Reja: Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘zgusi


Download 460.5 Kb.
bet7/68
Sana02.01.2022
Hajmi460.5 Kb.
#189397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68
Bog'liq
12-MAVZU

Otli so‘z birikmasida hokim so‘z ot va otlashgan so‘zlar (sifat, son, ravish, taqlid so‘z) bilan ifodalanadi: shor. kanatlig kus “qanotli qush”, olt. suuluu qar “suvli qor”, ozarb. sinmis agas “singan daraxt”, ucan gus “uchgan qush”, bogucu bir isti “bo‘g‘uvchi issiq”, ikinji yer “ikkinchi yer”, yoq. oxtubut mas “yiqilgan daraxt”, tordos at “to‘rtinchi ot” ’tuv. karaktiij karazi “ko‘zning qorasi”, birge teve “birinchi tuya”, chuv. kaskarsen purnece “qashqirlar hayoti”, chuv. capli siv “buyuk daiyo", kaymala cm “ketuvchi kishi”, iklmxi uyix “ikkinchi oy”, tat. bez barasi yullar “biz boradigan yo‘llar”.

Fe’lli so‘z birikmasida hokim so‘z fe'l, uning sifatdosh, ravishdosh shakllari bilan ifodalanadi: boshq. camlann maylay “chanalarini moylamoqda”, xak. tas turada curtapci “tosh uyda yashaydi”, ubden sigari xondi “uydan vugurib chiqdi”, tat. baylarcayasau “boylarcha yashamoq”, xat belen jitaru “xat orqali yetkazmoq”, yaxsiligi ocen xormatleu “yaxshiligi uchun hurmatlamoq”, balta belen kisii “bolta bilan kesmoq”, kon saen qaytu “kun savin qaytish”, turk. ruyadan uyanurmus “uyqudan uyg‘onarmish”.

Turkiy tillarda so‘z birikmalarining tobe so‘zi, asosan, hokim so‘zdan oldin keladi.



So‘z birikmasida so‘zlarning o‘zaro birikish usullari. Kelishik va ko‘makchilar so‘zlami bir-biriga tobelab bog‘lashga xizmat qiladi.

So‘z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so‘zning grammatik vositalarsiz, faqat ohang va tartib asosida bog‘lanishi bitishuv deyiladi: ozarb. teravetliyapraqlar “tarovatli yaproqlar”, turk. getmis kisi “ketgan kishi”, yoq. biler kuhu “bilimli kishi”, boshq. kilehe vil “kelasi vil”, tat. zetjger kuk “zangori osmon”.

Tobe so‘zning hokim so‘zga tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishigi qo‘shimchalari yoki ko‘makchilar yordamida bog‘lanishi boshqaruvdir: ozarb. burada tikirler “bu yerda tikarlar”, tat. alga kitmedem “yurtga ketmadim”, gag. bakin buldum “chelakni topdim”, tuv. ajigdan desken “mehnatdan qochgan”, ittan korgar “itdan qo‘rqar”.

Tobe so‘zning hokim so‘zga qaratqich kelishigi qo‘shimchasi yordamida, hokim so‘zning esa tobe so‘zga egalik qoshimchalari yordamida bog‘lanishi moslashuv dir: chu y.piren anne “bizning onamiz”, tat. benerj el “mening elim”, xak. tagpazi “tog‘ boshi”, turkm. omtj derdi “uning dardi”. Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi yordamida bog‘langanda ikki tomonlama bog‘lanish ro‘y beradi. Tobe bo‘lak qaratqich kelishigi qo‘shimchasini, hokim bo‘lak esa egalik qo‘shimchasini oladi. Bunday bog‘lanishda tobe qism qaratqich, hokim qism qaralmish deb nomlanadi: uzumning (qaratqich) sharbati

(qaralmish).

Agar hokim bo‘lak sof fe’l bilan ifodalansa va fe’li kimni? nimani? qayerni? so‘roqlariga javob bo‘hivchi so‘zni talab qilsa, tobe bo‘lak tushum kelishigida qo‘llanadi, hokim bo‘lak egalik qo‘shimchasini olgan ot, ba'zan harakat nomi va sifatdosh bilan ifodalansa, tobe bo‘lak qaratqich kelishigida qo‘llanadi.

Bitishuv, moslashuv, boshqaruv usullarini tobe so‘zga qo‘shilgan kelishik shakllariga asoslanib ajratish mumkin:

1. Bosh kelishik: - ( bitishuv)

2. Qaratqich kelishigi: -ning ( moslashuv)

3. Tushum kelishigi: -ni (boshqaruv )

4. Jo‘nalish kelishigi: -ga ( boshqaruv)

5. 0 ‘rin-payt kelishigi: -da (boshqaruv)

6. Chiqish kelishigi: -dan (boshqaruv).

So‘z birikmalari ham so‘zlar kabi narsa, belgi, harakatni atashga xizmat qiladi. So‘z - leksik hodisa, so‘z birikmasi - sintaktik hodisadir. So‘z birikmasi narsa, belgi yoki harakatni yakka holda emas, balki ikki va undan ortiq so‘zlaming o‘zaro aloqaga kirishuvi orqali ifodalaydi.




Download 460.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling