Reja: Tibbiyot masalarini yechishda amaliy dasturiy taʼminot
Download 31.55 Kb.
|
1-dars lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Standart va xizmatchi dasturlar bilan ishlash. Paint va Word dasturida amaliy topshiriqlarni bajarish. Amaliy
- - Software
- Operatsion tizim vazifalariga quyidagilar kiradi
- Windows
- Windows dasturining tashqi ko‘rinishi. Windows
- Windows yordamida oynalarni boshqarish. Windows
- Paint
Amaliy mashg`ulot. Mavzu: Tibbiyot masalarini yechishda amaliy dasturiy taʼminot. Windows operatsion tizimida ishlash asoslari. Standart va xizmatchi dasturlar. REJA: Tibbiyot masalarini yechishda amaliy dasturiy taʼminot. Windows operatsion tizimida ishlash asoslari. Fayl va papkalar bilan ishlash. Standart va xizmatchi dasturlar bilan ishlash. Paint va Word dasturida amaliy topshiriqlarni bajarish. Amaliy dasturiy ta’minot (Software yoki qisqacha DT) - kompyuter bilan foydalanuvchi o’rtasidagi muloqotni unumli tashkil etish uchun ishlatiladigan dasturlar to’plamidir. Boshqacha qilib aytganda, dasturiy ta’minot hisoblash tizimi tomonidan bajariladigan dasturlar to’plamidir. Kompyuter xotirasida saqlanayotgan dasturlar to’plami uning dasturiy ta’minotini tashkil etadi. Kompyuterda ishlash uchun o’rnatilib, tayyorlangan dasturlar to’plami o’rnatilgan dasturiy ta’minot deyiladi. - Dastur – kompyuter uchun buyruqlarni tartibli va ketma- ketligi bajaruvchiga. - Hardware (qattiq qism) – kompyuter qurilmalari. - Software (yumshoq qism) – kompyuterning dasturiy ta’minoti. - Disk – ma’lumot saqlanadigan qurilmaning umumiy nomi. - Lokal disklar – kompyuter asosiy hotirasining ajralgan bo’laklari. - Fayl – ma’lumotning biror turdagi ko’rinishi. - Papka – fayllarni saqlovchi katalog. - Yorliq – fayl yoki papka manziliga yo’naltirilgan belgi. Operatsion tizim — kompyuter dasturiy ta’minotining eng muhim qismidir. U dasturlarni ishga tushirilishini, kiritish-chiqarish operatsiyalarini, boshqa yordamchi operatsiyalarni, ma’lumotlarni va resurslarni boshqarish, rejalashtirish, tashkil etish masalalarini avtomatlashtirish vazifasini bajaradi Operatsion tizim vazifalariga quyidagilar kiradi: Foydalanuvchi muloqotini ta’minlash; Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish va ularni boshqarish; Qayta ishlash j arayonini rejalashtirish va tashkil etish; Resurslarni taqsimlash (operativ xotira, kesh xotira, protsessor, tashqi qurilmalarni); Dasturlarni bajarish uchun ularni ishga tushirish; Xizmat ko’rsatish bo’yicha turli operatsiyalarni bajarish; Turli xil ichki qurilmalararo ma’lumotlarni uzatish; Periferiya qurilmalari ishini dasturiy qo’llab-quvvatilash. Kompyuterlarda keng tarqalgan operatsion tizim Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Windows__dasturining_tashqi_ko‘rinishi.____Windows'>Windows'>Windows («Uindouz» deb o‘qiladi) operatsion tizimidir va u shu qadar ko‘p xizmat turlarini taklif qiladiki, uni yana Windows muhiti deb ham atashadi. «Window» so‘zi ingliz tilida «deraza, darcha, oyna, tuynuk» degan ma’noni anglatadi va bu nomda Windowsda bir vaqtda bir nechta dasturlar ekrandagi o‘z oynalarida bir-biridan mustaqil ravishda ishlay olishiga urg‘u berilgan. Bu esa, bundan 20 yil oldin, Windows operatsion tizimi yaratilgan paytda kompyuterlarda uning barcha resurslari bitta dastur tomonidan butunlay egallab olinadigan boshqa operatsion tizimlarga nisbatan oldinga tashlangan ulkan qadam edi. Windows dasturining tashqi ko‘rinishi. Windows dasturi ishga tushganda monitor ekranida uning Ish stoli (Rabochiy stol) paydo bo‘ladi va u ekranni to‘liq egallaydi. Ish stolini uch qismga ajratish mumkin: Ishchi soha (Rabochaya oblast), Masalalar satri (Stroka zadach), Pusk (Boshla) tugmasi. Ish stoli (Rabochiy stol) da yangi papka yaratish uchun ekranning bo‘sh qismiga sichqonni o‘ng tugmasi bosiladi. Hosil bo‘lgan oyna menyularidan sozdat va Papka bo‘limi tanlanadi. Windows yordamida oynalarni boshqarish. Windows yordamida biror dasturni, masalan Paint grafik muharrirni ishga tushirish uchun Pusk (Boshla) tugmasi ustiga sichqonni olib kelib, chap tugmasini bosish bilan uni tanlaymiz (yoki klaviaturadagi Ctrl va Alt tugmalari orasidagi Windows tugmasini bosamiz) va Windowsning menyusiga kiramiz, undan Vse programmы (Barcha dasturlar) bandini tanlab, yana sichqonning chap tugmasini bosamiz. Hosil bo‘lgan dasturlar ro‘yxatidan Standartnыe (Standart dasturlar) bandiga sichqon orqali kursorni olib kelsak, standart dasturlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Bu ro‘yxatdan Paint bandi ustiga sichqonni olib kelib, chap tugmasini bosamiz. Natijada ekranga yangi papka paydo bo‘ladi va unga biror nom beriladi. Fayl – ma’lumotning biror turdagi ko’rinishi. Unga nom berishda kiril, lotin, sonlar, belgilar (\, /, :, *, ?, ", <, > lardan tashqari) dan foydalanib, belgilar soni 255 dan ortmaydigan qilib nom berishimiz mumkin. Fayllarni juda ko’p kengaytmalari mavjud. Masalan: pdf , doc, xls, html, exe, rar , zip , lnk va boshqalar. Download 31.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling