Reja: Trener va unga qo’yiladigan talablar
Trening jarayonida kichik guruhlar bilan ishlash
Download 386.51 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqil ish 2
4.Trening jarayonida kichik guruhlar bilan ishlash.
Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari.
Trening jarayonida guruhni tez-gez kichik guruhlarga bo’lib ishlash maqsadga muvofiqdir. Bundan maqsad guruhning har bir ishtirokchisini faol ishtirok etishga undashdir. Biror bir mavzu katta guruhlarda muhokama etilsa, butun guruhning ishtirokini ta’minlab bo’lmasligi aniq. Bu esa guruhdagi sust ishtirokchilarni umuman chetda qolishiga sabab bo’ladi. Kichik guruhlarda ishlanganda esa ularning faol ishtiroki talab etiladi va bu har bir ishtirokchining qiziquvchanligini oshiradi. Bundan tashqari kichik guruhlarda ishlash ishtirokchilar uchun tinch va ishonchli muxitni yaratadi, ularning bir- birlari bilan tezroq tanishishi va bir-biri bilan kirishishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, oilaviy mavzularga doyr nozik savollar muhokama etilganda ba’zi ishtirokchilarda noqulaylik, uyalish holatlari vujudga keladi. Kichik guruhlarda ishlash esa ulardagi uyalish, noqulaylikni yo’qotishi mumkin. Guruh soni qancha kichik bo’lsa, undagi ishtirokchilarda qo’rkuv, noqulaylik, uyalish hislari kamroq namoyon bo’ladi.
Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari: 1. Kichik guruhlarga bo’lishda o’yin orqali bo’lish usulidan foydalanish lozim.
2. Guruhlarga bajarilishi lozim bo’lgan topshiriqlarni aniq va tushunarli qilib berish kerak. 3. Mikroguruhlarga topshiriq berayotganingizda instruktsiyani ularning hammasiga birvarakayiga tushuntirish kerak. Negaki, agar trener bitta guruhga ko’rsatma berib, qolganlariga ham birma-bir tushuntirmoqchi bo’lsa, u holda topshiriqni olgan guruhlar darhol muhokamani boshlab yuborishadi va sinfda shovqin-suron ko’tariladi, trener esa qolgan guruhlarga ko’rsatma berishga qiynalib qoladi.
Topshiriq bajarilgandan keyin uni albatta umumiy guruhda muhokama qilish kerak, bunda har bir mikro guruhdan bittadan vakil chiqib, uz guruhining fikri bilan tanishtiradi.
Mikroguruhlar bilan ishlashda vazifa bajaruvchi, kuzatuvchi yoki ekspert rollarini trenerning o’zi taqsimlab berishi kerak.
Mikroguruhlar bilan ishlashga haddan tashqari berilib ketish kerak emas, bu narsa treningni samaradorligi va rivojlanishiga halakit berishi xam mumkin. Shuning uchun 2 soatlik treningda 3 kishilik guruhga bo’linadigan topshiriqlardan ikkita, 7-8 kishilik guruhga bo’linadigan topshiriqlardan bittadan ortiq bajartirmaslikka harakat qilish lozim.
Trener mikroguruhlar bilan ishlayotganda ularning faolligini oshirish uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilishi kerak. - ishtirokchilarga hech qachon kamsituvchi ohangda ogohlantirish bermaslik kerak; - guruhdagi biror ishtirokchi gapirayotganda uning so’zini bo’lmasdan eshitishi va qolganlarni ham shunga o’rgatish kerak; - mavzu doirasidan chetga chiqmaslikni so’rash kerak; - hammaning so’zga chiqishini ta’minlash kerak; - munozaralarda qaysidir shaxs hayotiga aloqador fikrlar shu erda qolishga guruhni odatlantirish kerak.
Guruhdagi muammoli holatni hal qilish
Ba’zida kichik guruhlarda berilayotgan topshiriqlarni hamma ishtirokchilar ham bir xilda bajarishni istayvermaydilar. Trener kichik guruhlarda ba’zi ishtirokchilar tomonidan yuzaga keltirilishi mumkin bo’lgan quyidagi ko’rinishdagi muammolarni hal qilishga tayyor turishi kerak: - ishtirokchi suhbatga aralashaverib, qolganlarning jig’iga tegishi mumkin; - ishtirokchi o’zini ko’rsatish uchun boshqalarni tanqid qilishi, noo’rin kamsitishi mumkin; - ishtirokchi birovlarga nima qilishi kerakligini aytib, aql o’rgatishga harakat qilishi mumkin; - ishtirokchi gapirayotgan ishtirokchining gapini bo’lishga harakat qilishi mumkin;
- ishtirokchi guruh ishida qatnashishdan bosh tortishi mumkin; - ishtirokchi topshiriqda tegishli bo’lmagan narsalar haqida gapirib vaqt o’tkazishga harakat qilishi mumkin.
Agar guruh ishida og’ishlar ro’y bersa, guruhga muloyimlik bilan vaqt behuda ketayotganligini va berilgan topshiriqni bajarish yoki muammoni muhokama qilish lozimligini eslatish lozim.
Muammo tug’dirayotgan ishtirokchi bilan alohida gaplashish kerak. Guruh qabul qilgan qoidalarga to’xtalib, keyin bir kishining xulk-atvori qolganlarga ham salbiy ta’sir qilishini tushuntirish lozim va undan keyingi mashg’ulotlarda guruh bilan hamkorlikda ishlashini so’rash kerak.
berish mumkin: "Meni kechirasiz-u lekin sizga shuni eslatib qo’ymokchiman — guruhning har bir a’zosi gapirish huquqiga ega va uning so’zini bo’lish kerakmas". Agar biror ishtirokchining xulk-atvori va xatti-harakati ishlashga halaqit berayotgan bo’lsa, uni guruhning o’zida ochiqchasiga muhokama qilish kerak. Qilingan harakat yoki aytilgan gapni tanqid qilinadi, uning salbiy tomonini va guruh ishiga halaqit berganligini ko’rsatib beriladi, lekin hech qachon shu ishni qilgan yoki gapirgan ishtirokchining o’zini tanqid qilinmaydi.
qilish va bunda kimningdir hissiyotlariga tegib ketmaslikka harakat qilish lozim.
Guruhda ishlash
Quyida kichik guruhlarda mashg’ulot o’tkazishda nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida ayrim tavsiyalarni havola etamiz:
Ishni 3 yoki 4 kishidan iborat bo’lgan guruhlar bilan ishlashdan boshlash maqsadga muvofiq. Shu usul bilan ishtirokchilardagi qurquvni yo’qotish osonroq kechadi.
Boshlovchining vazifasi — trening yopilishini yuqori hissiy to’lqinlarda yakunlash tadbirini tayyorlash va o’tkazish, har bir ishtirokchiga qulay sharoit yaratish, ularga birgalikdagi faoliyatlari uchun o’zaro tashakkur bildirishlariga imkon berish, ulardan bo’lib o’tgan trening samarasi haqida fikrlarini so’rash, hamda ishtirokchilarga nisbatan o’z moyilligini namoyon etish.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling