Reja: Tuproq organik qismining kelib chiqishi, tarkibi va hossalari; Tuproq gumusi, uning tarkibi va hossalari; Tuproq paydo bo’lishida gumusning ahamiyati; Tаyanch ibоrаlаr


Gumusning fraksiyali tarkibi. Gumin kislotalar


Download 60.28 Kb.
bet6/8
Sana28.12.2022
Hajmi60.28 Kb.
#1011793
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
T1

Gumusning fraksiyali tarkibi. Gumin kislotalar


1-fraksiya, bevosita NaOH so‘rimida erimaydigan erkin va harakatchan R2O3 lar bilan bog‘langan GK.
2-fraksiya, kalsiysizlantirilgandan keyin 0,1 n. NaOH da eriydigan GK bo‘lib, asosan Сa bilan bog‘langan.
3-fraksiya, 0,02 n. NaOH da isitilgandan keyin erigan GK lar bo‘lib, bular turg‘un R2O3 lar va gilli minerallar bilan bog‘langan.

Fulvokislotalar


1a-fraksiya, 0,1 n. H2SO4 da eriydigan, erkin va R2O3 lar bilan bog‘langan FK.
1-fraksiya, 0,1 n. NaOH so‘rimida eriydigan, tuproqdagi GK larning 1 fraksiyalari bilan bog‘langan FK.
2-fraksiya, 0,1 n. NaOH da kalsiysizlantirilgandan keyin eriydigan, GK larni 2 fraksiyasi bilan bog‘langan FK.
3-fraksiya, isitilganda , 0,02 n. NaOH da eriydigan GK larni 3-fraksiya bilan bog‘langan FK.
GK-larni FK-larga nisbati tuproqlarning tipiga, tipchasi, ayirmasiga va qator xususiyatlariga qarab o‘zgaradi va bu o‘zgarish tuproqni ma’lum darajada xarakterlaydi.
Masalan, podzol va chimli podzol tuproqlarda Сgkfk<1 va ko‘pincha bu nisbat 0,3-0,6 ni tashkil qiladi. Demak bu tuproqlarda GK lar ham hosil bo‘ladi yoki yetarli hosil bo‘lsa ham mineralizatsiyaga uchraydi.
O‘rmonlarning sur-qo‘ng‘ir tuproqlarida, qora tuproqlarda GK lar nisbatan ko‘p hosil bo‘ladi va natijada Сgkfk bu tuproqlarda 2-2,5 tenglashadi.
Qora tuproqlardan keyin janubga qarab FK lar miqdori ortib boradi. Ortiqcha namlik, sho‘rlik, karbonatlilik tuproqlardagi gumusni guruhli va fraksiyali tarkibiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, qo‘shimcha namlanish ba’zan GK ni to‘planishiga olib keladi. Bunga misol qilib o‘tloqi tuproqlarni keltirish mumkin.
Karbonatli tuproqlarda, karbonatli jinslar ustida hosil bo‘lgan tuproqlarda ham GK nisbatan mo‘l bo‘ladi. Shunday hodisa qattiq sizot suvlar ta’sirida hosil bo‘lgan tuproqlarda ham kuzatiladi.

Download 60.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling