Reja: Tekislikni tasvirlanishi


Download 417 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi417 Kb.
#1593428
Bog'liq
1523204066 70854


Sonlar bilan belgilangan proyeksiyalar
Reja:

  1. Tekislikni tasvirlanishi

  2. Tekislikni topografik sirt bilan kesishish chiziqlarini yasash.

  3. Qurilish maydonchasidagi yer qazish ishlarini chegarasini aniqlash

Bu uslul yer (topografik) sirtni tasvirlash va turli xil yer inshoatlarini loyihalashda qo'llaniladi. Qurilishda bu uslul o'lchamlaridan biri nihoyatda kichik bo'lgan fazoviy shakillarni tasvirlashda foydalaniladi. Sonlar bilan belgilangan proyeksiyalar albatta sonli yoki chiziqli masshtab bilan beriladi.


Nuqta va to'g'ri chiziq proyeksiyalari

157- shakl
Sonlar bilan belgilangan proyeksiyalar usuli shundan iboratki, predmetning ikki yoki uch proyeksiyasi o'rniga bitta, odatda gorizontal proyeksiyasi tasvirlanadi va har bir nuqtaning yoniga uning H tekislikdan balandligini ko'rsatuvchi son yoziladi. Nuqtalarning proyeksiyalar tekisligi sifatida qabul qilingan birorta gorizontal tekislikdan olisliklarini ko'rsatuvchi sonlar bilan ta'minlangan to'g'ri burchakli proyeksiyalari sonlar bilan belgilangan proyeksiyalar deyiladi.
To'g'ri chiziqni ixtiyoriy ikkita A va B nuqtasi orasidagi gorizontal masofa (L), quyma deb ataladi. Shu nuqtalar orasidagi vertical masofa (J), esa ko'tarilish deb ataladi. Balandliklarning farqi bir birlikka (1 m. ga) teng bo' lgan ikki nuqta orasidagi gorizontal masofa (U) interval deb ataladi. Quymani ko'tarilishga bo'lgan nisbati intervalni beradi, ya'ni: U = L/J = ctga.Quymasi bir birlikka (1 m. ga) to' g'ri keladigan ko'tarilish to' g'ri chiziqning qiyaligi deb ataladi. Ko'tarilishning quymaga bo'lgan nisbati qiyalik (I) deb ataladi. I = J / L = tg a. Shunday qilib, to'g'ri chiziqning intervali qiyaliginingteskari qiymatiga tengdir, ya'ni: U = L/J.
Tekislikni tasvirlanishi

158- shakl
Sonlar bilan belgilangan proyeksiyalarda tekisliklar qiyalik masshtabi bilan beriladi.
Eng katta qiyalik chizig'ining darajalarga bo'lingan (intervali ko'rsatilgan) proyeksiyasi tekislikning qiyalik masshtabi deb ataladi.
159- shakl
Berilgan Q va P tekisliklarning kesishgan chiziqlari yasalish yoli ko'rsatilgan.
Agar berilgan tekisliklarning pasayish burchaklari (demak, intervallari) teng bo'lsa, ulaming kesishuv chizig'ining proyeksiyasi mazkur tekisliklar gorizontallari orasidagi burchakning bissektrisasi bo'ladi.
Tekislikni topografik sirt bilan kesishish chiziqlarini yasash.
R tekislikni topografik sirt bilan kesishgan chiziqlari yasalsin. Quyida chizish yollari ko'rsatilgan.

160- shakl
Qurilish maydonchasidagi yer qazish ishlarini chegarasini aniqlash
Bu ishni bajarish uchun quyida berilgan ma'lumotlardan foydalanamiz. 161- shakl

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. U. Abdullayev. “chizma geometriya va chizmachilik asoslari”.

  2. T. “O’zbekiston”. 1999.

  3. A.Abdurahmonov. “Chizmachilikdan grafik ishlar tizimi”.

  4. T. “Cho’lpon”.2005.

  5. J.Mirhamidov, G.Alaviya, H.Abidov. “Perspektiva va perspektivada soyalar”. T. “O’zbekiston”.2005.

Download 417 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling