bilimga ega bo‘lgan insonni emas, balki ijodkor o‘z iste‘dodi bilan ajralib turuvchi ishbilarmon insonni tarbyalash zamon taqozosidir. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi. Tabiatga jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi. Jismoniy kuch qudratlari mustahkamlanadi. Tarbiya qoidasi pedagogik ta‘lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadadi foydalanadigan boshlang‘ich holat rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi va u yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari shark mutafakkirlarining fikrlari va milliy pedagogikaning yutuqlariga asoslanadi. Tarbiya qoidalari tarbiya jarayoninig o‘ziga xos qonuniyatlarini aks ettiradi. Bu qoidalari rioya qilishni tarbiyalash samarasini oshiradi, yaxshi natija beradi. Tarbiyaning mazmuniya, tashkil etilishi, usullari, ularga qo‘yiladigan talablar shu qoidalarda o‘z ifodasini topadi. Jamiyatimizda yangicha ijtimoiy munosabatlarni paydo bo‘lishi tarbiyaning mohiyati mazmuni va qoidalariga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazadi. Tarbiya jarayonini yangilash tarbiya qoidalarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyatini tug‘diradi. Download 297.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling