Reja: Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi. Banklarning passiv operatsiyalari, ularning turlari. Tijorat banklari passiv operatsiyalarining balansda joylashishi
Download 116.38 Kb.
|
4-mavzu Bank passivlari
K1 = RK / TAUS. 2019 yil 1 yanvardan boshlab banklar tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi kapitalni konservatsiya qilish buferini hisobga olgan holda K1 ning eng kichik darajasini 0,13 (13,0 foiz) miqdorida ta’minlashlari shart. Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi qo‘shimcha zaxiradan iborat. Bunday zaxiradan maqsad banklar tomonidan moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik davrlarida zararlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan kapital zaxirasining ta’minlanishini kafolatlash hisoblanadi. I darajali kapitalning monandlik koeffitsiyenti K2 = I darajali kapital/TAUS sifatida aniqlanadi. Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi barcha aktivlarning 3,0 foizi sifatli I darajali kapital bo‘lishini hisobga olgan holda K2 koeffitsiyenti 2017 yilning 1 yanvaridan 0,095 (9,5 foiz) va 2019 yilning 1 yanvaridan 0,10 (10,0 foiz) miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim. I darajali asosiy kapitalning monandlik koeffitsiyenti K3 = I darajali asosiy kapital/TAUS sifatida aniqlanib, uning eng kichik miqdori 0,075 (7,5 foiz)dan kam bo‘lmasligi kerak. 2019 yil 1 yanvardan boshlab K3 ning eng kichik darajasini 0,08 (8,0 foiz) miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim. Banklar 2015 — 2018 yillarda soliqlar to‘langandan so‘ng qoladigan sof foydadan ajratmalar ajratish orqali quyida keltirilgan ko‘rsatkichlardan kam bo‘lmagan miqdorda kapitalni oshirish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishlari lozim. 5-jadval
Kapitalning monandlik darajasi talablari bilan bir qatorda banklar I darajali kapitalni nomoddiy aktivlarni chegirib tashlangan holda nazarda tutilgan aktivlar qo‘shilgan umumiy aktivlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadigan leveraj koeffitsiyentiga rioya etishlari kerak: K4 = I darajali kapital / (Umumiy aktivlar + Balansdan tashqari vositalar+Hosilaviy (derevativ) vositalar — (nomoddiy aktivlar+birlashmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kapitaliga barcha investitsiyalar summasi, shu jumladan bunday xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kapitalini tashkil qiluvchi qarz majburiyatlari+boshqa banklarning kapitaliga qilingan investitsiyalar)) Leveraj koeffitsiyentining eng kichik darajasi 0,06 (6 foiz)ga teng. Leveraj koeffitsiyentini hisoblashda kelgusida balans aktivlarida aks etishi ehtimoli bo‘lgan bank balansining «Ko‘zda tutilmagan holatlar» hisobvaraqlaridagi aktivlar ham hisobga olinadi. Bularga kapitalni monandligini hisoblashda qo‘llaniladigan aktivlar kiradi. Balansdan tashqari aktivlar leverajning asosiy manbasi hisoblanadi. Shuning uchun banklar leveraj koeffitsiyentini hisoblashda yuqorida qayd etilgan balansdan tashqari aktivlarni, kreditning qayta hisoblash omilini (100 foiz) qo‘llagan holda, quyidagi ikki holatdan tashqari, hisoblashlari lozim: xosilaviy (derevativ) operatsiyalar kapital monandligini hisoblashda foydalaniladigan «tavakkalchilikka dastlabki moyillik»ka muvofiq o‘tkazilishi; bank har doim o‘zi tomonidan so‘zsiz bekor qiladigan barcha majburiyatlar uchun 10 foizlik kreditning qayta hisoblash omilini qo‘llashi lozim. 6-jadval Bank tizimi jami kapitali monandlilik darajasi3
3.Quyidagi shartlarning barchasiga muvofiq bo‘lgan, qo‘yilgan pul mablag‘lari omonatdir (depozitdir): mijozning talabiga binoan yoki muddat o‘tganidan keyin foizlar yoxud boshqa daromadlar bilan yoki ularsiz yoxud omonatchi yoki uning vakolatli vakili va pul mablag‘larini qabul qiluvchi bank o‘rtasida, kelishilgan shartlar asosida qaytarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari; subordinar qarzga, egalik qilish huquqlariga yoki xizmatlariga, shu jumladan sug‘urta xizmatlariga taalluqli bo‘lmagan pul mablag‘lari; pul mablag‘larini qabul qiluvchi bankning tegishli hujjati bilan yozma shaklda tasdiqlangan pul mablag‘lari. Pul mablag‘larini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanishga faqat banklar haqli. Xalqaro bank amaliyotida jalb qilingan resurslar ularni yig‘ish usuliga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: depozitlar; nodepozit resurslar. Jalb qilingan mablag‘larning asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi. Banklar maqsadlarini amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qiladilar. Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, balki bankka ham manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo‘jalik subyektlarini qulay shartlar asosida kreditlaydi. Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi hisoblanadi. Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag‘larini bankka jalb qilish bilan bog‘liq operatsiyalar depozit operatsiyalari deyiladi. Depozit operatsiyalari yordamida tijorat banklarining 90 foizdan ortiq passivlari tashkil qilinishi mumkin Depozit operatsiyalarning subyektlari bo‘lib bir tomondan tijorat banklari qatnashsa, ikkinchi tomondan: - davlat korxona va tashkilotlari; - moliya, sug‘urta, investitsion va trast kompaniyalar; - xususiy korxona va tashkilotlar; - banklar va boshqa kredit muassasalari; - qo‘shma korxonalar, kooperativlar; - jamoa tashkilotlari va fondlar; - alohida jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari qatnashadilar. Depozit operatsiyalarining obyekti ehtiyojdan ortiqcha pul mablag‘lari (qo‘yilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil qilishning asosi bo‘lib, balans likvidliligi, mijozlarning moliyaviy ahvolining barqarorligidir. Depozit operatsiyalari tijorat banklarining depozit siyosatini amalga oshiriladi. Pul qo‘yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar quyidagilarga bo‘linadi: yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar); jismoniy shaxslar. Mablag‘larni olish shakliga ko‘ra depozitlar quyidagilarga bo‘linadi: muddatli depozitlar; talab qilib olingunga qadar depozit mablag‘lar; aholining jamg‘arma qo‘yilmalari. Tijorat banklarining nodepozit operatsiyalari deb, tijorat banklrining yirik pul bozorlaridan pul mablag‘larini jalb qilish, qimmatli qog‘ozlar, veksellarni, obligatsiyalar vositasini muomalaga qo‘yish yo‘li bilan mablag‘larni jalb qilish sohasidagi operatsiyalariga aytiladi. Jahon banki amaliyotida tijorat banklariga mablag‘larni jalb qilishning keng tarqalgan nodepozit shakllari ham mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: - banklararo bozordan qarz olish; - qimmatli qog‘ozlarni qaytib sotib olish sharti bilan sotish; - bank akseptlarini sotish; - tijorat qog‘ozlarini chiqarish; - yevro-dollarlar bozoridan qarz olish va v.b. Respublikamiz bank amaliѐtida depozitlar quyidagicha turkumlanadi: talab qilib olinguncha depozitlar; muddatli depozitlar; jamg‘arma depozitlar. 7-jadval Bank tizimi faoliyatida jalb qilingan jami depozitlar to‘g‘risida ma’lumot4
Talab qilib olinguncha depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega: - depozitning bu turida xohlagan vaqtda, xohlagan summada mablag‘ni qo‘yish ѐki olishi mumkin; - depozit muddati chegaralanmagan; - kam miqdorda foiz to‘lanadi va h.k. Tijorat banklarida jalb qilingan mablag‘lar tarkibida talab qilib olinguncha depozitlar turlicha hajmga ega. Bu odatda, bank resurslarini shakllantirishning eng arzon manbaidir. Muddatli depozitlar - bu banklar tomonidan ma’lum muddatga jalb qilinadigan depozitlardir. Bu turdagi depozitlar qo‘yilgan muddatda o‘zgarmas bo‘lishi lozim va ular joriy to‘lovlar uchun ishlatilmaydi. Muddatli depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega: –aniq muddatga ega va ular bo‘yicha o‘zgarmas (depozit siѐsatida ko‘rsatilgan) foiz to‘lanadi; –joriy hisob-kitoblar uchun foydalanilmaydi; –mijoz tomonidan muddatidan oldin olinmasligi lozim, aks holda foiz to‘lash bo‘yicha shartnoma shartlari bekor qilinadi va talab qilib olinguncha depozit miqdorida foiz to‘lanishi mumkin; –mablag‘lar sekin aylanadi, uzoq muddatli ssudalarga yo‘naltiriladi va h.k. Jamg‘arma depozitlari aholi pul jamg‘armalarining to‘planishi uchun xizmat qiladi. Jamg‘arma depozitlarga pul mablag‘larini jamg‘arish ѐki saqlash maqsadida shakllantirilgan qo‘yilmalar kiradi. Ularning maxsus xususiyatli tomonlari saqlashning rag‘batlantirilishi va yuqori daromadlilik darajasi, ma’lum davr ichida jamg‘arila borishi kabilar hisoblanadi.
mlrd.so‘m
Aholi pul jamg‘armalari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni. Aholi omonatlarini kafolatlashning huquqiy asoslari. Aholi omonatlarini kafolatlashning huquqiy asosini «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni (2002 yil 5 aprel) tashkil etadi. Fuqarolarning banklardagi omonatlari kafolatlash ob’yekti hisoblanadi. Fuqarolarning banklardagi, qonun hujjatlari bilan kafolatlashning alohida tartibi nazarda tutilgan omonatlarida turgan, fuqarolarning banklar ishonchli boshqaruviga topshirilgan, taqdim etuvchiga to‘lanadigan hisobvaraqlarda saqlanayotgan, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarning hisobvaraqlariga qo‘yilgan,mazkur bank yoki uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarni ta’minlash uchun fuqarolarning banklardagi garovda turgan omonatlariga qo‘yilgan, banklarning chet ellardagi filiallariga qo‘yilgan pul mablag‘lari kafolatlash ob’ekti hisoblanmaydi. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tuziladi.Fond faoliyatining maqsadi bankning bank operatsiyalarini o‘tkazish huquqini beruvchi litsenziyasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chaqirib olingan taqdirda fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lanishini ushbu Qonunda nazarda tutilgan shartlarda va miqdorda kafolatlashdan iboratdir. Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha Fondning haq to‘lanishini kafolatlashi bank qayta tashkil etilganligi munosabati bilan litsenziya chaqirib olingan hollarga taalluqli emas.Fond yuridik shaxs hisoblanadi va banklar bilan yozma ravishda tuziladigan bitimlar asosida faoliyat yuritadi.Fondning mol-mulki banklarning majburiy badallari, mablag‘ qo‘yilishidan olingan daromadlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan shakllantiriladi.Fondning pul mablag‘lari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida saqlanadi. Fondning o‘z mablag‘larini davlat qimmatli qog‘ozlariga va boshqa aktivlarga qo‘yishdan olgan daromadlari soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi.Fondni boshqarish Fondning kuzatuv kengashi va Fondning ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi. Fond moliyaviy yordam ko‘rsatish va xayriya faoliyati bilan shug‘ullanishi, shuningdek yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishi mumkin emas. Bir yo‘la to‘lanadigan va kalendar badallar banklarning Fondga to‘laydigan majburiy badallaridir. Bankning Fondga bir yo‘la to‘laydigan badali bankning amalda shakllangan ustav kapitali miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi. Kalendar badal banklar tomonidan Fondga yilning har choragida o‘tkaziladigan pul mablag‘laridan iborat bo‘ladi. Kalendar badallarning miqdori ushbu Qonunga muvofiq kafolatlanishi lozim bo‘lgan fuqarolar omonatlarining yil choragidagi amaldagi qoldig‘iga qarab Fond kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan, ammo omonatlar umumiy summasining 0,5 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. Kalendar badallarning to‘langan summasi fuqarolarning bankdagi omonatlari qoldig‘i umumiy summasining 5 foiziga yetganda banklar tomonidan kalendar badallarni to‘lash to‘xtatiladi. Fuqarolarning bankdagi omonatlari qoldig‘ining umumiy summasi o‘zgarganda Fondga to‘langan kalendar badallarning summasi qayta hisoblab chiqilishi kerak.O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar uchun fuqarolarning pul mablag‘larini omonatlarga jalb etishga taqiq joriy etilishi banklarni Fondga kalendar badallarini to‘lashdan ozod etmaydi. Kalendar badalning stavkasi o‘zgartirilgan taqdirda Fond banklarni bundan kamida o‘ttiz kun oldin xabardor qilishi shart. Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha kalendar badal chet el valyutasida hisob-kitob qilinganda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, kalendar badal o‘tkazilgan kundan oldingi kungi kurs bo‘yicha qayta hisoblab chiqiladi. Banklar tomonidan Fondga to‘lanadigan majburiy badallar banklarning ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlariga qo‘shib qo‘yiladi. Fuqarolarning omonatlari bo‘yicha haq to‘lash bankning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan oraliq tugatish balansida aks ettirilgan omonatlarning qoldig‘idan kelib chiqqan holda bank va Fond mablag‘lari hisobidan to‘liq hajmda amalga oshiriladi. Agar bank omonatchiga nisbatan kreditor sifatida ham ish yuritgan bo‘lsa, omonatlar bo‘yicha haq to‘lash miqdori omonatchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan omonatlar bo‘yicha haq to‘lash summasi bilan bankning muqobil talablari summasi o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadi. Fuqarolarning banklardagi chet el valyutasidagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lash ushbu Qonun bilan belgilangan tartibda va miqdorlarda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, litsenziya chaqirib olingan kungi kurs bo‘yicha milliy valyutada amalga oshiriladi. Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lash maqsadida bankning tugatish komissiyasi litsenziya chaqirib olingan kundan e’tiboran ikki oy mobaynida kreditorlarni aniqlash hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxiralari fondiga depozitga qo‘yilgan debitorlik qarzlari va mablag‘larini olish choralarini ko‘radi. Mazkur mablag‘lar birinchi navbatda tugatilayotgan bankning fuqarolar omonatlari bo‘yicha qarzlarini to‘lashga yo‘naltiriladi. Fond oraliq tugatish balansini olgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lash tartibi va muddatlari to‘g‘risidagi xabarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lashni Fond ommaviy axborot vositalarida xabar e’lon qilingan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida boshlashi shart. Haq to‘lash O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining roziligi bilan Fond belgilaydigan bank (agent bank) tomonidan amalga oshiriladi. Omonatchilar agent bankka o‘z omonatlari bo‘yicha haq olish uchun murojaat qilganlarida agent bank mazkur haqni omonatchi o‘zining omonati borligini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatgan taqdirda to‘lashi shart. Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq tegishli hujjatlar ko‘rsatilgan taqdirda omonatchilarning qonuniy vakillariga yoki ularning huquqiy vorislariga ham to‘lanadi. Omonatchining Fonddan o‘z omonati bo‘yicha haqini olishi uning bankka nisbatan omonati bo‘yicha olgan haqidan ortiq miqdordagi talablarini qanoatlantirishga doir huquqlarini istisno etmaydi. 4.Tijorat banklarining kredit potensiali (resurs imkoniyati) – bir tomondan bank ixtiyoridagisafarbar qilinishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larini yig‘indisi, ikkinchi tomondan bank egaligidagi nomoddiy aktivlar tushuniladi.Umuman olganda, tijorat banklarining kreditlash potensiali jalb qilingan mablag‘lar, ya‘ni depozitlarning umumiy summasi bilan majburiy zaxira hamda tijorat banklari tomonidan o‘z likvidligini ta‘minlash uchun ajratmalarga bog‘liqdir. Tijorat banklari ustav kapitali ko‘payishi, muddatli depozit va jamg‘armalar miqdorining barqarorligi ularning kredit potensialining barqarorligini ta‘minlaydi. Tijorat banklarining resurs bazasi uning kredit potensiali darajasini belgilaydi. Bankning kredit potensiali - jalb qilingan mablag‘larning kredit va bankning boshqa aktiv operatsiyalarini amalga oshirishning iqtisodiy chegarasi hisoblanadi. Kredit potensiali (salohiyati) miqdori (Ks)ni qisqacha holda quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: Ks=D-Mz-Lz. Bu yerda: D – jalb qilingan mablag‘lar; Mz – majburiy zaxira miqdori; Lz – likvidlilikni ta‘minlash bo‘yicha zaxiralar. Tijorat banklari kredit potensialiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatishini keltirib o‘tishimiz mumkin: - tijorat banklari jalb qilingan mablag‘larining safarbar qilingan (mobilizatsiya qilingan) qismi; - Markaziy bank majburiy zaxira stavkasi; - banklar amaliyotida tashkil etilayotgan rezerv va fondlar; - kredit potensialining tuzilishi (tasnifi). Tijorat banklari kredit potensialini tasniflashda uning shakllanishi manbalaridan kelib chiqib yondoshildi. Ya’ni, mablag‘lar qisqa va uzoq muddatlarga, milliy va xorijiy valyutada, shuningdek naqd va naqdsiz shaklda jalb etilishi mumkin.Kredit potensialining qisqa va uzoq bo‘lishi, o‘z navbatida jalb qilingan mablag‘larning muddatiga bog‘liqdir. Shu jihatdan kredit potensiali uzoq muddatli bo‘lishi ko‘p jihatdan jalb etilayotgan mablag‘larni uzoq muddatlarga jalb etish samaradorligini oshirishni talab etadi. Ya’ni, uzoq muddatli depozitlar miqdorini oshirish kredit potensialining uzoq muddatli bo‘lishini ta’minlaydi. Bizga ma’lumki, depozitlar tarkibida talab qilib olinguncha (transaksion) depozitlar miqdori respublikamiz tijorat banklari amaliyotida yuqori salmoqqa ega. Bu esa, ular tomonidan uzoq muddatli kreditlar salmog‘ini oshirishga to‘sqinlik qiladi. Tijorat banklari kredit potensiali shuningdek, ekvivalentiga ko‘ra milliy va xorijiy valyutada bo‘ladi. Bu esa, milliy va xorijiy valyutada qay darajada mablag‘lar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Bugungi kunda, respublikamiz Markaziy banki tomonidan milliy va xorijiy valyutada jalb etilayotgan depozitlarga nisbatan bir xil majburiy zaxira talabnomalarining o‘rnatilishi tijorat banklarining xorijiy valyutadagi kredit potensialiga salbiy ta’sir qilmoqda. Tijorat banklari nafaqat naqdsiz balki ayrim sohalarga naqd ko‘rinishidagi kreditlarni taqdim etishi talab etiladi. Shu bois, naqd ko‘rinishdagi mablag‘lar(depozit)ni jalb etish tijorat banklarining naqd ko‘rinishidagi kredit potensialini oshirishga imkon yaratadi. Download 116.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling