Reja: Temperatura haqida tushuncha. Bosim o’lchash asboblari konstruksiyasi va ishlash pirinsipi. Suyuqlik va gazlarni modda miqdori va sarfini o’lchovchi asboblar haqida tushuncha. Suyuqlik sathini o’lchovchi asboblar kostruktiv tuzilishi va ishlash


Ko’rsatishlarni masofaga pnevmatik uzatadigan sath o’lchagich sxemasi


Download 1.65 Mb.
bet19/27
Sana09.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#262807
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
xisob

Ko’rsatishlarni masofaga pnevmatik uzatadigan sath o’lchagich sxemasi

torsionli naycha va uning ichidagi

po‘lat sterjen 4 ni buradi, burilish burchagi sath o‘zgarganda qalqovichning o‘zgaradigan og‘irlik kuchiga mutanosib. Qalqovich shunday og‘irlikka egaki, u suyuqlikka batamom cho‘kkanda, qalqib chiqmaydi. Sterjen 4 ning bo‘sh uchida pnevmoqurilma 7 ning zaslonkasi (to‘siq) 5 mahkamlangan. Torsionli naychaning sterjeni burilganda to‘siq soplo 6 ga nisbatan shu burilish burchagiga teng burchakka siljiydi. Pnevmoqurilma 7 to‘siqning burchakli siljishini ikkilamchi asbob 8 orqali o‘lchanadigan bosimning mutanosib o‘zgarishiga aylantiradi. Bosim o‘lchaydigan asbobning shkalasi 8 sath birligida darajalangan.

Suyuqlik sathni masofadan o‘lchash uchun kuch kompensasiyasi prinsipiga asoslangan, o‘zgarmas tokning 0—5 va 0—20 mA unifikasiyalangan chiqish signaliga (UB-E rusumli) yoki 20...100 kPa havo bosimiga mo‘ljallangan (UB-P rusumli) qalqovichli sath o‘lchagichlari qo‘llaniladi va qalqovichli sath o‘lchagichlarining o‘lchov chegarasi ushbu qatordan tanlanadi: 0—0,25; 0,4; 0,6; 1,6; 2,5; 4,0; 6,0; 10,0; 16,0 va 20 m. Aniqlik sinfi 0,6; 1,0; 1,6 va 2,5 bo‘lishi mumkin. Hisob- kitob operasiyalari uchun sath o‘lchagichlari asosiy xatoliklari ±1,0 dan 10,0 mm gacha bo‘ladigan qilib tayyorlanadi.

Agressiv suyuqliklar sathni o‘lchashda qalqovich korroziyaga bardosh materialdan tayyorlanadi.

Qalqovichli sath o‘lchagichlardan katta zichlikka ega bo‘lgan (azot, neon va b.) suyuqlashtirilgan gaz sathini o‘lchashda ham, 32 MPa bosimda va 400°S gacha bo‘lgan haroratda muhitni nazorat qilishda ham foydalaniladi.

Qalqovichli sath o‘lchagichlar ma’lum afzalliklarga ega: qurilma sodda, o‘lchash chegarasi katta, aniqligi etarlicha katta, agressiv muhitlar sathini o‘lchash mumkin, o‘lchashning harorat chegarasi keng. Ularni qo‘llanishni chegaralovchi kamchiliklari: idishda qalqovich borligi, metall ko‘p ketishi, kinematik qismlari borligi sababli etarli mustahkam emasligi, idishlarda bosim ostida sathni o‘lchash qiyinchiliklari.


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling