Reja tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi


Ssuda hisob varag‘idan kredit berish va qaytarish tartibi


Download 404.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana08.04.2023
Hajmi404.99 Kb.
#1341232
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Ssuda hisob varag‘idan kredit berish va qaytarish tartibi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Tijorat Banklari alohida bir kredit muassasa singari 
o‘zining kredit siyosatiga ega. YA’ni har bir bank o‘zining bo‘sh to‘rgan mablag‘larini 
o‘zi xoxlagan yo‘nalishga, ko‘proq daromad olishga yo‘naltiradigan bo‘ldi. 
Mijoz ssuda olish uchun bankka belgilangan tartibda hujjatlar paketini 
rasmiylashtirib topshirganidan keyin kredit kommisiyasining qaroriga ko‘ra kredit 
berish lozim deb topillib, bank va kredit oluvchi o‘rtasida imzolangan kredit 
shartnomasiga asosan mijozga kredit beriladi. Buning uchun mijozga alohida ssuda 
hisobvarag‘i ochiladi. 
Ushbu hisobraqamining debetida mijozlarga ssudalar beriladi. Bank tomonidan 
berilgan ssudalar qaytarilganda yoki muayyan ssudaning maqomi o‘zgarishi 
munosabati bilan boshqa turga o‘tkazilayotganda va ushbu ssudalar bo‘yicha ko‘rilgan 
zarar qoplanayotganda tegishli ssuda hisob raqamlari kreditlanadi. 
Berilgan ssudalar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar uchun zahiralar 
bankning harajatlari hisobidan yaratiladi. Ushbu zahiralar qarzdorning moliyaviy holatini 
berilgan ssudaning ta’minlanganligi va qaytmaslik risklari baholash natijasida 
yaratiladi. 
Demak, banklarda ssuda operatsiyalarini olib borish uchun quyidagi ssuda 
hisobraqamlari ochiladi. 
12100-boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli ssudalar.
12300-hukumatga berilgan qisqa muddatli ssudalar.
12500-jismoniy shaxslarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan shaxslar 
beriladigan qisqa muddatli ssudalar
12100-davlat korxonalariga berilggan qisqa muddatli ssudalar. 
12900-qo‘shma korxonalarga berilgan qisqa muddatli ssudalar. 
13100-xycycuy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan qisqa 
muddatli ssudalar. 
Bu asosiy hisobvaraqlarning debet tomonida tegishli bank korxona, tashkilot, 
jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, kredit tomonida ularning 
qaytarilishi aks etadi. YUqoridagi hisobvaraqlarning barchasi bir qator sub 
hisobvaraqlarni o‘z ichiga olib, ularda muddatli, muddati o‘tgan, qayta ko‘rilayotgan 
ssudalar bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritiladi. 
Agar xarid qilingan tovarning haqini darxol to‘lash lozim bo‘lsayu, lekin
buning uchun firmaning o‘z mablag‘i etmasa, bunday hollarda firmada bir martalik 
qarz mablag‘lariga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu ehtiyojni qondirish uchun “kredit 
liniyasi ochilmagan” ssuda hisob varag‘idan foydalaniladi. Bunday hisob varaqdan 


kredit berish bir marta ssuda berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday ssudaning 
har biri bo‘yicha bank alohida qaror qabul qiladi. 
Korxona va tashkilotlarga yoki alohida olingan jismoniy shaxslarga ssuda hisob 
varag‘i ochilgandan so‘ng ular bo‘yicha ssudaning berilishi va qaytarilishi bo‘yicha 
operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Har bir ssudaning berilishi kredit kommisiyasi 
farmoyishi asosida amalga oshiriladi, ya’ni kredit bo‘limi bo‘limiga mijozga ssuda 
berish to‘g‘risidagi farmoyishini hisob operatsion bo‘limi mas’ul ijrochilariga beradilar. 
Mas’ul ijrochilar farmoyishda ko‘rsatilgan rekvizitlar asosida ssuda berish bo‘yicha 
buxgalteriya provodkalarini bajaradilar. Ssuda hisobvaraqlarining o‘zi muddatli, muddati 
o‘tgan, qayta ko‘rilayotgan kabi ssudalar bo‘yicha alohida yuritiladi. 
O‘uyida biz xususiy korxonalarga va nodavlat korxonalarga ssuda berish 
provodkalari bilan tanishib chiqamiz. 
Xususiy korxonalarga va nodavlat korporatsiyalariga berilgan „qisqa muddatli 
ssudalar” nomli balans hisob raqami ochiladi. Bu hisobraqam bir qator subhisob 
raqamlarni o‘z ichiga oladi. 
13101-“Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan qisqa 
muddatli ssudalar.” 
13105- “Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan muddati 
o‘tgan ssudalar.” 
13109- “Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan qisqa 
muddatli, shartlari qayta ko‘rib chiqiladigan ssudalar.” 
Ssuda berilayotganda korxonaning hisob-kitob hujjati to‘lanayotgan bo‘lsa, pul 
o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatgan korxona hisob varag‘iga 
ssuda summasi o‘tkaziladi. Pul tushirilishi lozim bo‘lgan korxonaga boshqa bank bo‘limi 
xizmat ko‘rsatsa ssuda summasi ssuda berayotgan bankning vakillik hisob varag‘i 
orqali tegishli bankga o‘tkaziladi. 
Ssuda berayotganda quyidagi buxgalteriya provodkasi amalga oshiriladi. 

Download 404.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling