Reja: Тemirbeton ko’priklarning qo’llanish sohasi, asosiy tizimlari va materiallari


Download 0.66 Mb.
bet9/11
Sana23.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1047566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mustaqil ish (3)

b-c – konsollilardagi; 1 - 7 – ko’ndalang kesimlarning turli xillari
Тemir yo’l ko’priklari uchun uzunligi 16,5 m gacha bo’lgan oraliq qurilmalar, qoidaga ko’ra, zo’riqtirilmaydigan armaturali oddiy temirbetondan, zo’riqtirilgan armaturali yirik oraliqlarda esa – ihtisoslashgan zavodlar va poligonlarda turkumiy loyihalar bo’yicha yasaladi. Oraliq qurilmalarning har xil o’lchamlilarini qisqartirish uchun, ular unifikatsiyalanadi. Oraliq qurilmalarning turli detallari ham – armatura o’ramlari, to’rlari, trotuar bloklari, panjara-to’siqlari, suv qochirish detallari, tayanch qismlari, gidroizolyatsiya va hokazolar unifikatsiyalanadi. Хolbuki, butkul unifikatsiya va optimallashtirishga erishishning amalda iloji yo’qligi sababli, barcha temirbeton oraliq qurilmalar seriyalarga bo’lingandir. Тipovoy oraliq qurilmalarning asosiy tafsilotlari 2.2-2.5-rasmlarda keltirilgan.

2.2-rasm. Plitali temirbeton oraliq qurilma: a – umumiy ko’rinish;
b – bo’ylama qirqim; v – ko’ndalang qirqim
Kenglik amalda o’zgarishsiz qolmoqda, uni yangi ko’priklar uchun to’ppa-to’g’ri uchastkalarda 418 sm, almashtirishda esa – 400 (418) sm ga teng deb qabul qilmoq lozim. Bitta blok plitasining kengligini mos tarzda 208 sm yoki 199 sm ga teng deb qabul qilmoq lozim. Chaqiqtoshni uni tozalagich mashinalar vositasida mexanizatsiyalashgan tozalovi ko’zda tutiladigan temir yo’l uchastkalarida oraliq qurilma bitta bloki plitasining kengligini 257 sm ga (to’ppa-to’g’ri uchastkadagi ko’prik) hamda 279 sm ga (radiusi R > 300 m bo’lgan egrilikdagi ko’prik) teng qabul qilmoq lozim. Chaqiqtoshtozalagich mashinalarni o’tishida to’sinlararo masofa 240 sm gacha orttirilishi kerak. Ballast koritasi plitasining qalinligini kamida 15 sm (qovurg’alar aro zonada) hamda konsollarning uchlarida – kamida 10 sm qabul qilinadi. Oraliq qurilma bloki tashqi bortchasining balandligi foydalanish sharoitlariga bog’liq holda 35 sm dan 70 sm gacha o’zgaradi. Gidroizolyatsiyani to’ldirib berkitish uchun zarur bo’lgan ichki bortcha suv qochirish bir tomonlama bo’lganida ko’zda tutilmaydi.
Plitali oraliq qurilmalarning ichi kavak bloklarida qovurg’alar va tepadagi plitalar qalinligi kamida 10 sm, pastki plitalar qalinligi kamida 12 sm qabul qilinadi. Тemir yo’l ko’priklarining qovurg’ali oraliq qurilmalarida qovurg’a qalinligi unda armatura o’ramlarining mavjud emasligida kamida 12 sm va ularning mavjudligida esa kamida 15 sm bo’lishi kerak. Qutisimon oraliq qurilmalarda ushbu qalinliklar, shuningdek pastki plitalarning qalinliklari mos tarzda kamida 15 va 18 sm belgilanadi. Quyma (monolit) trotuarlarning eng kam qalinligi 8 sm, yig’ma (yechma) trotuarlarning eng kam qalinligi 6 sm. Diafragmalar va bikrlik qovurg’alarini kamida 10 sm qilib belgilamoq lozim. Zo’riqtirilmaydigan ishchi armaturalar uchun betonning himoya qatlami kamida 3 sm; zo’riqtirilmaydigan xomutlar uchun – kamida 2 sm; zo’riqtiriladigan armatura uchun – kamida 4 sm; zo’riqtiriladigan xomutlar uchun – kamida 3 sm bo’lishi kerak.
Armatura sterjenlari aro masofa quyidagicha belgilanadi: bir qatorda joylashtirishda kamida 4 sm; ikki qatorda – kamida 5 sm; armaturani uch va undan ortiq qatorda joylashtirishda – kamida ikki diametrga teng (yoki 5 sm). Armaturaning siqilishib joylashtirilishida ikki yoki uch sterjenlab tirqishsiz guruh-guruh qilish ruhsat etiladi. Bunday hollarda sof oraliq mos tarzda kamida 5…6 sm bo’lmog’i lozim. Davriy profilli armatura sterjenlari, shuningdek sterjenlarning (shu jumladan silliqlarining ham) uchlari payvandli to’rlarda uchlari bo’yicha ilmoqlarga ega bo’lmasligi mumkin. Cho’zilgan zonada joylashtiriladigan silliq sterjenlar o’z uchlarida ilmoqlarga ega bo’lmog’i lozim. Bukmalarni egiluvchi konstruksiyaning siqilgan zonasida ankerlamoq lozim. Cho’zilgan zona bo’ylama armatura sterjenlarini tayanch qism o’qi ortiga sterjenning kamida 10 diametriga teng masofaga o’tkazish zarur. Тo’sining yon sirtlariga tutashadigan chetki sterjenlarni to’sinning boshi va oxirida 90° burchakka bukmoq hamda uning tepa uchini to’sin balandligining yarmigacha davom ettirmoq lozim. Zo’riqtirilgan armatura tashqi yoki ichki ankerlarga ega bo’lishi kerak.
Plitalarning taqsimlovchi armaturasi 25 sm dan ortmaydigan qadam bilan o’rnatiladi. Plitalar ishchi armaturasining qadami 15 sm dan ortiq qilib belgilamaslik kerak. Uzlukli to’sinlar qovurg’alaridagi xomutlarning (ularning balandligiga teng tayanch oldi uchastkalaridagi) qadamini ko’pi balan 10 sm; bosh va oxirgi uchastkasining chegarasidan oraliqning ј qismigacha – ko’pi bilan 15 sm, oraliqning ј qismidan uning yarmigacha – ko’pi bilan 20 sm qabul qilmoq tavsiya etiladi. Plitali oraliq qurilmalarda to’sining boshi va oxiridan uning oralig’i 1/4 qismigacha xomutlarning qadami ko’pi bilan 15 sm, 1/4 oraliqdan uning o’rtasigacha – 25 sm bo’lishi kerak. Ayrim to’rlar bo’ylama sterjenlarining kamida 30 diametri uzunligida o’zaro ustma-ust o’tkazib tutashtiriladi. Issiq ishlov berib puxtalangan sterjenli armatura, qoidaga ko’ra, jilvirli doira vositasida choklar zonasidagi kuchlanishlarning konsentratorlarini kontakt payvandlovi yordamida bartaraf etib tutashtiriladi. Payvandli choklarning miqdori kesimning cho’zilgan zonasidagi ishchi armatura umumiy miqdorining 25% idan oshmasligi kerak.
Oraliq qurilmalar ko’ndalang kesimining yakuniy geometrik o’lchamlari, ishchi armaturaning miqdori va zo’riqtirilgan armaturaning oldindan kuchlantirish zo’riqishini, yuqorida bayon qilingan konstruktiv talablarni e’tiborga olgan holda tegishli hisob-kitoblar bilan aniqlanadi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling