9-MAVZU TURKIY TILLARDA YORDAMCHI SO’ZLAR. YORDAMCHI SOZ’LARNING VAZIFALARI. MIMEMALAR.
Reja:
1. Turkiy tillarda yordamchi so‘zlarning umumiy xususiyatlari.
2. Ko‘makchi.
3. Bog‘lovchi.
4. Yuklama.
Tayanch so‘z va iboralar: grammatik ma'no, grammatik vazifa, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama.
Yordamchi sozlar turkumiga ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama kiradi. Yordamchi so‘zlar mustaqil (leksik) ma’no bildirmaydi, faqat grammatik ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi.
Ko‘makchi. Gapda vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon kabi sintaktik munosabatlarni ifodalash uchun qo‘llanadigan so‘zlar ko‘makchilar deb ataladi. Ko‘makchi o;zi bog‘anib kelgan so‘zdan keyin kelib, so‘zlar orasidagi birgalik, payt, sabab. maqsad kabi munosabatni ifodalashga xizmat qiladi. Ko‘makchi ikki xil bo‘ladi: 1. Sof komakchi; 2. Ko‘makchi vazifasidagi so‘z (vazifadosh ko‘makchi).
Do'stlaringiz bilan baham: |