Reja: Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘zgusi
Download 460.5 Kb.
|
12-MAVZU
1. Ot ko‘makchilar:
a) bosh va qaratqich kelishigidagi otlar bilan birikadigan ot ko‘makchilar: al (in) / / a ld //o id ko‘makchisi: qadimgi turk. ahn, xak. ald, olt. Bistiij aldibista, qum. bizirj aldibizda, uyg‘. biznit] aldimizda; boshq., tat. Oy aldina, q.-balq. uynii alhnci, qoz, q.-qalp, no‘g‘. uy(diij) aldinda, qum. uyni aldinda, o‘zb. uyning oldida, xak. ib alninda; tat. kuz aldinda; uyg‘. isik aldida, shor. ejik alinda; boshq. bavram aldinan; tat. kitar aldinan; uyg‘. avkat aldida; xak. on cil miniy alninda, narjmir caar alninda “yomg‘ir yog‘ar oldida”; tat. kiyinliklar aldinda, xak. pozinitj alninja “o‘z oldida”, o‘zb. ko‘z oldida va h.k. Irinta, basida, arasmda, iistiinda, tapuklarida, altin, orjunta ko‘makchilari ot sifatida ham qo‘llanadi. ara ko‘makchisi: qad. turk. kisilar ara, ozarb, turk. adamlar arasmda, olt. cadirlar arazina, boshq. iki oy arahinda, qum. iki uynii arasina, gag. onnarin arasmda, xak. olarnuj arazmda qar. no‘g., oz ara, yigitlerdirj arasinnan, tuv. i y as arazindan, shor. a gas arazinan, turkm. adamlardirj arasindan, olt. tun arazinda, uyqu arazinda, xak. iki cil arazinda, o‘zb.do‘stlar orasida kabi; arqa// arqali ko‘makchilari: ozarb. stolun arxasinda, qum. uynii arqasina, tat. eyniij arkasinnan, o‘zb. uyning orqasidan, shor. ustoldiq arkazinan, no‘g‘. onir) arqasinda. tat. annj arqasinda, sinit] arqanda, turkm. zenhj arqarjdan; qoz. kese arxili, q.-qalp. kopir orqali, tat. urman arkili; qoz., q.-qalp. bir joldas arkili, qirg‘. bir joldos arkalu, turkm. bir yoldas arkali, qoz. radia arkili; tat. xat arqih; o‘zb. badiiy asar orqali singari: Turkiy tillarda -li(g), -lu (g) affikslari orqali bir qancha ko‘makchilar hosil qilingan. boshq. sakli. qoz. saqti, q.-balq. caqli, tat. cakli, sikilli, q.-balq. cakli, qirg‘. sekildn, no‘g‘. sekinli; boshq. sababli, turkm. zebepli , uyg\ seveplik, q.-qalp. tuvrali, qoz. siyakti, tarizdi, o‘zb. tufayli va boshqalar. uza ko‘makchisi keyinchalik usiinga ko‘makchisi shakliga kelgan; otru: jiiz otru turur “yuzma-yuz”; uou: men amrj uou keldim “men uning izidan keldim”. qatin(da), qatirj(ga): beglar qatm “beklarga yaqin”; iicun: bizni iicun; tegi: bu odka tegi bu vaqtgacha”. b) jo ‘nalish kelishigidagi so‘zlar bilan birikadigan ot ko‘makchilar: qarsi/qarsu (otru ko‘makchisiga sinonim): Oguz qaganga qarsu “0 ‘g‘uzxonga qarshi”. Qarsi ko‘makchisining yuzaga kelishi ikki xil izohlanadi: 1) “qorishmoq” ma’nosidagi yoki qormoq fe’lining o‘zlik nisbatidan shakllangan; 2) “qo‘l” ma’nosidagi qar so‘zidan yuzaga kelgan. Bu ko‘makchining shakllanishiga oid birinchi taxmin haqiqatga yaqinroq; kora, korii: oguduga kora “nasihatiga ko‘ra”. d) chiqish kelishigidagi otlar bilan birikadigan ot ko‘makchilar: son, sonra: yukudun son “uyqudan so‘ng”; sen menitj soy kel “sen mendan keyin keln; kin~kejin ~kedin ko‘makchisi sotj ko‘makchisiga sinonim: ke(d)-kedin >kejin>kin. O‘rxun-enasoy yodgorliklarida: anta kesra “shundan so‘ng”; has, basa: amtjdi basa “undan keyin”. Men anda basa keldim “men bundan keyin keldim”; asnu /asnuda: ayitmasta asnu “gapirtirishdan avval”; berii: tuman yilda berii “anchadan beri”. Payt, holat bildiruvchi ko‘makchilar: birla, otru, oturu: anta oturu - shundan so ‘ng. Uza, iizala: bu tort neij uza sozladim men sozug “bu to‘rt narsa haqida so‘zladim men so‘zimni”. 2. Fe’l ko‘makchilar harakat nomlari bilan bog‘liq dastlabki grammatik tabiati, xususiyatlarini saqlab qolganligi uchun ot ko‘makchilar va le’! ko‘makchilar orasida, ba’zan, qat’iy chegara qo‘yish qiyin: boshq. kalaga tura “shaharga to‘g‘ri”, qala turanmda “shahar haqida”, unga qarsi:; uyg‘. kitab togrisida; turkm. onuy qarsizina; tat. oy qarsisinda; turkm. onuyj garsizindan; yolmy qarsisidan; eski o‘zb. arja otru “unga qarshi”, mirzcinuj otrusiga “mirzaning ro‘parasiga”; Termiz togrisiga, Yarmuj togrisidin kabi. Ko‘makchilar, asosan, otga bog‘lanadi, fe’lning harakat nomi, sifatdosh shakllariga ham birikishi mumkin: kelagi beri (bu hozirgi o‘zbek shevalarida ham uchraydi: sen kelgali beri kabi); boshq. otir oson “otish uchun”; qum. ucgunca aldin “uchishdan avval”; eski o4zb. taxtm egallasin ucun kabi. Dastlabki leksik ma’nolarini yo‘qotish darajasi va grammatikalizatsiya-lashish jarayoni hamma ko‘makchilarda bir xil emas. Buni hozirgi o‘zbek tilidagi ot ko‘makchilar misolida ko‘rish mumkin: tagidci, ustida, tepasida, yonida, boyida, yuqorisidct kabi so‘zlarning qaysisi ot ko‘makchi, qaysisi o‘z mustaqil ma’nosidagi ot yoki sifat ekanligini anglash murakkab. Negaki, ularning aksariyati hozirgi tilda dastlabki ma'nosida ham, ko‘makchi vazifadaham qo‘llanishi mumkin. Masalan, daraxtrwj tepasida, daraxtnii] shaxida, daraxtnir) bargida kabi birikmalar qiyoslansa, tepasida, bargida, shaxida kabi so‘zlaming barchasi yoki ot ko‘makchilar, yoki o‘rin-payt kelishigidagi otlar ham bo‘lishi mumkin: eski o‘zb. quyas oyiitj agzina “uyning og‘ziga”, tonniij ici, olt. qaptuj oozi “qopning og‘zi”, taiga edegi "tog‘ning etagi”, turkm. Mari ayagi “Mari atrofi”, shor. tag qoym va boshqalar. Fe’l ko‘makchilarda ham shunday xususiyatni ko‘rish mumkin. Shunga ko‘ra hozirgi turkiy tillardagi ko‘makchilar ma’nosi va grammatikalizatsiyalashish darajasiga ko‘ra “oraliq” holatidagi ko‘makchilarga. qoz. usin. turk. icin, qirg‘. nari. qum. ari, o‘zb. nari, ucun; turkm. bile, bilen, uyg‘. bilen, xak. minay singari qadimgi ma’nosini yo‘qotgan, grammatikalizatsiyalashgan ko‘makchilarni ikkinchi guruhga, bila Umuman, ko‘makchilarning shakllanishi juda uzoq davrlardan boshlangan bo‘lib, u yoki bu ko‘makchilarni hozirgi barcha turkiy tillarda uchratish mumkin. Bog‘lovchilar. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar va gap bo‘laklarini bog‘lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so‘zlar bog‘lovchidir. Bog‘lovchilar qo‘llanishiga qarab yakka bog‘lovchilar va takroriy bbog‘lovchilargaajratiladi. Yakka bbog‘lovchilar: va, hamda, lekin, amma, biraq, -ki (-kim), cunki, agar, taki, balki, goya, basarti, halbuki,vahalanki, yaki, yaxud, ya, gar. Takroriy bbog‘lovchilar: dam.., dam..., b a ’zan,..., b a ’zan, ham.., ham,
Qadimgi turkiy tilda bog‘lovchilar alohida turkum sifatida mavjud bo‘lmagan. Agglyutinativ tillar, jumladan, turkiy tillarda bbog‘lovchi vazifasini boshqa turkumlardagi so‘zlar bajargan. Til taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida jonli so‘zlashuv tili faol qo‘llangan bo‘lib. aloqa vositasi sifatidagi bbog‘lovchi vositalar talab qilinmagan. Til taraqqiyotining yozma shakli shakllana boshlagan davrlarda ham gap qurilishi nisbatan sodda bo‘lgan. Adabiy til shakllanishi, yozma nutqning yuzaga kelishi bilan sintaktik munosabatni ta’minlovchi bbog‘lovchilar shakllandi va hozirda alohida turkum sifatida qaraladi. Hozirgi turkiy til larda mavjud bog‘lovchilar ikki yo‘1 bilan hosil bo‘lgan: 1. Turkiy tillarda bog‘lovchi vositalar sifatida o‘z qatlamga oid ayrim ta'kid yuklamalari, ba’zi f e i shakllari, olmoshlar xizmat qilgan: qadimgi qipchoq. qacan yoldan banrlar idi otru bir kisi yoluqtu; gag. coyuk annamis oni padisah ana is vermiyor; turkm. Xacan ici Gorlandan zoy oylerina gaydip gelyardi; eski o‘zb. sesanba edi kim Xojandqa yettim; o‘zb. naxotin bor, na bola-chaqa; 2. Hozirgi turkiy tillarda arab, fors-tojik, qisman, rus tilidan olingan bog‘lovchilar ishlatiladi: a) arab: ozarb. amma, lekin, faqat; tat. emme, lekin, faqat; yeni; turkm. amma, veli, velik; o‘zb. ammo, lekin, lek, va lekin; b) fors-tojik: ozarb., boshq., tat, uyg‘. ham; gag., turk., turkm. hem; ozarb. ya, yaxud, hercend; uyg‘. eger; turk. eger; ozarb. boshq. gerce; ozarb., turkm. gah, ozarb, gag., turk. ne, ozarb., turk, gag. ister; ozarb., gag., turk, turkm, o‘zb.-ki, xoh, ham, ya, yaxud, garchand, goh, agar, na; d) arab, fors-tojik: ozarb. madamki, madamiki; ozarb., uyg\ vexe/≪, va yaxud, vayeki; e) rus, boshq. e, etu, xayata; gag. da, a: qaraim. to, a, i, no, xatya, xot; xak. a, a to, zato, xot kabi. Hozirgi turkiy tillarda bbog‘lovchilar an’anaviy ravishda teng bog‘lovchilar va ergashtiruvchi bbog‘lovchilarga bo‘linadi.
Download 460.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling