Reja: Temperatura haqida tushuncha. Bosim o’lchash asboblari konstruksiyasi va ishlash pirinsipi. Suyuqlik va gazlarni modda miqdori va sarfini o’lchovchi asboblar haqida tushuncha. Suyuqlik sathini o’lchovchi asboblar kostruktiv tuzilishi va ishlash


SOCHILUVCHAN MODDALAR SATHINI O‘LCHASH


Download 1.65 Mb.
bet25/27
Sana09.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#262807
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
xisob

SOCHILUVCHAN MODDALAR SATHINI O‘LCHASH

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda turli shakldagi va hajmdagi idishlardagi sochiluvchan moddalar sathni o‘lchash — suyuq moddalar sathni nazorat qilishga nisbatan ancha murakkab masaladir. Bu sochiluvchan moddalarning idishlarni to‘ldirishda va bo‘shatishda gorizontal sirtga ega bo‘lmay, balki sochiluvchan moddaning zarrachalari orasidagi ishqalanish va ma’lum bir ilashish natijasida qiyaliklar hosil qilishi bilai bog‘liq. Sochiluvchan

27– rasm.Membranali sath signalizatorining sxemasi

muhitlarning idish tubiga va devorlariga bosimi sathning

balandligiga mutanosib emas, chunki sochiluvchan materiallarga Paskal qonuni ta’sir etmaydi. Ko‘pchilik

sochiluvchan materiallar (ayniqsa sement, qum, selitra, shakar, un, tuz va shularga o‘xshash) saqlashda sochiluvchanligini yo‘qotadi, ya’ni yopishuvchanlik xossasiga ega bo‘ladi. Bulardan tashqari, ular idishlarning sirtiga va sath o‘zgartkichlari sezgir elementlariga yopishishi mumkin, bu esa yopishqoqlik bilan birga materialning qiya va ba’zi hollarda vertikal tekisliklarda osilib turishiga olib keladi. Ba’zi sochiluvchan moddalarning (bug‘doy, tuz va boshqalar) abrazivligi bunkerlarda o‘rnatiladigan sath datchiklarini tez ishdan chiqaradi, uyumli moddalar esa ularni mexanik shikastlantirishi mumkin.

Bir qator sochiluvchan moddalar (tuz, un, konsentrlangan ozuqalar, oltingugurt va boshqalar) idishlarda muvozanatli, oson alangalanuvchan, ma’lum sharoitlarda esa portlash xavfi bo‘lgan changni hosil qiladi. SHuning uchun elektr sath o‘lchagichlar, faqat portlash xavfi bo‘lmaydigan hollarda qo‘llanilishi mumkin.

Sochiluvchan muhitlarni o‘lchash sharoitlarining va tavsiflarining turlichaligi sochiluvchan materiallar sathini o‘lchaydigan asboblarning katta nomenklaturasini belgilaydi: mexanik, kontaktli-mexanik, vaznli, qalqovichli, elektrik, radioizotopli, ultratovushli va boshq. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, suyuk muhitlarning sathni o‘lchovchi yuqorida qarab chiqilgan bir qator asboblardan sochiluvchan moddalarning sathini o‘lchash uchun foydalanish mumkin. Biroq sochiluvchan moddalar sathini nazorat qiluvchi ommaviy chiqarilgan asboblar sanoatda TJABT ni joriy qilishda vujudga keladigan barcha xilma-xil vazifalarni hal qila olmaydi.

Membranali sath o‘lchagichlar sochiluvchan yopishmaydigan moddalarning chegaraviy sathlarini o‘lchash va signal berishda keng tarqalgan. Bunker devoriga mahkamlanadigan sochiluvchan modda sathini membranali signallovchida (5.15 - rasm) sochiluvchan moddalarning bosim kuchi qattiq metall disk 2 li rezinalangan matodan qilingan egiluvchan membrana 1 ga ta’sir qiladi va prujina 3 ning kuchini engib, uni siljitadi. Bu siljish korpus 5 ning ichida joylashgan mitti almashlab ulagich 4 ning elektr kontaktlarining ulanishiga olib keladi. Kontaktlar membrana ustidagi sochiluvchan kontaktli yoki kontaktsiz ulagichga ta’siri prinsipida ishlaydi.

Kontaktli — mexanik (mayatnikli) sath signalizatorlari idishga tushayotgan sochiluvchan moddalarning ta’siri ostida sezgir elementning (sharnirli yoki egiluvchan osma ko‘rinishda ishlangan plastina yoki qalqovich) va uning kontaktli yoki kontaktsiz ulagichga ta’siri prinsipi bœyicha ishlaydi.



Vaznli sath o‘lchagichlari sochiluvchan moddalarning bunkerga solinishi va undan to‘kilishi bir me’yorda bajariladigan hollarda ishlatiladi. O‘zgartkich sifatida turli vaznli qurilmalar qo‘llaniladi. Vaznli sath o‘lchagichlarda o‘zgartkich sifatida

messdozalar ishlatilishi mumkin. Bu erda,




Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling