Reja: Tilning o‘rganish metodlari va metodologiya
Download 37.54 Kb.
|
Nigora Xakimova 10 seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tipologiya
Qiyosiy-tarixiy metod — qiyoslash yoʻli bilan tarixiy voqeahodisalardagi umumiylik va xususiyliklar, oʻxshashlik va tafovutlar, ular taraqqiyotidagi bosqich va tamoyillar aniqlanadigan ilmiy tadqiqot metodi; tarixiy metodning bir koʻrinishi.
Qiyosiy-tarixiy metod (uslub)m. oʻrganilayotgan voqea-hodisa taraqqiyotidagi muayyan bosqichlarni, roʻy bergan oʻzgarishlarni aniqlash va oʻzaro qiyoslashga, rivojlanish tamoyillarini belgilashga yordam beradi. Bu metodning quyidagi shakllari mavjud: qiyosiychogʻishtirma metod turlituman obʼyektlar tabiatini aniqlaydi; tarixiytipologik qiyoslash genezis va rivojlanish sharoitlari bir xil boʻlgan, kelib chiqishiga koʻra bogʻlanmagan voqeahodisalar oʻxshashligini tushuntirib beradi; tarixiygenetik qiyoslashda voqea-hodisalar oʻxshashligi ularning kelib chiqishiga koʻra qarindoshligi natijasi sifatida izoxlanadi; turlituman hodisalarning oʻzaro taʼsirini qayd etuvchi qiyoslashlar ham mavjud. Tipologik metod haqida nimalarni bilasiz? Tipologiya (tip va ...logiya) — obyektlarni mavhum, umumlashgan model (tip)lar yordamida ilmiy tasnif qilish usuli. Bunda oʻrganilayotgan obyektlarning eng muhim struktur (tarkibiy) va funksional xususiyatlari qayd etiladi. T.ning asosiy xususiyati shundaki, u nafaqat oʻrganilgan, bilib olingan obyektlarni tasnif qilish, balki u yoki bu davrdagi fanga hali maʼlum boʻlmagan obyektlarning mavjud boʻla olishini avvaldan koʻrsatish (aniqlash)ga ham imkon beradi (mas., D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi). Ilmiy tafakkurning universal usullaridan biri boʻlgan T. oʻrganilayotgan obyektlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va tafovutni ochib berishga, ularni aynan oʻxshatish, tenglashtirish yoʻllarini topishga asoslanadi va koʻplab fan sohalarida qoʻllanadi, biroq xilma-xil xossali obyektlari koʻp boʻlgan biol. kimyo, geogr. tilshunoslik, psixologiya kabi fanlarda samarali foydalaniladi. Tavsifiy metod qanday metod? Tavsifiy metodning o’ziga xos jihati shundan iboratki, u ob’ektni bevosita sezgi a’zolari bergan ma’lumotga asoslanib o’rganadi. Xususan, tilshunoslikda o’rganish ob’ekti matn hisoblanadi. Matndan gaplar, gaplardan so’zlar, so’zlardan morfemalar, morfemalardan tovushlar ajratiladi va ular muayyan guruhlarga birlashtirilgan holda tavsiflanadi. Strukturalizm nima? Download 37.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling