Transport marketingi bu transport tizimini tashkil qilish va boshqarish, aholiga ekspeditorlik transport xizmatini ko’rsatish, transport bozorini majmuaviy o’rganishni tashkil qilish va ularni amalga oshirish tizimidir.
Transportdan foydalanuvchilarni transport xizmati iste’molchilari deyish ham mumkin. Bular qatoriga yuk egalari (yukni jo’natuvchi va qabul qiluvchi), yo’lovchilar, transport- ekspeditsion kompaniyalar, harakatlanuvchi tarkib egalarini kiritish mumkin.
Transport marketingi tushunchasi transportda marketing tushunchasi bilan bir xil ma’noga ega. Transport marketingi asosiy tushunchalari transport bozori, transportdan foydalanuvchilar, transport xizmati, iqtisodiy transport balansi, transportda talab va taklif, transport ta’rifi, transportdagi raqobat va raqobatbardoshlik, transport ekspeditsiyasi, majmuaviy marketingi, transportda marketing boshqaruvi kabilardan iborat.
Transport bozori bu – transport kommunikatsiya poligoni bo’lib, transport kompaniyalari o’z imkoniyatlari, texnik - iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqib, ma’lum bir hududda iste’molchilarga transport xizmatlarini ko’rsatish joyi.
Transport bozorini birinchidan transport va uning foydalanuvchilari, ikkinchidan transport turlari va transport kompaniyalari o’rtasidagi iqtisodiy, texnologik va boshqa aloqalar yig’indisi sifatida ko’rish mumkin. Birinchi turning asosiy ko’rinishi transport xizmatining sotilishi bo’lsa, ikkinchisi o’zaro aloqalar va raqobatdir.
Transport foydalanuvchilari – transport kompaniyali mijozlari, ya’ni yuk jo’natuvchi va qabul qiluvchi, diler-ekspeditorlar, yo’lovchilar kabi transport yordamida manzillari yetkazilayotgan (bagaj yoki yuk) va insonlardir.
Transport xizmati – bu bevosita yuk yoki yo’lovchilarga ko’rsatiladigan xizmatlar yig’indisi bo’lib, o’z ichiga yo’l hujjatlarini tuzish, yuk-ortish-tushirish va boshlang’ich – tugash ishlar, yo’lovchilarni joylashtirish yoki tushirish, manzilgacha yoki vokzallarda xizmat ko’rsatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |