Reja: Temperatura haqida tushuncha. Bosim o’lchash asboblari konstruksiyasi va ishlash pirinsipi. Suyuqlik va gazlarni modda miqdori va sarfini o’lchovchi asboblar haqida tushuncha. Suyuqlik sathini o’lchovchi asboblar kostruktiv tuzilishi va ishlash
– rasm.Sig’imli sath signalizatorinin sxemasi
Download 1.65 Mb.
|
xisob
28– rasm.Sig’imli sath signalizatorinin sxemasi
bunker tayanchiga ko‘rsatiladigan bosim o‘lchanadi. Bu holda bosim bunkerni modda bilan to‘ldirish funksiyasidan iborat. Bir xillashtirilgan chiqish signalli bosimni (yoki kuchni) o‘lchashning zamonaviy vositalaridan foydalanish bunday idishlardagi sathni nazorat qilishga va rostlab borishga imkon beradi. Hozirgi paytda datchik sifatida nominal yuklanish 10 dan 10000 kGk gacha bo‘lgan kuchni o‘lchovchi tenzorezistorli datchiklardan foydalaniladi. O‘lchashning barcha elektrik usullari ichida sig‘imli usul ko‘proq qo‘llaniladi. Turli xil sig‘imli sath signalizatorlari sanoatda bunkerlarni, idishlarni va boshqa texnologik qurilmalarning to‘lishini signallash uchun keng qo‘llaniladi. Idishlardagi sochiluvchan moddalarning yuqori va quyi sathlarini nazorat qilish uchun bitta (BKS-2.1) yoki ikkita (BKS-2.2) sath datchiklari bilan bir komplektdagi BXS-2 bloki asosida qurilgan sath signalizatorlari (rele) o‘zini oqladi. Nazorat bloklari uchqundan xavfsiz qilib ham chiqariladi (BKS-24 turidagi). Sath signalizatorlari sifatida ulchashning rezonans sxemali (ko‘prikli emas) sig‘imli signalizatorlaridan foydalanish mumkin, masalan, ESU-1, ESU-2 va boshqa turlaridan. Bunday qurilmalarda elektrod 1 va bunker devori 2 (5.16-rasm) dan tuzilgan sig‘imli o‘zgartkich induktivlik g‘altagi L bilan birga tebranish konturini tashkil etadi. Uning rezonans chastotasi o‘zgartkich sig‘imi bilan, ya’ni sathning qiymati bilan aniqlanadi. Konturning rezonans chastotasi bilan generator G ning kuchlanish chastotasi (sathning chegaraviy qiymatiga mos kelgan) ustma-ust tushsa, R rele sinalizasiya sxemasini ulaydi. Akustik sath signalizatorlari zarrachalar o‘lchami 2 dan 200 mm gacha bo‘lgan sochiluvchan va bo‘lakli moddalarning sathini kontaktsiz avtomatik signalizasiyalash uchun qo‘llaniladi. EXO turidagi signalizator akustik o‘zgartkichdan, uzatuvchi o‘zgartkichdan va releli chiqishdan iborat. Signalizasiya oralig‘iga bog‘liq holda turli xil akustik o‘zgartkichlar qo‘llaniladi. Sathdan qaytgan impulslar generatordan kelayotgan impulslardan vaqt oralig‘ining farqi bilan belgilanadi. Keyin moslashish sxemasidan chiqish signali chiqish qurilmasiga keladi, u erda rele qurilmasini ishga tushuruvchi o‘zgarmas tokning chiqish kuchlanishi shakllanadi. Sath o‘lchashning bir qator uslub va vositalari (radioizotopli, rezonansli, konduktometrik va boshq.) mavjud bo‘lib, ular qurilmasi murakkab bo‘lganidan yoki o‘lchanayotgan muhitning tavsifiga ko‘p jihatdan bog‘liqligidan, yoki oziq-ovqat mahsulotlariga ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lganidan sanoatda amalda deyarli qo‘llanilmaydi, shunga qaramay ular yuqori metrologik xossalarga ega.
Amaliyotni o’tash jarayonida texnika xavfsizligi va o’lchov nazorat priborlari bilan tanishdim. Amaliyot jarayonida Siemens va Honeywell o’quv labaratoriya xonasi bilan tanishdim. Nazorat o’lchov asboblari va ularning konstruktiv tuzilishi va ishash prinsip haqida ma’lumotga ega bo’ldim. Jumladan tempratura, bosim, suyuqlik sathini o’lchovchi asboblar, qattiq sochiluvchan moddalarning sathini o’lchash asboblari va ularning ishlash prinsipi bilan tanishdim. Kafedramizda tashkil qilindan kompyuter traning markazi va konsol operatori bilan amaliy mashg’ulotlar o’tkazdim. Kompyuter traning markazida texnika xavfsizliging asosiy qoidalari to’g’risida malumotlar berildi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling