Reja: Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘zgusi


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 460.5 Kb.
bet2/68
Sana02.01.2022
Hajmi460.5 Kb.
#189397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
12-MAVZU

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Tilning leksik sathi nega o‘zgaruvchan?

  2. Olinmalar nimadan darak beradi?

  3. Turkiy tillardagi olinmalarni ularning manba tillariga ko‘ra qanday turlarga ajratish mumkin?

  4. Din tilning lug‘at tarkibiga ta’siri qiladimi?

  5. O‘zlashma qatlam miqdoran o‘z qatlamdan katta bo‘lgan turkiy til bormi?

  6. Umumturkiy so‘z/leksema deganda nima tushuniladi?

11-MAVZU TURKIY TILLARDA GAP QURILISHI. GAP BO’LAKLARINING ODATDAGI TARTIBI. INVERSIYA VA UNING TA’SIRCHANLIKNI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI

Reja:

1. Turkiy tillarda predikatsiya.



2. Gap bo‘laklari va ularning xususiyatlari.
Turkiy tillarning grammatik tizimi ayrim sohalarda hind-yevropa va boshqa til o‘llalari bilan parallel ravishda taraqqiy qilgani faktik materiallarda namoyon boTadi. Parallellik gap qurilishidagina emas, balki mazkur tillardagi so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi shakllar taraqqiyotida ham kuzatiladi.

Turkiy tillardagi gapning asosini, yadrosini predikativ munosabat tashkil etadi. Predikatsiya ega va kesim o‘rtasidagi munosabat bo‘lib, ega ifodani namoyon etuvchi, kesim esa ifodaning o‘zi hisoblanadi. Leksik jihatdan kesim harakat-holatni yoki turg‘un belgini ifodalavdi. Ega harakat yoki holat bajaruvchi shaxs yoki narsa-buyumni bildiradi.

Turkiy tillarda predikatsiyaning ikki usuli farqlanadi:

1) predikativ munosabatni ifodalashning har ikki asosi - ega va kesim ishtirok etadi: Men - talaba. Bu o‘rinda talaba so‘zi predikativ vazifani ko‘rsatuvchi yoki ega sifatida ajratishga asos bo‘luvchi shakl ko‘rsatkichiga ega emas. Ega vazifasida keluvchi men so‘zi ishtirokisiz predikativ munosabat reallashmaydi va gap tuzilmaydi. Xuddi shuningdek, talaba so‘zisiz ham predikativ munosabat reallashmaydi. Gapning bu tartibdagi tipida predikativ munosabatning reallashuvida ega va kesim teng qiymatga egadir;

2) predikativ munosabatning ikkinchi tipida predikatsiyaning ikki uzvi talab qilinmaydi. Bunda kesim tarkibida bir vaqtning o‘zida ikki grammatik kategoriya - predikatsiyani va ega shaxsini ifoda etuvchi ko‘rsatkich mavjud bo‘ladi. Birinchi tipdagi Men talaba gapi ikkinchi tipda Talabaman koiinishiga ega bo‘ladi. Talabaman tipidagi ko‘rinishda alohida ega yo‘q, faqat bajaruvchi men// man shaxs ko‘rsatkichi orqali ifodalanadi. Bunda - men//man ko‘rsatkichida ikki grammatik kategoriya: shaxs (bajaruvchi) va predikat ma’nosi ifodalanadi. Talabaman tipidagi ifodada gapning asosiy mazmuni, yadrosi ifodalanadi. Bu tipdagi gap turkiy tillarda minimal so‘z tarkibidagi predikativ ifoda hisoblanadi.


Download 460.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling