10-MAVZU: LINGVISTIK TADQIQOT METODLARI
REJA:
1. Tilning o‘rganish metodlari va metodologiya.
2. Tavsifiy metod va uni tadqiq qilish bosqichlari.
3. Qiyosiy tarixiy metod va ushbu metod vazifalarini amalga oshirish usullari.
4. Chog‘ishtirish va tipologik metod.
5. Struktur metod va uning yo‘nalishlari
a. Bevosita ishtirokchilar metodi
b. Transformatsion tahlil metodi
6. Statistik va avtomatik tahlil metodlari.
7. Sinxron va diaxron tadqiq metodlari.
TOPSHIRIQ 1. Quyidagi savollarga javob bering.
Metod nima?
Metod (yun. metodos — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — vo-qelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻlyoʻriklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli. Metod ning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish metodini egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. Metodni egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt va kuch sarflaydi. Metod oʻz mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda boʻlishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatiga oid Metodlar ham voqelikka xos boʻlgan qonuniyatlarni anglab yetish, bilib olishga borib taqaladi. Metodlar haqidagi taʼlimot fanda metodologiya deb ataladi.
Metodika nima?
Metodika keng doirada mana shu dars jarayonlarida qöllaniladigan sanoqsiz metodlar jamlanmasi sifatida tushuniladi. Tor doirada esa chet tili darsiga oid barcha metodlar majmuini ilmiy nazardan örganadigan, rivojlantiradigan fan sifatida tushunish lozim. Chet tillarni öqitish va örganishda metodika fan sifatida ham öquv darsturlariga kiritilgan.
Metodologiya nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |