Reja: Tuproq organik qismining kelib chiqishi, tarkibi va hossalari; Tuproq gumusi, uning tarkibi va hossalari; Tuproq paydo bo’lishida gumusning ahamiyati; Tаyanch ibоrаlаr


Tuproq gumuslilik holatining ko‘rsatkichlari


Download 60.28 Kb.
bet7/8
Sana28.12.2022
Hajmi60.28 Kb.
#1011793
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
T1

Tuproq gumuslilik holatining ko‘rsatkichlari


Tuproqning gumuslilik holatini ko‘rsatuvchi kattaliklari ko‘p bo‘lib, ular gumus miqdorining kesma bo‘ylab tarqalishi, sifat tarkibi, organomineral hosilalari, migratsiyalanish va boshqalaridir.
Grishina va Orlov tomonidan ishlangan tuproq gumuslik holatining ko‘rsatkichlarini oladigan bo‘lsak, ular quyidagilarni qamrab oladi.

  1. O‘rmonzorlar tuproqlari uchun o‘rmon to‘shamasi qalinligi.

  2. O‘rmon to‘shamasidagi va mineral profildagi organik moddalar nisbati.

  3. Gumus tuproq qatlamidagi foiz miqdori, 0-20 sm va 0-100 sm dagi zahirasi, tga.

  4. Bir metr qalinlikdagi gumus taqsimoti.

  5. Gumusni azotga to‘yinganligi, (C:N asosida).

  6. Organik moddalarning gumifikatsiya darajasi, CgkCfk*100 % asosida.

  7. Erkin GK larning umumiy GK ga nisbatan foiz miqdori.

  8. Gumus tipi, ya’ni Cgk : Cfk.

  9. Kalsiy bilan birikkan GK ning umumiy GK ga nisbati, foiz miqdori.

  10. Mustahkam bog‘langan GK ning umumiy GK ga nisbatan foiz miqdori, 0,001 % GK.

  11. GK larning optik zichligi Ye 465 mm, 1 sm.

  12. Pigmentlarning gumus tarkibida qatnashishi.

  13. Xlorofillarning spirt-benzolli so‘rimda qatnashishi, ifodalanishi ko‘zda tutilgan.

Organik moddalarning tuproqda kam ekanligini nazarda tutib odatda ular 2 guruhga ajratiladi.
1. Tuproqda nisbatan turg‘un bo‘lmagan birikmalar bo‘lib, bular sharoitga qarab tez mineralizatsiyalanadi. Uglevodlar, polipeptidlar, oddiy kislotalar, lipidlar, xlorofillar, pigmentlar va boshqalar bu guruhga kiradi.
2. Biologik, termodinamik jihatdan nisbatan turg‘un birikmalar, ya’ni GK, FK, GMK, lignin va polisaxaridlar.
Gumusning optimal miqdori qancha bo‘lishi tuproq tipi, tipchasi, ayirmasi va uni xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Tuproq gumusi hosil bo‘lishi energetikasini o‘rganish va chuqurlashtirish, ya’ni takomillashtirish uchun tuproq hosil bo‘lish mexanizmini o‘rganishni takomillashtirish zaruriyatlari tug‘iladi.
Gumus moddalarning yonish issiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘p emas. Bu ko‘rsatkichni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kolorimetrlar yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun tuproqni maxsus germetik yopiq idishga joylashtirib, kislorod bilan to‘yintiriladi. 25-30 kgsm2 bosim beriladi, so‘ng elektr toki yordamida yondiriladi. Natijada issiqlik energiyasi bevosita o‘lchanadi.
Gumus kislotalarining gidrolizi odatda 6n HCl da qaynatish asosida olib boriladi. Bu jarayonda gumin kislotasining 40-60%, FK-ni 50-90% massasi eritmaga chiqadi. Gumus kislotalarining gidrolizlanish darajasi gidrolizlangan qismi miqdorini uning umumiy massasiga nisbati bilan o‘lchanadi, ya’ni aniqlanadi.
Hayotda chimli podzol, bo‘z tuproqlarni gumin kislotalarini gidrolizlanish darajasi qora tuproqnikidan yuqori.

Download 60.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling