Reja: Transport bozori va uning mahsulotlarini xaraktrestikasi va o’ziga xosligi


 Transport bozorini chuqur va har tomonlama o’rganish tamoyili


Download 66.64 Kb.
bet6/16
Sana11.05.2023
Hajmi66.64 Kb.
#1449933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
transport xizmatlarini sotish texnologiyasi

1. Transport bozorini chuqur va har tomonlama o’rganish tamoyili xo’jalik aloqalarini chuqur ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishni, ishlab chiqarish kuchlarini to’g’ri joylashtirishni, salohiyatli ise’temolchilarni aniqlash, bozorni iqtisodiy kon’yunkturasi dinamikasini aniqlash, hamkor va raqobatchilarni faoliyati xususiyatlarini o’rganishni, tashqi iqtisodiy transport aloqalarni tadqiqot qilishni talab etadi.
Shu bilan birga, bir vaqtni o’zida o’z ishlab chiqarish imkoniyatlarimizni o’rganib chiqish, moddiy-texnika ta’minoti, mahsulot va xizmatni hayot davrini o’rganish va uni rivojlantirish yo’llarini ishlab chiqish, boshqaruv tizimini tahlilini qilish, xodimlarni malaka darajasini bilish, moliyaviy imkoniyatlari to’g’risida xulosa qilishi lozim.
Ko’rinib turibdiki bunday yirik izlanishlar tizimli ilmiy yondashuvni, zamonaviy kompyuter texnologiyalari va aloqa vositalariga asoslangan transport bozori kon’yunkturasini tahlil qilish uchun avtomatlashtirilgan majmuaviy ma’lumotlar tizimini mavjudligini talab etadi. Chunki, bu tamoyil orqali marketing tadbirlari raqobatchilarni nisbatan uzoq vaqt oralig’i ustunligini ta’minlashi lozim. Buning uchun esa, ishlab chiqilayotgan har bir strategiya va uning taktikalari ilmiy asoslangan bo’lishi lozim. Bu ishlarni amalga oshirishda albatta ma’lumotlar bazasi katta rol o’ynaydi.
2. Transport bozori segmentatsiya tamoyili marketing konsepsiyasining zarur unsurlaridan biri hisoblanadi. Sababi, har bir transport kompaniyasi maqsadli segment bilan ishlashi unga qulaylik tug’dirishi bilan birga faoliyat samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratish orqali kompaniyani imkoniyatlarini maqsadli yo’naltirilishi, uning xarajatlarini optimal holda bo’lishini ta’minlashga erishiladi.
Transport bozorini segmentlashdan asosiy maqsad quyidagilar hisoblanadi:
1. Iste’molchilarning nimaga ehtiyoji borligi haqida kengroq ma’lumot to’plash mumkin bo’ladi.
2. Aniq bozorda raqobat kurashi tabiatini yaxshiroq bilish imkoniyati tug’iladi. Natijada raqobat kurashida yengib chiqishi uchun xizmatlar qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerakligi aniqlanadi.
3. Chegaralangan resurslardan va imkoniyatlardan qaysi yo’nalishlarda foydalanish kerakligi aniqlanadi.
4. Marketing va tovar sotish xizmati xodimlarining energiyasi eng istiqbolli iste’molchilarga qaratiladi.
5. Marketing faoliyati rejasini tuzganda har bir bozor segmentining o’ziga xos-xususiyatlarini e’tiborga olish imkoniyati tug’iladi va boshqalar.
Umuman olganda, transport bozorini segmentlash talabni oydinlashtirish, differentatsiyalash, pirovard natijada esa marketing strategiyasi va taktikasining eng optimal variantini tanlash imkoniyatini beradi.
Temir yo’l tansportida mijozlarni quyidagi segment guruhlarga ajaratish mumkin:
Yuk tashishda - yuk turlari bo’yicha, tashish turlari bo’yicha, aralash tashish bo’yicha.
Yo’lovchi tashishda – shahar atrofi, xalqaro, mahalliy, tez yurar, yuqori tezlik va boshqalar.


Download 66.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling