Reja: Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘zgusi


Turur sifatdoshi taraqqiyotini qirgiz tilidagi so‘z shakllari orqali kuzatish mumkin: ala turur/ aladur/ aladi (oladi)/alat


Download 460.5 Kb.
bet4/68
Sana02.01.2022
Hajmi460.5 Kb.
#189397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
12-MAVZU

Turur sifatdoshi taraqqiyotini qirgiz tilidagi so‘z shakllari orqali kuzatish mumkin: ala turur/ aladur/ aladi (oladi)/alat.

Turkiy tillarda birgina kesimning o‘zi ham bir tartibli gap hosil qilishi mumkin. Ammo turkiy tillardagi asosiy gap tipi: “ega-kesim” ko‘rinishidir.

Gap bo‘laklari muayyan tartibga ega. Masalan, tatar tilidagi Teguce kiem tege (Tikuvchi kiyim tikmoqda) gapida teguce va kiem so‘zlari bir xil ko‘rinishga ega. Teguce so‘zining ega ekanligini gap boshidagi, kiem so‘zining esa to‘ldiruvchiligini o‘rtadagi tartib belgilamoqda. Kiem gap boshida kelsa, ega vazifasini bajaradi.

Eganing oldin, kesimning keyin kelishi turkiy tillar gap qurilishidagi asosiy tartib hisoblanadi: tat, boshq. men kildem “men keldim”: koyas bati “quyosh botdi”, hin belahen “sen bilasan”; qirg‘. al kelgen “u kelgan”; qoz. sen jazasin “sen yozasan". atnj barma? “oting bormi?”; boshq. atayim Ofoge kitken “otam Ufaga ketgan”; tat. ulyes tugel “u yosh emas”; bez -vazisi “biz-yozuvchilar” va h.k.

Turkiy tillarda gap tartibi o‘zgarishi, grammatik shakllar qo‘shilishi bilan birliklarning grammatik vazifasi ham o‘zgaradi: bu adamlarm oturduqlari ev/ bu adamlar oturduqlan ev; men algamm yoq /menirj algamm yoq.

Gapning bo‘laklarga ajratilishi. Gapda so‘zlar o‘zaro grammatik munosabatga kirishib, gap bo‘laklarini hosil qiladi. Gap bo‘laklari vazifasida mustaqil so‘zlar keladi. Har bir gap bo‘lagi boshqa gap bo‘laklari bilan bo‘lgan grammatik munosabatiga ko‘ra belgilanadi, ya’ni har bir gap bo‘lagi o‘zi munosabatga kirishgan so‘z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo‘ladi. Gap tarkibida tobe bog‘lanib ma’lum so‘roqqa javob bo‘luvchi so‘z yoki so‘zlar birikmasiga gap bo‘lagi deyiladi. So‘zning qaysi bo‘lak vazifasida kelayotganligi hokim bo‘lakka nisbatan aniqlanadi. Gapda kesimgina boshqa bo‘laklarga nisbatlanmagan holda aniqlanadi, chunki uning kesim ekanligini kesimlik shakllari ko‘rsatib turadi. Qolgan bo‘laklar kesimga nisbatan aniqlanadi.

Gap bo‘laklari: kesim, ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol. Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisini ko‘rsatadi. To‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol bo‘laklari ega va kesimga ergashib kelib, ularni to‘ldiradi, aniqlaydi yoki izohlaydi. Shuning uchun ular gapning ikkinchi darajali bo‘laklari deyiladi.

Turkiy tillaming sintaktik tizimi ham eng qadimgi oltoy bobo til xususiyatlarini namoyon qiladi. Buni o‘zbek va koreys tili gap qurilishidagi bo‘laklarning o‘rni va munosabatini qiyoslash asosida ham kuzatish mumkin.




Download 460.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling