Reja tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi
Mijozning bandlik darajasi va yashash sharoiti
Download 404.99 Kb. Pdf ko'rish
|
4. Mijozning bandlik darajasi va yashash sharoiti iste’mol
krediti talabnomasini qondirishning yana bir muhim omilidir. Mijoz mazkur ish bilan faqatgina bir necha oy band bo‘lsa va yashash joyda qisqa vaqt ichida turgan bo‘lsa, kredit mutaxassisi bunday mijozga kredit berishni rad qilishi mumkin. 5. Qarzni to‘lash bosqichlari tahlil qilinganda, mijozning yillik va oylik daromadi aniqlanadi. Buning ma’nosi shuki, kredit mutaxassisi qarzning har bir qismini o‘z vaqtida to‘liq qaytarilishini ta’minlash uchun mijozning xatti-harakatini nazorat qiladi va bu bilan mijozning o‘z mablag‘larini boshqarish qobiliyatini o‘rganadi. 6. Bank kreditini qaytarish omillaridan biri, kreditning ta’minlanganligidir, ya’ni mijozga tegishli uy, bino, inshootning mavjudligidir. Bundan tashqari, telefonning mavjudligi ham biron bir muammo paydo bo‘lganda, bankka mijoz bilan xarajatsiz bog‘lanish imkoniyatini beradi. Barcha omillar ichida eng asosiysi, mijoz ma’lumotlarining to‘laqonliligi, mijozning samimiyligi va rostgo‘yligidir. CHunki mijoz o‘zining sog‘lig‘i, kelajakdagi banddigi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumot bersa, bank bundan katta zarar ko‘rishi mumkin. SHuning uchun iste’mol kreditlaridan kutiladigan yo‘qotishlarni kamaytirishning asosiy vositasi likvid garov va kafolatlarning mavjudligidir. Kredit talabnomasining quyidagi ko‘rsatkichlari sifat indikatori bo‘lib xizmat qiladi. Bular mijozning: • mijozning faoliyat sohasi, mashg‘ulot turi; • yoshi, oilaviy ahvoli; • uy-joy bilan ta’minlanganligi; • kredit bo‘yicha reyting bahosi; • faoliyati va uning davomiyligi; • so‘nggi manzilda yashash muddati; • telefoni; • qaramog‘idagi shaxslar soni; • bankdagi hisob varaqlari raqami; • daromad darajasi. Jahon bank amaliyotida kredit mutaxassisi kredit talabnomasini tahlil qilishda kredit skoringi tizimidan foydalanadi. Mazkur tizim kredit talabnomasining har bir bandiga alohida baho berishga asoslangan. Hozirgi vaqtda jahon bank amaliyotida kredit talabnomasini baholashda ball tizimining quyidagi shkalalari qo‘llanilmoqda. Download 404.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling