Transport bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi alohida transport turlarini milliy iqtisodiy rivojlantirishi va jamiyat xavfsizligini ta’minlash masalalarini hal qilishga qaratiladi. Bunday tartibga solishni amalga oshirish obyektiv asosini quyidagi holatlar tashkil qiladi;
- birinchidan bu bevosita mamlakat ekologik muhitini asrash bilan bog’liq chunki, avtomobil transporti atrof muhitni hajm jihatdan ko’proq zararlantiruvchi transport vositasi hisoblanadi. Shuningdek, transport vositalari ekspluatatsiyasini tartibga solib turish harakat xavfsiziligni ta’minlashga qaratiladi.
- ikkinchidan, tabiiy monopol transport turlari aholini ijtimoiy himoyalash va iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan tartibga solib turiladi.
- uchinchidan, mamlakatni iqtisodiy qiziqishlarini hisobga olgan holda alohida transport turlarining iqtisodiy rivojlantirish uchun umumiy investitsion siyosat ishlab chiqish maqsadida aralashuvi;
- to’rtinchidan, transport bozori tariflarining milliy manfaatlari yo’lida tartibga solish davlat aralashuvini talab etadi, chunki transport rivojlanishi ko’p kapital talab etadigan tarmoqlardan biri.
Yuqorida sanab o’tilgan davlat pozitsiyasi transport bozorini boshqaruvni markazlashtirishni nazarda tutmaydi, balki transportni rivojlanishida davlat tomonidan iqtisodiy va huquqiy me’yorlar (kreditlar, subvensiyalar, investitsiyalar, soliqlar, bojlar, litsenziyalar, sertifikatlar) yordamida tartibga solish va boshqarish lozimligini ta’kidlash kerak.
Davlat tomonidan transport boshqarilishining asosiy maqsadi, transport xizmatining sifati va samaradorligini oshirish, transport rivojlanishi orqali jamiyat turmush tarzini yaxshilashdan iborat.
2.2. Transport marketingining asosiy tushunchalari va tamoyillari
Har bir marketolog marketingning umumiy uslublari va tamoyillariga asoslanib, ishlab chiqarish faoliyatidan kelib chiqqan holda, o’z konsepsiyalarini ishlab chiqdilar. Bozor munosabatlarini rivojlanishi va transport bozorida kuchli raqobatni yuzaga kelishi, trasnportni boshqarishda marketing tamoyillaridan kengroq foydalanishini talab etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |