Reja: Traxeyalilar Tracheata) kenja tipi уmumiy belgilari. Ko‘poyoqlilar (Myriapoda) уmumiy belgilari. Laboyoqlilar Chilopoda) va Symphyla sinflari. Ikki juftoyoqlilar (Diplopoda), Pauropoda sinflari va filogeniyasi


Ko‘poyoqlilar (Myriapoda) уmumiy belgilari


Download 117.5 Kb.
bet2/6
Sana28.01.2023
Hajmi117.5 Kb.
#1135878
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Traxeyalilar (Tracheata) kenja tipi

Ko‘poyoqlilar (Myriapoda) уmumiy belgilari.
Sirtidan qaralganda halqali chuvalchanglarga yoki qurtlarga o‘xshagan ko‘p oyoqlilar nam va zaxkash tuproqda yoki nam xashaklar va devor – tosh kovaklari orasida hayot kechiruvchi va ko‘p jihatdan sodda tuzilgan tarxeyalilar bo‘lib, kechasi hayot kechiradi. Ko’poyoqlilar yer sharining tropik va mu’tadil zonalarida tarqalgan. Ko’poyoqlilar gavdasi bosh va uzunchoq tana qismlarga bo’lingan. Bosh qismida bir juft antennalari bor. Tana ko’p sonli segmentlarga bo’lingan va xar bir segmenda juft oyoqlari mavjud. Ko’zlar mavjud emas. Tana segmentlari ko’krak va qorincha tagmalarga bo’linmagan. Og’iz bosh qismining ostki tomoniga joylashgan. 2 ta mandibullar og’izning ikki yonida joylashgan.
Ko’poyoqlilar (Myriapoda) guruhi traxeya bilan nafas oluvchi 13000 turni birlashtirgan 4 ta sinfga bo’linadi.

  1. Laboyoqlilar ( Chilopoda) sinfi. (Qirqoyoq)

  2. Ikkijuft oyoqlilar yoki kivsyaklar ( Diplopoda) sinfi. ( Mingoyoq)

  3. Pauropodalar ( Pauropoda) sinfi.

  4. Simfilalar (Symphyla) sinfi.

Laboyoqlilar (Chilopoda) va Symphyla sinflari.
Laboyoqlilar yoki qirqoyoqlilarni 15 juftdan 19 juftgacha (hamisha toksonli juft oyoqlari bo’ladi) oyoqlari bo’ladi. Ular yer yuzini quruqlik qismini hamma joylarida uchraydi. Ko’pchiligi tunda hayot kechiradi. 2800 ta turi qayd qilingan va 5ta turkumga bo’lingan.
Laboyoqlilarning tanasi 25-30 sm gacha, kunduzi, tuproqning ustki qavati, tosh, kesak, eski devorlar orasida yashirinib kechqurun aktivlashadi. Hamma avlodlari yirtqich. Turli mayda hayvonlar, hatto baqa, kaltakesak va mayda sut emizuvchilar bilan oziqlanadi.
Qorin-yelka tomoni yapaloqlashgan va ancha chidamli qattiq xitin bilan qoplangan. Tanasi harakatchan, oyoqlari, jag‘lari, jag‘oyoqlari va kuchli zahar bezlari yirtqichlik bilan hayot kechirishga yaxshi moslashgan.
Boshida bir juft ko‘zi va uch juft jag‘lar yaxshi rivojlangan. Oldingi juft ko‘krak oyoqlari kuchli xitinlashgan nayzasimon jag‘oyoqlarga aylangan. Bu o‘roqsimon nayzalarning uchiga zahar bezlarining yo‘li ochilgan. Ko‘p oyoqli mazkur nayzalarini hayvon tanasiga sanchib, zaharlab o‘ldiradi. Ba’zi turlarining zahari odamga ham kuchli ta’sir etadi.

Download 117.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling