Reja: Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘zgusi
Download 460.5 Kb.
|
12-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- -ol//-ul
- -tir//-dir
Men talaba va Talabaman shakllari hozirgi turkiy tillarda faol qo‘llanadi. Men talaba ko‘rinishidagi gap tipi aksariyat shevalarda, ayrim turkiy tillarda va qadimgi turkiy tilda ko‘proq uchraydi.
Gap hosil qilishda predikativ munosabatning o‘rni muhim. Masalan, aqlli va sabrli so‘zlaridan shunchaki gap hosil qilib bo‘lmaydi. Bu sifatlar o‘rtasida munosabatni shakllantirish uchun ulardan ikkinchisi kesimga aylanadi: aqlli adam sabrli. Gapda I va II shaxs faoliyati haqida so‘z borganda kesimlik ko‘rsatkichi ishtirok etadi. III shaxsda grammatik ko‘rsatkich ishtirok etmaydi. III shaxsdagi fe’l shakli ko‘pgina turkiy tillarda zamon qo‘shimchasi bilan ifodalanadi: Usmon keldi. Bu o‘rinda III shaxs ko‘rsatkichsiz ifodalangan, deyish to‘griroq bo‘ladi: keldim, kelding, keldi. Bunda -di zamon ko‘rsatkichi, shaxs-son shakli esa ifodalanmagan - nol ko‘rsatkichli. Kelaman, kelasan, keladi tuslanishida -di ko‘rsatkichini shaxs-son qo‘shimchasi sifatida baholash mumkin. Bu holatda zamon tushunchasi –a shakli orqali ifodalangan. Turkiy tillarda III shaxsdagi predikativlikni ifodalashring ikki usuli ajratilgan: 1) nisbatan qadimiy bo‘lgan, turkiy tillarda olmoshning turlanishidan shakllangan -ol//-ul ko‘rsatkichi. Bu shakl qadimgi turkiy tilda kuzatiladi, hozirgi turkiy tillarda ham uchraydi: id esce ul. 2) -tir//-dir, -di//-t. Bu ko‘rsatkich hozirgi-kelasi zamonni ifodalovchi turur//durur sifatdoshidan shakllangan. -ol//-ul ko‘rsatkichi ayrim turkiy tillardagina saqlanib qolgan bo‘lsa, -tur//-dur shakli umumturkiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu grammatik shakllar predikativlik bilan bir qatorda modal munosabatni ham ifoda etadi. tur//-dur ko‘rsatkichining predikativlikni ifodalash xususiyati ozarbayjon, turk, turkman tillarida to‘liq namoyon bo‘ladi. Tatar va boshqa bir qator turkiy tillarda modallikni bildiradigan, kesimlik shakli bilan omonim hisoblanuvchi -tir//-dir ko‘rsatkichi ham mavjud. Bu ko‘rsatkich ozarbayjon, turk tillarida kuzatiladi. Masalan, turk tilida: baban geliyordur “otang kelayotgan bo‘lsa kerak”.
Download 460.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling