Reja: Tikuv mashinasiniig asosiy ish organlari


Harakatni o’zgartiradigan detallar


Download 307.37 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi307.37 Kb.
#1062920
1   2   3   4
Bog'liq
Мавзуга матн

Harakatni o’zgartiradigan detallar.


Aylanma harakatni ilgarilama harakatga aylantirish uchun tikuv mashinalarida krivoship-shatunli mexanizm ishlatiladi. Bunday mexanizm val 3 ning uchiga maxkamlangan va u bilan birga aylanadigan krivoship 2 dan (1-jadvaldagi 2, 3 va 4-ustunning 10-qatori) iborat. Krivoship 2 ning barmog’i 1 ga shatun (1-jadvaldagi 2-ustunning 11-qatori) kiydirilgan. Shatunning ikkita kallagi va tanasi bo’lib, bir xil harakatni ikkinchi xil harakatga aylantiradigan asosiy element shu bo’ladi. Shatunning pastki kallagi teshigiga igna yuritkich povodogining barmog’i (1-jadvaldagi 2-ustunning 12-qatori) kiritilgan.
Aylanma harakatni tebranma harakatga aylantirish uchun tikuv mashinalarida ekssentrik o’zatma (1-jadvaldagi 2, 3 va 4-ustunlarning 13- qatori) ishlatiladi. Bunday o’zatma ekssentrik 2 dan (silindr shaklidagi detal) iborat bo’lib, uning markazi val 1 ning markaziga nisbatan bir oz siljigan bo’ladi. Ekssentrik bilan val markazlarining siljish kattaligi ekssentrikning ekssentrisiteti deyiladi. Val 1 ga vintlar 7 bilan maxkamlangan ekssentrik 2 ga shatun 3 ning kallagi kiydirilgan, shatunning ikkinchi kallagi o’ng tomondagi koromislo 4 ga sharnirli vint yordamida biriktirilgan. Chap koromislo esa val 5 bilan birga qo’shib quyilgan yoki val 5 ga vint bilan maxkamlanib, bikr birikma hosil qiladi. Valni ikkita vtulka 6 tutib turadi. Ekssentrik ta’sirida shatun 3 koromislo 4 bilan uning vali 5 ni tebranma harakatga keltiradi.
Tepki (2-ustundagi 14-qator) bilan reyka (2-ustundagi 15-qator) ning struktura tasviri 1-jadvalda ko’rsatilgan.


Struktura sxemalarini to’zish.


Fazoviy struktura sxemalarini diametrik proyeksiyada chizgan ma’qul, chunki bu proyeksiyada mexanizm strukturasi va zvenolarining o’zaro ta’siri to’g’risidagi tasavvur yaqqol bo’ladi.
Mexanizm yoki mashinaning struktura sxemasini to’zishdan oldin ularning tuzilishi va ishlashi bilan tanishib chiqish, ya’ni detallar konfigurasiyasini, ularniig biriktirnlishinii, tayanchlarning joylashishini va ayrim nuqtalarning harakatlanish harakterini aniqlab olish kerak. Sxemani chizishni yetakchi zvenodan boshlash kerak. Masalan, krivoship-shatunli mexanizmnnng (1-jadvaldagi 2, 3 va 4-grafalarning 16-qatori) struktura sxemasini chizishda oldin gorizontalga nisbatai 7° burchak ostida asosiy val 9 chizilib, uning vtulkasi shartli tasvirlanadi. Gorizontalga nisbatan 41° burchak ostida krivoship 7 chiziladi. Asosiy val 9 o’qiga parallel qilib krivoship 7 ga maxkamlangan barmoq 6 tasvirlanadi. Barmoq 6 da asosiy val o’qiga parallel qilib shatun 10 ning yuqori kallagi (shatunni vertikal joylashtirib) chiziladi. Shatun 10 ning povodok 3 barmog’iga kiydirilgan ostki kallagi asosiy val o’qiga parallel joylashtiriladi. Shatun 10 sterjeni o’qiga parallsl qilib povodok 3 va igna yuritkich 4 chiziladi. o’ng tomonda povodok 3 barmog’ida polzun 11 tasvirlanadi, uning vertikal devorlari va yo’naltirgich 12 igna yuritkich 4 ga parallel qilib, gorizontal devorlari esa krivoship 7 ga parallel qilib chiziladi. Vtulkalar 1, 5 va povodok 3 dagi igna yuritkich 4 ni maxkamlaydigan vint 2 shartli tasvirla-nadi.
Mexanizmning struktura sxemasi uning tuzilishi haqidagina emas, balki ishlash prinsipi haqida ham yaqqol tasavvur beradi.
Individual yuritma


Idividual yuritma mashinani ishga tushirishga, to’xtatishga va asosiy valning aylanish chastotasini o’zgartirishga xizmat qiladi. Individual yuritma ikkita variantda chiqariladi: ularning elektr dvigatellari 0,37 va 0,25 kVt quvvatli, elektr dvigatel valining aylanish chastotasi mos ravishda
2900 min-1, 1420 min-1 bo’ladi.
Individual yuritma elektr dvigatel 1 dan (29-rasm) va korpus 17 ga montaj qilingan friksion mufta (friksion)dan iborat.
Elektr dvigatel 1 maxsus osma yordamida ish stolining tagiga
(rasmda ko’rsatilmagan) maxkamlangan. Osmaning tuzilishi ponasimon tasma tarangligini o’zgartirish uchun elektr dvigatel bilan friksion mufta balandligini o’zgartirib rostlash imkonini beradi.
Elektr dvigatel flanesi 1 ning o’ng tomoniga boltlar yordamida korpus 17 maxkamlangan. Elektr dvigatel valida cho’yan diskga o’xshash salt yarim mufta 2 bikr maxkamlangan. Yetaklanuvchi val 7 ga shtift 6 yordamida ish yarim muftasi 3 maxkamlangan. Chap va o’ng tomondan ish yarim muftasi 3 ga ishqalanish koeffisiyenti yuqori bo’lgan friksion qistirma 4 maxkamlangan. Yetaklanuvchi val 7 korpus 17 ning o’qi bo’yicha surila oladigan sirpanma vtulka 9 ichiga presslab kirntmlgan sharikli ikkita podshipnik 8 va 10 da aylanadi. Yetaklanuvchi val 7 ning o’ng uchiga shkiv 11 qattiq maxkamlanib, o’nga va tikuv mashinasining maxovik g’ildiragiga ponasimon tasma kiydirilgan. Xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilish uchun shkiv 11 stoyka 12 ga maxkamlaigan g’ilof bilan yopilgan. Stoyka 12 shurup yordamida tag tomondan ish stoli qopqog’iga maxkamlangan. Muftani ulash richagi 18 ning vilkasi ichiga maxkamlangan barmoqlar 19 korpus 17 ning oval o’yig’idan o’tib, sirpanma vtulka 9 nint teshigiga kirib turadi. Richag 18 uni soat mili harakati yo’palishida bo’rishga va shu bilan muftani ishdan to’xtatishga intiladigan prujina 16 ta’sirida bo’ladi. Richag 18 tortqi yordamida mashinaning pedaliga biriktirnlgan. Elektr dvngatel to’xtatilganda prujina 16 ta’sirida o’ng tomondagi friksion qistirma 4 tormoz kolodkasi 5 ga siqiladi. Elektr dvigatel 1 uch fazali o’zgaruvchan tok tarmog’iga quticha 21 ning kontaktlari orqali ulangan. Xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilish uchun elektr dvigatel 1 (klemma 20 orqali) yerga ulangan bo’lishi kerak.
Elektr dvigatel 1 ishga tushirilganda salt yarim mufta 2 aylana boshlaydi. Pedal bosilganda richag 18 soat mili harakatiga qarshi yo’nalishda bo’rilib, uning barmoqlari 19 sirpanma vtulka 9 ni, val 7 ni va shkiv 11 ni chapga suradi. Chap friksion qistirma 4 salt yarim mufta 2 ning toresi bilan ilashadi; shunda ish yarim muftasi 3 bilan val 7 shkiv 11 ni aylantiradi, ya’ni mashinaning asosiy vali aylana boshlaydi. Pedalga bosish kamaytirilsa, prujina 16 ta’sirida ish yarim muftasi 3 o’ng tomonga bir oz surilib, salt yarim mufta 2 ning toresi bilan chap tomondagi friksion qistirma orasida sirpanish yuz beradi va yetaklanuvchi val 7 bilan shkiv 11 mos ravishda kamroq chastota bilan aylanadi. Tikuvchi pedaldan oyoqini olganda, prujina 16 richag 8 ni soat mili harakati yo’nalishida bo’radi va yetaklanuvchi val 7 ish yarim muftasi 3 bilan birga o’ng tomonga suriladi. o’ng tomondagi friksion qistirma 4 tormoz kolodkasi 5 ga tegadi va aylanish tormozlanadi.
o’ng tomondagi friksion qistirma 4 niig tormoz kolodkasi 5 ga siqilish kuchini vint 15 dagi quloqli gayka 14 ni bo’rish yo’li bilan prujina 16 ning bosimini o’zgartirib rostlanadi.
Friksion muftada sharikli podshipniklar 5 va 10 ni, sirpanma vtulka 9 bilan korpus 17 ni tutashgan joylarini, barmoq 19 bilan sirpanma vtulka 9 ning teshiklariga tutashgan joylarini moylash lozim. Yarim muftalar bilan tormoz kolodkasi 5 ning orasiga moy quyish yaramaydi, chunki bunda birinchidan, friksion qistirma 4 o’z friksion xususiyatini yo’qotadi, ikkinchidan esa, moy quyib qo’lansa hid chiqaradi.

Download 307.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling