Reja: Totalitar tuzumdan huquqiy davlatga o'tish


Download 16.74 Kb.
bet2/5
Sana03.12.2023
Hajmi16.74 Kb.
#1797228
1   2   3   4   5
Bog'liq
MUSTAQILLIK YILLARIDA O\'ZBEKISTONDA IJTIMOIY IQTISODIY O\'ZGARISHLAR

Bu jarayonda ikki vazifa:
  • Eski ma'muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish;
  • Yangi davlatchilikning huquqiy-siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari.
  • Huquqiy davlatga o'tishning ilk bosqichi - davlat qurilishining kafolati - O'zbekiston Konstitusiyasidir.
  • O'zbekiston Konstitusiyasida davlat hokimiyatini taqsimlanishida jahondagi ilg'or boshqaruv tajribalari o'rganib chiqildi. Hamda eng asosiysi - milliy davlatchiligimiz an'analariga sodiq qolindi.
    • Nega bunday ?
    • Sababi: milliy davlatchilik asoslari, milliy madaniyat, tarixiy qadriyatlar har bir davlat demokratiyasiga, davlat boshqaruviga zamin bo'lishi kerak. Misol uchun, Buyuk Britaniyada monarxiya boshqaruv tizimi saqlab qolingan, hozirgi davrda Kirolicha davlat rahbari, lordlar palatasi milliy davlatchilik an'analaridan meros tarzda saqlab qolingan, yagona sistemalashtirilgan konstitusiya yo'q. AKShda atiga 6 ta moddadan iborat bo'lgan 1787 yilda qabul qilingan Konstitusiya milliy davlatchilik asoslariga sadoqat ramzi sifatida saqlanib qolingan. 26 ta qo'shimcha va o'zgartishlar bilan hozirgi kunda ham amal qilib kelmoqda. Boshqa demokratik davlatlar uchun xos bo'lgan maxsus konstitusion organi yuq. Davlat boshqaruvining Prezidentlik Respublikasi shaklidagi davlatlar ichida faqat AKShdagina Prezident bevosita saylovchilar tomonidan saylab qo'yilmasdan, balki saylovchilarning maxsus kollegiyasi orqali saylanadi. Yaponiyada imperatorga xalqning sadoqati juda kuchli. Imperator hokimiyati daxlsiz va muqaddas deb tan olingan(A.Azizxujayev .., 81-82 betlar.).
    • O'zbekistonda ham davlat boshqaruvi shakli, hokimiyat vakolatlarini taqsimlashda xuddi mana shunday milliy an'analarga katta e'tibor berildi.
    • Endi O'zbekistonda davlat boshqaruvi masalasiga to'xtalsak. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 11 moddasi: «O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish prinsipiga asoslanadi» (O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.-Toshkent: O'zbekiston,1992 yil.),-deyiladi. Konstitusiya mazmunidan ko'rinib turibdiki, davlat hokimiyatida vakolatlar turli davlat organlariga, chunonchi, qonunchilik vakolatlari Oliy Majlisga, ijro vakolatlari Prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga, sudlov vakolatlari esa Sud organlariga taqsimlanib berilgan. Davlat boshqaruvida yana islohotlar o'tkazilib, Sud sistemasi yanada isloh qilinmoqda.
    • Davlatni boshqarishning Prezidentlik shakli mamlakat boshqaruvi tizimini isloh qilishning boshlanishi bo'ldi. Prezident davlat hokimiyatining boshlig'i bo'lib, bir vaqtning o'zida Vazirlar Mahkamasining raisi vazifasini bajaradigan bo'ldi. Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlat, xo'jalik jamiyatning barcha sohalaridan tortib, intizom o'rnatish, ijroiya hokimiyatini butun choralar bilan mustahkamlash ehtiyoji shuni talab qildi. Demak, Prezident suveren Respublika boshlig'i va ayni mahalda Respublikada ijroiya hokimiyati rahbari sifatida faoliyat yurgizadi. Bu ayrim g'alamislarning fikricha aftoritar hokimiyatni o'rnatilishi emas, aksincha, hozirgi paytda kuchli ijroiya hokimiyati bo'lishi kerakligidandir. Aks holda, jilov qo'ldan chiqib ketishi va mamlakat inqirozga yuz tutishi hech gap emas. Masalan, Koreya, Turkiya va boshqa mamlakatlarni olsak. Ular iqtisodiy islohotlar yoki o'tish davrida juda kuchli ijroiya hokimiyatga asoslangan edi.
    • Mashhur rus tarixshunosi V.V. Bartold (1869-1930) bu to'g'rida shunday deb yozgan: «Sharq xalqlari bizning madaniyatimiz ustunligiga shundagina ishonadilarki, qachonki, biz ularni ular o'zlarining bilishlaridan (bilganlaridan) ko'ra yaxshiroq bilishimizga tan bersalar» (Bartold V.V. Sochineniya. Tom I. Moskva, 1963 g., s. 607 -608.).

    • Download 16.74 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling