Rеja: Tarmoqda axborotni himoya qilish


Download 1.01 Mb.
bet4/7
Sana18.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1028352
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 maruza01

Tarmoq xavfsizligi – bu tarmoqdagi maʻlumotlarni himoyalash chora-tadbirlari boʻlib, ular: ruhsat etilmagan murojaatdan himoyalash;
tizimning meʻyorida ishlashiga tasodifan yoki ataylab taʻsir qilishdan himoyalash; tizim tarkibiy qismlariga zarar etkazishdan saqlashdan iborat.


VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq
VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq sifatida taʻriflanadi. Bu texnologiya foydalanuvchilar oʻrtasida barcha maʻlumotlarni almashish boshqa tarmoq doirasida ichki tarmoqni shakllantirishga asoslangan, ishonchli himoyani taʻminlashga qaratilgan. VPN uchun tarmoq asosi sifatida Internetdan foydalaniladi.
VPN texnologiyasining afzalligi. Lokal tarmoqlarni umumiy VPN tarmogʻiga birlashtirish orqali kam xarajatli va yuqori darajali himoyalangan tunelni qurish mumkin. Bunday tarmoqni yaratish uchun sizga har bir tarmoq qismining bitta kompyuteriga filiallar oʻrtasida maʻlumot almashishiga xizmat qiluvchi maxsus VPN shlyuz oʻrnatish kerak. Har bir boʻlimda axborot almashishi oddiy usulda amalga
oshiriladi. Agar VPN tarmogʻining boshqa qismiga maʻlumot joʻnatish kerak boʻlsa, bu holda barcha maʻlumotlar shlyuzga joʻnatiladi. Oʻz navbatida, shlyuz maʻlumotlarni qayta ishlashni amalga oshiradi, ishonchli algoritm asosida shifrlaydi va Internet tarmogʻi orqali bo shqa filialdagi shlyuzga joʻnatadi. Belgilangan nuqtada maʻlumotlar qayta deshifrlanadi va oxirgi kompyuterga oddiy usulda uzatiladi. Bularning barchasi foydalanuvchi uchun umuman sezilmas darajada amalga oshadi hamda lokal tarmoqda ishlashdan hech qanday farq qilmaydi. Eavesdropping hujumidan foydalanib, tinglangan axborot tushunarsiz boʻladi.
Bundan tashqari, VPN alohida kompyuterni tashkilotning lokal tarmogʻiga qoʻshishning ajoyib usuli hisoblanadi. Tasavvur qilamiz, xizmat safariga noutbukingiz bilan chiqqansiz, oʻz tarmogʻingizga ulanish yoki u yyerdan biror-bir maʻlumotni olish zaruriyati paydo boʻldi. Maxsus dastur yordamida VPN shlyuz bilan bogʻlanishingiz mumkin va ofisda joylashgan har bir ishchi kabi faoliyat olib borishigiz mumkin. Bu nafaqat qulay, balki arzondir.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling