Reja: Tashkiliy hujjatlar(Guvohnoma,yo’riqnoma, izom-Ustav) Shartnomaning o’ziga xos xususiyatlari. Faroyish hujjatlari(biyruq, buyruqdan ko’chima) Ko’rsatma, Farmoyish. Mashg`ulot maqsadi


Download 367.5 Kb.
bet3/18
Sana31.03.2023
Hajmi367.5 Kb.
#1314303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
5-dars 7YOZISH VA TAQDIMOT - копия

Ichki hujjatlar ayni muassasaning o’zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan xujjatlardir, muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashkil hujjatlar hisoblanadi.
Hujjatlar mazmuniga ko’ra ikki turli buladi:
1) Sodda xujjatlar muayyan bir masalani uz ichiga oladi;
2) Murakkab xujjatlar ikki yoki undan ortik masalani uz ichiga oladi.
Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy va qolipli (yoki trafaretli) hujjatlar farqlanadi.
Matnning o’ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir an­dozada bo’lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, xizmat yozishmalari va shu kabilar). Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo’lsa-da, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo’ladi. Namunaviy hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bogliq bir-biriga o’xshash va ko’p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni uz ichiga oladi. qolipli huj­jatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog’ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni o’zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o’zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko’pincha «yozmok» emas, balki «to’ldirmok» so’zi ishlatiladi. Shu o’rinda aytish kerakki, hujjatlarning qolipli turlari doirasini kengaytirish - ish yuritishni takomillashtirishdagi maqbul yo’llardan biridir. Chunki bu tadbir hujjat matnlarini bir xil qilish va hujjat tayyorlash uchun ketadigan vaqt hamda mexnatni anchagina tejash imkoniyatini beradi. Qolipli hujjatlar sirasiga, masalan, ish xaqi yoki joyi xaqidagi ma’lumotnomalar, ayrim dalolatnomalar, xizmat safari guvohnomalari va boshqa ko’plab hujjatlarni kiritish mumkin.
Hujjatlar tegishlilik jihatiga kura, xizmat yoki rasmiy xujjatlar va shaxsiy xujjatlarga ajratiladi. Xizmat xujjatlari tayyorlanishiga kura, muassasa yoki man- sabdor shaxslarga tegishli bulsa, shaxsiy xujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatla- ridan tashkaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan boglik masalalarga tegishli buladi (masalan, shaxsiy ari- za, shikoyat va x.k.).
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi xam benixoya muxim. Bu jixatiga kura xujjatlar kuyida- gicha tasniflanadi: koralama; asl nusxa; nusxa; ikkinchi nusxa (dublikat); kuchirma. Aksar xujjatlar dastlab ko- ralama nusxada tayyorlanadi, bu xujjat muallifi, ya’ni tayyorlovchining kulyozma yoki kompьyuterda kuchirilgan dast- labki nusxasidir. Bu nusxa tuzatilib, kayta kuchirilishi mumkin. Aytish joizki, koralama xujjat xukukiy kuchga ega emas. Asl nusxa xar kanday xujjatning asli, birinchi rasmiy nusxasidir. Asl nusxaning aynan kayta kuchirilgan shakli nusxa deb yuritiladi, odatda, ung tomonidagi yukori burchagiga «Nusxa» degan belgi kuyiladi.
Hujjatchilikda, shuningdek, aynan (faksimil) va erkin nusxalar ham farklanadi. Aynan nusxa asl nusxaning barcha xususiyatlarini - xujjat zaruriy kismlarining joylashi- shi, mavjud shakliy belgilar (gerb, yumalok muxr, turtburchak muxr, nishon kabi), matndagi bosma, yozma xarf shakllari va shu kabilarni anik va tulik aks ettiradi, masalan, fotonus- xani yoki kompьyuterda chikarilgan nusxani shu tur xujjat- lar katoriga kiritish mumkin. Erkin nusxada esa xujjatda­gi axborot tula ifodalansa-da, bu nusxa tashki xususiyatlari jixatidan bevosita asliga muvofik kelmaydi, ya’ni erkin nusxada asl nusxadagi muxr urniga «muxr» deb, imzo urniga «imzo» deb, gerb urniga «gerb» deb yozib kuyiladi va xk. Ba’- zan muayyan xujjatga emas, balki uning bir kismiga extiyoj tugiladi. Bunday xollarda xujjatdan nusxa emas, balki ku- chirma olinadi (masalan, bayonnomadan kuchirma, buyrukdan kuchirma va xk.). Nusxa va kuchirmalar, albatta, notarius. kadrlar bulimi va shu kabilar tomonidan tegishli tartibda tasdiklangan takdirdagina xukukiy kuchga ega buladi. Asl nusxa yukolgan xollarda xujjatning ikkinchi nusxasi beri- ladi, ikkinchi nusxa asl nusxa bilan bir xil xukukiy kuchga egadir.Ma’muriy-boshkaruv faoliyatida xizmat mavkeiga kura xujjatlar xozirgi kunda, asosan, kuyidagicha tasniflani- shi mumkin: tashkiliy xujjatlar; farmoyish xujjatlari; ma’lumot-axborot xujjatlari; xizmat yozishmalari.

HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH


Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy koidalarga kura, boshkaruv xujjatlari zaruriy kismlarning belgilangan majmuiga va barkaror- lashgan joylashish tartibiga ega. Tashkiliy-farmoyish xujjatlari zaruriy kismlarining tulik ro’yhati quyidagicha:
1.Ozbekiston Respublikasining gerbi.
2.Tashkilot yoki korxonaning ramziy belgisi (emblemasi).
3.Mukofot tasviri.
4.Vazirlik yoki yuqori idoraning nomi.
5.Muassasa, tashkilot yoki korxonaning nomi.
6.Tarkibiy tarmoqning nomi.
7.Aloqa muassasasining shartli raqami (indeksi), tashkilot yoki korxona manzili, telefon raqami, faks raqami, bankdagi qisobraqami.
8.Matn sarlavhasi.
9.Sana.
10.Shartli raqam.
11.Keladigan hujjatlarning sanasi va shartli raqamiga havola.
12.Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi.
13.Hujjatni oluvchi (adresat).
14.Tasdiqlash ustxati.
15.Munosabat belgisi (rezolyutsiya).
16.Hujjat turining nomi.
17.Nazorat hakida qayd.
18.Matn.
19.Ilova mavjudligi haqidagi qayd.
20.Imzo.
21.Kelishuv ustxati.
22.Rozilik belgisi (viza).
23.Muhr.
24.Nushaning tasdiqlanishi haqidagi qayd.
25.Ijrochining familiyasi va telefon raqami.
26.Hujjatning bajarilganligi va uni hujjatlar yigmajildiga yo’naltirilganligi haqidagi qayd.
27.Kompyuterga ko’chirilganligi hakidagi qayd.
28.Hujjat kelib tushganligi haqida qayd.

Albatta, hujjatning har bir turi mazkur zaruriy qismlarning barchasini o’z ichiga olmaydi. Hujjatning muayyan turiga muvofiq ravishda bu qismlarning ayrim bir turkumi huquqiy talablarni ta’minlash darajasida ko’llanadi. Shu narsa ham muhimki, ayni qismlarning hujjatda joylashishida qat’iy tartib mavjud,


1. Agar tashkilot (korxona) belgilangan tartibda qayd etilgan tovar belgisiga ega bo’lsa (egalik huquqi guvoxnoma bilan tasdiqlanadi), bu belgidan tashkilot (korxona) hujjatlarida ramziy belgi -emblema sifatida foydalanish mumkin. Emblema tasviri hujjatning chap tomonida, tashkilot (korxona) nomi qatorida yoki tashkilot nomining yuqori qismida o’rtada quyiladi.
2. «Vazirlik yoki yukori idoraning nomi», «Muassasa, tashkilot yoki korxonaning nomi» huquqiy huj­jatlar: tashkilot ustavi yoki nizomidagi nomiga aynan muvofiq keladigan tarzda yoziladi. Tashkilotning umumiy qabul qilingan (huquqiy hujjatlarda tasdiqlangan) qisqartma nomi bo’lsa, u alohida satrda kavsga olinmay beriladi. Masalan:
«O’zbekiston milliy entsiklopediyasi», Davlat ilmiy nashriyoti UzME
3. . «Tarkibiy tarmoqning nomi» odatda faqat ichki hujjatlarda (arizalar, bildirishnoma, tushuntirish xatlari, ta’tillar grafiklari va sh.k.da) kursatiladi.
4. «Tashkilotning manzil ma’lumotlari»dan faqat yozishmalarda foydalaniladi, ichki hujjatlarda umuman quyilmaydi. Tashkilotning manzil ma’lumotlari korxonalar bilan pochta, telegraf, telefon alokalari uchun, shuningdek, banklarda pul-hisob muomalalari (hujjatda hisob- raqami ko’rsatilgan bo’ladi) o’tkazish uchun zarur bo’ladi.
Pochta va telegraf manzili Uzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining pochta koidalari talablariga muvo­fiq rasmiylashtiriladi, ya’ni aloqa bulimi raqami, respublika, o’lka, viloyat, tuman, shahar, ko’cha, uy va ofis raqa­mi ko’yiladi.
Tezkor alokalar uchun telefon, telefaks, teleks, elek­tron pochtalardan foydalaniladi.
Bank rekvizitlari fakat pul-xisob muomalalari ma- salalari buyicha xatlarda, masalan, kafolat xatlarida ku- yiladi.
5. «Matn sarlavhasi». Aksariyat hujjatlar uchun huj­jat mazmunini aks ettiruvchi qisqa va aniq sarlavha bo’lishi kerak. Tashkilot nomidan so’ng katta harflar bilan yoziladi. Masalan: «QOMUSLAR BOSH TAXRIRIYATI» NOMINI VA TUZILMASINI KAYTA TASHKIL ETISH HAKIDA». Hujjatning chap tomonidagi yuqori burchakda (ba’zi hollar­da o’rtaga) blanka rekvizitlaridan so’ng qo’yiladi.
A 5 (148x210) o’lchamidagi xujjatlarda va telegramma- larda matnga sarlavxa kuyilmasligi mumkin.
6.«Sana». Imzo chekilish sanasi, tasdiqlash sanasi, rozilik sanasi, shuningdek, matn ichidagi sanalar raqam usulida rasmiylashtiriladi. Sanalar arab raqamlarida alohida satrda ko’rsatiladi. Masalan: 2012.25.01;
2014.21.12.
7. Moliyaviy ma’lumotlardan iborat bo’lgan hujjatlar matnida sana ko’rsatilganda, so’z bilan ifodalangan sana ko’yiladi. Masalan: 2012 yil 25 yanvarь; 2013 yil 20 de­kabr
8. «Shartli raqam» («Indeks») qaydlov raqami bo’lib, har bir kelayotgan yoki chikayotgan hujjat rasmiy indekslash tizimiga muvofiq ro’yhatga olinganda qo’yiladi.
9. . «Keladigan hujjatlarning sanasi va shartli raqamiga havola». Bu rekvizit faqat yuborilayotgan javob xatlarida bo’ladi; «sana» va «shartli rakam»dan pastga ko’yiladi.
10. . «Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi». Bu zaru­riy qism pochta manzili quyilgan xatdan tashqari qar bir qujjatda bo’ladi; «sana» va «shartli rakam»dan pastga joylashtiriladi.
Uni yozishda mamlakatning ma’muriy-xududiy bulinishi e’tiborga olinadi.
11 . «hujjatni oluvchi» zaruriy qismi hujjatning o’ng burchagi yuqorisiga ko’yiladi. Hujjat tashkilot, uning tarkibiy bolinmasiga yoki aniq mansabdor shaxsga yonaltiriladi. Bunda tashkilot nomi, tarkibiy bo’linma va mansabdor shaxs lavozimi bosh kelishikda, familiyasi esa jo’nalish kelishigida ko’rsatiladi.

Download 367.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling