Reja: Test mazmunini tanlashning umumiy tamoyillari. Kognitiv va affektiv ta’lim maqsadlari taksonomiyalari


O‘zbekiston Respublikasida test Testlari tizimi


Download 29.59 Kb.
bet3/3
Sana04.05.2023
Hajmi29.59 Kb.
#1425206
1   2   3
Bog'liq
2-mustaqil ish

O‘zbekiston Respublikasida test Testlari tizimi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 11-martdagi “Respublika oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-361-sonli farmoni mamalakatimiz oliy ta’lim muassasalariga qobiliyatli yoshlarni tanlab olish sohasida ta’limdagi tub islohotlarni boshlab berdi.
Dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test Testi asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq 1992-yil 9-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilish bo‘yicha eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” gi 181-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilish bo‘yicha eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish belgilandi va 1992-yil 15-apreldan Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abiturientlar tanlash bo‘yicha Respublika markazi tashkil etildi. Markaz zimmasiga oliy o‘quv yurtlariga talabalar tanlab olish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish va oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirayotgan yoshlar uchun yagona mezonlar joriy etish, qabul va test texnologiyasi qoidalarini, eng qobiliyatli yoshlarni qidirib topish metodlarini ishlab chiqish kabi vazifalar yuklatildi.
1993-yilda 46 ta oliy ta’lim muassasalarining 19 tasida tajriba tariqasida test Testlari o‘tkazildi.
1994-yil 14-maydagi 258-sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to‘g‘risida” gi qarori bilan Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abiturientlar tanlash bo‘yicha Respublika markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga aylantirildi.
Davlat test markazi zimmasiga oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test Testlarini tashkil etish va o‘tkazish yuklatildi.
1994-yildan boshlab oliy o‘quv yurtlarida abiturientlarni bilimlariga baho berishning test usulini qo‘llagan holda tanlash amaliyotga joriy etildi.
O‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test Testlari natijalari bo‘yicha abiturientlar tanlash 1994-yilda ayrim o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga, 1995-yildan boshlab esa — idoraviy bo‘ysunishidan qat’i, nazar barcha o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga joriy etildi.
2017-yil 17-iyulda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 508-sonli qarori qabul qilindi.
Test tizimi 1992-yilda ikki variantli modellari hamda cheklangan hajmdagi test materiallaridan tashkil topgan universal savollar kitobchasi bilan boshlangan edi.
1992-yilda testlar ikki variantli (A, B) bo‘lib, ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, tabiiy fanlar-fizika, geografiya, kimyo, xorijiy tillar bo‘yicha 50 tadan savollardan tashkil topgan. Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishiga qarab 3 tadan fanni tanlaganlar.
1993-1994-yillarda testlar ikki variantli (A, B) bo‘lib, kunduzgi va kechki bo‘limlar uchun ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, xorijiy tillar bo‘yicha 48 tadan savollar, tabiiy fanlar-fizika, geografiya, kimyo bo‘yicha 72 ta savollardan tashkil topgan.
1995-yilda testlar 3 variantli (A, B, C) bo‘lib, ona tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya, istoriya, geografiya, xorijiy tillar, o‘zbek tili, rus tili bo‘yicha 36 tadan savollardan tashkil topgan. Kam miqdordagi variantda yetarlicha cheklangan hajmdagi test materiallaridan foydalanish bilimlar darajasini baholash, aniqlashda xolislik va muvofiqlik, moslikni ta’minlay olmadi, maxfiylikni muhofaza qilish tartibini murakkablashtirdi.
1996-yilda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari qabuli jarayonidagi test Testlarida test topshiriqlari variantlarini ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ta’lim tillari bo‘yicha kompyuter yordamida generatsiyalash (tuzish)ga asoslanuvchi yangi, ko‘pvariantli test tizimi yaratildi va qo‘llanildi. Ushbu test tizimidan hozirgi kunda ham foydalanilmoqda.
2009-yilda 80 ta har bir tipdagi savollar kitobi uchun 30 tadan variant joriy etildi.
2010-yilda har bir abituriyent uchun individual variantli test tizimiga o‘tish amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq har yili quyidagi tadbirlarni amalga oshirishda test Testlari o‘tkaziladi:
1.Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish uchun;
2.Muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning bilim saviyasini aniqlash uchun;
3.Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish uchun;
4.Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan maktab-internatlarining 5-sinfiga qabul qilish uchun;
5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlarini aniqlash uchun;
6.Respublika fan olimpiadalarining 4-bosqichi g‘oliblarini aniqlash uchun;
7.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi magistraturasiga qabul qilish uchun;
8.Toshkent tibbiyot akademiyasining harbiy-tibbiyot fakultetiga tanlov uchun.
Xulosa: IELTS (International English Language Testing System) xalqaro ingliz tili test tizimi o’tkazish tartibini o’ziga xosligi, Rossiya Federatsiyasining Yagona davlat imtihoni (EГЭ) nazorat o’lchov materiallari va O ' zbekiston Respublikasida test tizimi tarixini o’rganib ularning tuzilish haqida ma’lumotga ega bo’ldik.
Download 29.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling