Reja: Тemirbeton ko’priklarning qo’llanish sohasi, asosiy tizimlari va materiallari
Download 0.66 Mb.
|
mustaqil ish (3)
Armaturaning me’yoriy va hisobiy tavsiflari. Armaturaning me’yoriy qarshiligi Rs,ser sterjenli armaturalar uchun oquvchanlik chegarasining (fizik u yoki shartli 0.2), simli armaturalar uchun – uzilishdagi vaqtinchalik qarshiligi u ning eng kichik nazorat qilinadigan qiymatiga (ta’minlanganligi 0,95 dan kichik bo’lmasligi kerak) teng qilib qabul qilinadi.
Armaturaning hisobiy qarshiligi chegaraviy holatning ikkinchi guruhi uchun s= 1da o’rnatilgan. Sinfi A–IV va undan yuqori bo’lgan armaturalar bilan jihozlangan temirbeton elementlarni hisoblashda R shart bajarilganda, quyidagi ish sharoiti koeffitsiyenti kiritiladi: s6 = – ( – 1)[(2/R) – 1] , (1.4) bunda – A–IV sinfli armatura uchun s6 koeffitsiyentning maksimal qiymati = 1,2; A–V, B–II, Br–II, K–7 va K–19 sinflar uchun – =1,5; A–VI sinf uchun – = 1,1. Armaturalash usullari. Тemirbeton elementlari payvandlangan sim-to’r yoki karkaslar, alohida sterjenlardan to’qilgan armaturalar, bikir prokat profillar va boshqalar bilan armaturalanadi (1.5-rasm). Payvandlangan sim to’rlar asosan plitali konstruksiyalarda ishlatiladi. Ishchi armaturalarni joylashishiga qarab, ular uch xil bo’ladi: 1) bo’ylama ishchi armaturali; 2) ko’ndalang ishchi armaturali; 3) ikki yo’nalishda ham ishchi armaturali. Standart sim to’rlar diametri 4...5 mm bo’lgan Vr–I sinfli va diametri 6...8 mm bo’lgan A–III sinfli, hamda diametri 40 mm gacha bo’lgan A–I, A–II, A–III sinfli armaturalardan tayyorlanadi. Sim to’rlar yassi va o’ramli (rulonli) bo’ladi. O’ramli sim to’rlarning maksimal diametri 5 mm gacha bo’ladi, yassi sim to’rlarning uzunligi 9 m gacha bo’ladi. 1.5-rasm. Payvandlangan sim to’rlar Payvandlangan karkaslar chiziqli elementlarni (to’sin, ustun va sh. o’.) armaturalash uchun ishlatiladi. Ular yassi va fazoviy bo’ladi (1.6-rasm). Agar oldindan zo’riqtirilmagan ishchi armatura sifatida A–IV, A–V sinfli va termik puxtalangan armaturalar (payvandlanmaydigani) ishlatilsa, to’qilgan karkaslar qo’llaniladi. Тemirbeton va uning mohiyati. Beton anizotrop, turli xil yo’nalish bo’yicha xossalari har xil bo’lgan materialdir. Betonning anizotropligi beton va temirbeton konstruksiyalarni hisoblashda jiddiy qiyinchiliklarga olib keladi. Beton cho’zilishga sust qarshilik ko’rsatganligi sababli armaturasiz to’sin ko’p yuk ko’tara olmaydi. Agar to’sinning cho’zilish zonasiga armatura joylansa, to’sinning yuk ko’tarish qobiliyati ancha (taxminan 20 marotaba) ortadi. Siqilishga ishlaydigan temirbeton elementlari ham po’lat sterjenlar bilan armaturalanadi. Po’lat siqilishga ham, cho’zilishga ham yaxshi qarshilik ko’rsatganligi tufayli siqiluvchi elementning yuk ko’tarish qobiliyatini ancha oshiradi. Po’lat armatura joylashgan beton temirbeton deb ataladi. Тemirbetondan ishlangan qurilish konstruksiyasi temirbeton konstruksiyasi deb yuritiladi. Quyidagi sabablar beton bilan po’lat armaturaning birgalikda ishlashiga sharoit yaratadi: 1. Beton qotish jarayonida po’lat armaturaga mahkam yopishadi (tishlanadi); 1.6-rasm. Yassi payvandlangan karkaslar 2. Zich beton po’lat armaturani zanglashdan va yong’indan asraydi; 3. Po’lat bilan betonning harorat ta’sirida chiziqli kengayish koeffitsiyentlari bir-biriga juda yaqin (beton uchun b= (1…1,5)10–5 ; armatura uchun esa s= 1,2.10–5). Ana shu uchta muhim xossa tufayli temirbeton konstruksiyalarini yaratish imkoniyatiga ega bo’lindi. Ammo temirbetonning afzalliklari ham, nuqsonlari ham mavjud. Тemirbetonning quyidagi afzalliklari uning qurilishda keng tarqalishiga imkon yaratdi: o’ta mustahkamligi, ko’pga chidamliligi, olovbardoshligi, zilzilabardoshligi, mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyati, konstruksiyaga istalgan shakl berish imkoniyati. Quyidagilar temirbetonning nuqsonlariga kiradi: vaznining og’irligi; issiqlik va tovushni oson o’tkazishi; mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi; yorilishi mumkinligi; beton yotqazilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi va hokazo. Konstruktiv va montaj armaturalar konstruktiv va texnologik mulohazalarga ko’ra o’rnatiladi (1.7-rasm): konstruktiv – hisoblashda e’tiborga olinmaydigan kuchlanishlarni qabul qiladi, montaj armatura esa ishchi armaturalarni loyihaviy holatini ta’minlaydi va ularni karkaslarga birlashtiradi. Hamma armaturalar payvandlangan armaturali buyumlarga birlashtiriladi – payvandlangan yoki to’qilgan sim to’r va karkaslarga. 1.7-rasm. Тemirbeton elementlarining armaturasi: 1 – bo’ylama armatura; Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling