Reja: Trener va unga qo’yiladigan talablar


Download 386.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi386.51 Kb.
#234261
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqil ish 2



   

Mavzu:  Ijtimoiy  Psixologiya  ilmiy  tadqiqotlarida  trener 

malakalari va klassifikatsiyasi 

 

Reja: 

 

1. 


Trener va unga qo’yiladigan talablar 

2. 


Trenerning kompitentligi 

3. 


Ijtimoiy psixologik treningni tashkil  etuvchilarni tayyorlash 

muammosi 

4. 


Trening jarayonida kichik guruhlar bilan ishlash. 

5. 


Ijtimoiy  psixologik  treningni  tashkil  etishning  xududiy  va 

milliy jixatlarini xisobga olish 

6. 


Hulosa  

7. 


Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




1.Trener va unga qo’yiladigan talablar. 

 

 



Trenerning  mashg’ulotni  qanday  olib  borishi,  ya’ni  nng  trenerlik 

mahoratidan  tashqari  uning  o’zi  ham  ishtirokchilarga  juda  katta  ta’sir 

ko’rsatadiki, bunda asosan ikki narsaga e’tibor qaratiladi: 

1.  Trenerning kiyinishi (imidji). 

2.  Trenerning hatti-harakatlari, qiliqlari, odatlari. 

 

 



Kiyim tanlash muammosi 

 

Xuddiki  teatr  garderobdan  boshlangani  kabi  treningni  boshlanishi  ham 



trenerning tashqi ko’rinishi, kiyinishi bilan bog’liqdir. Buni qanday tushunish 

mumkin? 


 

Trenerning  kiyinishi  guruhda  u  haqdagi  dastlabki  tasavvurning  ijobiy 

yoki  salbiy  bo’lishiga,  guruh  uni  qabul  qilishi  yoki  qabul  qilmasligiga  olib 

kelishi  mumkinki,  bu  holat  trening  jarayoniga  ham  o’z  ta’sirini  albatta 

ko’rsatishi tabiiy.  

 

Imidj – bu atrofdagilar sizni qanday qabul qilishi, qanday ko’ra olishidir. 



Shu o’rinda bir misol keltirib o’tamizki, trenerning kiyinishi qanchalik muhim 

ekanligini bu misoldan keyin osongina tushunib olish mumkin. 

 

Faraz  qiling  qanaqadir  firma  yoki  davlat  muassasiga  ishga  taklifni 



o’qigan  ikki  kishi  o’sha  joyga  bordi.  Ularning  biri  –  kostyum-shimlarda,  oq 

ko’ylak,  galstuk,  qo’lida  portfel  bilan  kelsa,  ikkinchisi  egnida  futbolka, 

oyog’ida krassovka, orqasiga ryukzak osob olgan bo’lsa, albatta birinchi odam 

kishida  haqiqiy  mutaxassis  taasurotini  beradi,  vaholanki,  u  tajriba  yuzasidan, 

ma’lumot yuzasidan ikkinchi odamdan ko’ra pastroq bo’lishi mumkin.  Lekin 

ularning kiyinishi, tashqi ko’rinishi, imidji kishida qarama-qarshi tasavvurlarni 

uyg’otadi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda  trenerning  kiyinishi  ham  o’ziga  xos 

va vaziyatga mos bo’lishi talab etiladi. 

 

Avvalo  trening  qanaqa  guruh  uchun  mo’ljallanganligini  e’tiborga  olish 



zarur.  Lekin  imkon  darajasida  treningga  ishchi  formada  kelish  lozim.  Bu 

kiyim  avvalo  mintalitet  xususiyatlariga  mos  kelishi,  shuningdek  trenerning 

o’zi uchun ham qulay, harakatlanishga mos bo’lishi lozim.  

 

Trenerning bezaklari haqida ham to’xtalish lozimki, trener uchun haddan 



ortiq bezaklar bilan bezanish maqsadga muvofiq emas.  

 

 



Trenerning o’zini tutishi, hatti-xarakatlari. 

 

Har  qanday  trening  mashg’ulotida  trener  ishtirokilar  uchun  ta’sir 



ko’rsatuvchi  shaxs  hisoblanadi.,  garchi  u  ular  bilan  o’zini  teng  tutsa  ham. 

Chunki odatda trenerlar psixologik bilimlarga ega bo’lgan kishilar bo’lganligi 

bois,  bu  taxlit  kishilarga  nisbatan  ishtirokchilarning  hurmati  baland  bo’ladi. 



Shuning uchun ko’pgina treninglarda trenerning hatti-xarakatlari va qiliqlarini 

takrorlash,  aynan  o’zlashtirib  olish  kuzatiladi.  Demak,  trenerning  nafaqat 

so’zlari,  maslahatlari,  balki  uning  butun  harakatlari  guruh  ishtirokchilariga 

ta’sir  ko’rsatadi.  Shuning  uchun  trener  hatti-xarakatlarda  ham  e’tiyotkorroq 

bo’lishi  kerakki,  uning  hatto  o’ziga  yoqmagan  jihatlari  ham  ishtirokchilar 

tomonidan  o’zlashtirilmasligi  yoki  aksincha  ishtirokchilarning    g’ashiga 

tegmaslik uchun. 

 

 



 

 

 




Download 386.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling