Reja: To`qish tsexi ishlab chiqarishda Pardozlash potok liniyasidagi Titish, savash, xolst tayyorlash agregatidagi To`qish tsexi ishlab chiqarishda
Download 33.44 Kb.
|
SHISHA
Pardozlash potok liniyasidagi
To`qimachilik korxonalaridagi pardozlash potok liniyasida ishlab chiqarish bir qancha texnologik mashina va agregatlardan iborat bo`lgan ancha murakkab va ko`p faktorli prtsessdir. Potok liniyada texnologik protsessni boshqarish uchun lokal avtomatik sistemalar: avtomatik kontrol, rostlash, himoya va TPBAS sistemalarini qo`llashdan iborat progressiv texnika va texnologiya asosida olib borilishi natijasida to`qima materiallarga ishlov berish protsessining yuqori intensivlikda (tezlikda) o`tishga, mahsulot sifatiga qo`yiladigan talablar yuqori bo`lishiga, texnologik potok liniyaning ishonchli ishlashini ta`minlash imkoniyatiga erishilmoqda. Bu o`z navbatida yuqori temperatura, namlik va agressiv muhitda ishlaydigan avtomatlashtirish texnik vositalarining uzoq vaqt ishonchli ishlay oladigan bo`lishini talab qiladi. Bunday boshqarish sistemasi Ivanovsk SKB si tomonidan oqartirish – bo`yash potok liniyasi LOK – 140 uchun yaratilgan. Biz bu erda ana shu potok liniyaning bir qismi, gazlamaga birinchi ishlov berish – oqartirish bilan bog’liq bo`lgan birinchi sektsiyasining printsipial sxemasi bilan tanishamiz Liniyaning bu qismida gazlama yoyilgan – tekislangan holda ishqor eritmasi bilan oqartiriladi. Bu agregat ishqor vannasi, rolikli tezlik kompensatori TK va konveyerli bug’lash kamerasi KZK lardan iborat bo`lib, unda quyidagi protsesslar avtomatik boshqariladi. Temperatura, ishqor eritmasining vannadagi yuza balandligini kontrol qilish va rostlash, sul’fat kislota eritmasining kontsentratsiyasini, bug’ va havo bosimini, bug’ hamda suv sarfini, gazlamaning o`tish tezligini kontrollash, agregatdan o`tayotgan gazlama miqdorini hisobga olish va h.k. Vannadagi ishqor eritmasi bug’ bilan qizdiriladi. Buning uchun vannaga keladigan bug’ membranali pnevmatik klapan Kr3 orqali beriladi va temperatura regulyatori RT2 (RT - 044) yordamida avtomatik boshqarilib turiladi. Vannadagi eritma qo`shimcha ravishda kuchli bug’ bilan ham qizdiriladi, buning uchun vanna temperaturasi izodromli regulyator RT1 (KSM – 3 tipidagi) tomonidan rostlanib turadi. Vanna temperaturasi elektr qarshilikli termometrlar (datchiklar) DT1 va T2 (TSB – 175 tipidagi) bilan o`lchanadi. Vannadagi eritma sathining balandligi p’ezometrik S datchik, NS – P1 tipidagi sil’fonli pnevmatik bosim o`lchagich DU va PR3 – 22 tipidagi proportsional integral regulyator RU va klapan Kr2 (25432 NJ 6M) orqali avtomatik rostlanib turadi. Bosimli havo reduktor RD, drossel’ DR hamda manometr UD1 lardan iborat ta`minlash blokidan chiqib, vannaga o`rnatilgan p’ezometrik trubka orqali eritmaga o`tadi va undan chiqadigan pufakchalar hosil qiladi. eritma sathining balandligi vaqt birligi ichida eritmadan chiqadigan pufakchalar soniga muvofiq kontrol qilinadi. Bosim o`lchagichdan chiquvchi bosim miqdori manometr UD3 tomonidan kontrol kilinadi, regulyator RU ga beriladigan topshiriq (zadanie) manometr UD2 tomonidan kontrol qilinadi. Konveyerni bug’lash kamerasida (KZK) bug’ bosimini rostlab turish uchun bosim regulyatori bo`lishi ko`zda tutilgan. Buning uchun ta`minlovchi liniyada bug’ bosimini stabillab turadigan RD1 tipidagi bevosita ta`sir qiluvchi regulyator o`rnatilgan. Bug’lash kamerasining temperaturasini kontrol qilish uchun qarshilik termometri hamda logometr qo`llangan . Download 33.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling